Moliyaviy nazorat va uni tashkil etishning


Download 63.84 Kb.
bet2/7
Sana22.04.2023
Hajmi63.84 Kb.
#1382151
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
rrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrr

Moliyaviy nazoratning shaxsiy uslubiy usullari iqtisodiy fan yutuqlari asosida amaliyotda ishlab chiqilgan o’ziga xos nazorat usullarini o’zida namoyon etadi. Bu usullar nazoratning maqsadli vazifasiga bog’liq holda shakllanadi.
Moliyaviy nazoratning shaxsiy uslubiy usullarini quyidagi guruhga birlashtirish mumkin:

    • Organoleptik;

    • hisob-tahliliy;

    • hujjatli umumlashtirish;

    • nazorat natijalarini amalga oshirish.

Organoleptik (leptikos- olish, qabul qilishga moyil) – sezgi organlari yordamida aniqlanadi. Moliyaviy nazoratning organoleptik usullari quyidagilar kiradi:
- inventarizasiya;

    • nazorat o’lchovi;

    • tanlangan va yalpi kuzatishlar;

    • texnologik va kimyo-texnologik nazorat;

    • ekspertizalar;

    • xizmat tekshiruvlari.

Inventarizatsiya – organoleptik usullar natijasida nazorat obyektlarini tekshirish. Ushbu jarayonning mohiyati ko’rik, qayta hisoblash, salmoqlash, o’lchash yo’li bilan ob’yektlarning mavjudligi va holatida o’tkaziladi. Moliyaviy nazoratda tovar-moddiy boyliklar va pul mablag’larining saqlanganligini, shuningdek, hisob-kitob munosabatlari va boshqa xujjatlar va passivlarning birlashtirilganligining haqiqiy nazoratining asosiy usuli sifatida qo’llaniladi. Inventarizasiya usuli moliyaviy nazoratning barcha turlarida foydalaniladi. Davlat mulkining saqlanishini ta’minlashda inventarizasiya joriy nazorat asosiy usuli hisoblangan holda ichki xo’jalik nazoratini amalga oshirishda alohida ahamiyatga ega. davlat moliyaviy nazorati organlarining faoliyati va tashkiloti tuziladigan Rossiya qonunchiligida o’zining keng aksini topgan ikki guruh tamoyillarni ajratish mumkin. Agar faoliyat tamoyilini muhokama qilsak, u holda bu qonuniylik, ob’yektivlik, oshkoralik va mustaqillik demakdir. Umuman, davlat nazorati organlari, ularning ichki tarkibi va oldidagi vazifalarni amalga oshirish tamoyillarini tashkil etishda va olib borishda tizimlilik yoki rejalilik tamoyiliga, shuningdek, qarorlar qabul qilishda jamoaviylik tamoyilini ta’kidlab o’tish zarur. Nazorat organlarini qonuniy ta’minotida so’nggilari sof ko’rinishda hamda turli qiyoslarda uchraydi.
Qonuniylik tamoyili davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatining asosi sifatida.
Qonuniylik tamoyili biror-bir shaklda ularning faoliyatini tartibga soluvchi barcha me’yoriy huquqiy xujjatlarda ishtirok etadi.
Hisob palatasi to’g’risidagi qonunchilik xujjatlarida faoliyat tamoyillaridan biri sifatida qonuniylik bevosita belgilab berilgan. Hisob palatasi faoliyatida qonuniylikning asosiy elementlari: faqatgina O’zbekiston Respublikasi qonunlariga rioya etish; Hisob palatasi to’g’risidagi qonunchilik xujjatlariga qat’iy rioya qilish; Palata va uning mansabdor shaxslarining qonuniylikka rioya qilish mas’uliyati hisoblanadi. Bu kabi nizomlar barcha nazorat-hisob organlari to’g’risidagi qonunlarda mavjud.

3. Davlat moliyaviy nazorati tizimida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo’mitasi va ularning quyi tashkilotlari alohida o’rin tutadi. Moliya-kredit tizimi muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlarning mazmuni va maqsadi belgilangan vakolat doirasidagi amaliy ehtiyojlar bilan belgilanadi.


Moliya organlarining ko’p qirrali nazorat faoliyati byudjetni rejalashtirish, moliyaviy rejalar va smetalar loyihalarini ko’rib chiqish, byudjet barcha daromadlarini to’plash, davlat byudjeti bilan tegishli moliya yili uchun nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish jarayonida amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 23.11.1992 yilgi N 553 Qaroriga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqida» Nizom tasdiqlandi. Unga ko’ra Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning markaziy moliya-iqisodiy organi sifatida O’zbekiston Respublikasining moliyaviy narx siyosatini hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narx-navoni tashkil etish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy negiz yaratishni, respublika byudjetini ishlab chiqish va ijro etishni, uning daromad qismi barqarorligini ta’minlashni, valyuta rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni ta’minlaydi.
Moliya vazirligi respublika byudjeti ham daromadlar, ham xarajatlar bo’yicha ijro etilishi uchun, moliyaviy resurslarni umumrespublika ehtiyojlariga safarbar etish ishlarini tashkil etish uchun javob beradi.
Moliya vazirligi o’z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini to’g’ridan-to’g’ri yoki o’zi tashkil etadigan organlar orqali muvofiqlashtiradi va yo’naltiradi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish bo’yicha quyidagi asosiy vazifalar va funksiyalar yuklangan:
O’zbekiston Respublikasi hududida yagona moliya, soliq va narx qo’yish siyosatini shakllantirish va o’tkazish, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning va aholini ijtimoiy himoya qilishning barqaror moliyaviy negizini barpo etish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
-moliya organlari, ularning tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, ularga o’z vazifalarini amalga oshirishda metodik va amaliy yordam ko’rsatish;
-davlatning moliyani boshqarishini, moliya-kredit mexanizmini, moliya va byudjetni rejalashtirish usullarini, soliq olish va narx belgilash tizimlarini takomillashtirish, uzoq muddatli moliyaviy normalar va normativlardan keng foydalanish, byudjet resurslari va boshqa moliyaviy resurslardan foydalanishning xarajatlarning o’sishiga qarshi qaratilganligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

  • moliya-kredit vositalarining xo’jalik mexanizmining boshqa elementlari bilan aloqalarini mustahkamlash;

  • moliya va narx mexanizmining aksilxarajat yo’nalishini oshirish, uni resurslarning barcha turlaridan oqilona foydalanishni rag’batlantirish tomon yo’naltirish, nobudgarchiliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish va muomala chiqimlarini kamaytirish, foyda (daromad)ni ko’paytirish;

-moliya, byudjet, valyuta va soliqni rejalashtirish va mablag’ bilan ta’minlash usullarini takomillashtirish;
-auditorlik tashkilotlari tomonidan lisenziya bitimlarida nazarda tutilgan lisenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
-korxonalar, vazirliklar, idoralar, banklar va davlat sug’urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish va takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, xo’jalik yuritishning yangi shakllarini joriy etish sohasida mahalliy moliya organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
-soliq solish, narx belgilash, sug’urta, valyuta-moliya auditorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida, shuningdek, soliq maslahati bo’yicha faoliyatni qonunchilik va me’yoriy aktlarni ishlab chiqishda qatnashish;
-moliya, soliq narx belgilash, sug’urta, valyuta auditorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida, shuningdek, soliq maslahati bo’yicha faoliyatni ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • respublika yig’ma moliya balansining moliyaviy resurslarini shakllantirishning uzoq muddatli va qisqa muddatli istiqbolni belgilashlarini tuzish ishida, shuningdek, umumrespublika maqsadli byudjetdan tashqari pul jamg’armalarini shakllantirishda qatnashadi, ularni tashkil etish, foydalanish va miqdorlari tartibi, O’zbekiston Respublikasi mintaqalari tomonidan mazkur pul jamg’armalariga mablag’ ajratish kvotalari to’g’risidagi takliflarni tayyorlaydi;

  • respublika va mahalliy byudjetlarni shakllantirishning yangi usullari asosida hududiy moliya-byudjetni, soliqni rejalashtirishni takomillashtiradi;

  • moliya-byudjetni va soliqni rejalashtirish, narx belgilash, xalq xo’jaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablag’ bilan ta’minlash sohasida uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, respublika va mahalliy byudjetlardan sarflanayotgan xarajatlar smetasini tuzish, ko’rib chiqish, tasdiqlash va ijro etishning umumiy qoidalarini belgilaydi;

  • amaldagi qonunchilikka muvofiq byudjetni tuzish va ijro etish ishlarini tashkil etadi;

  • moliya-valyuta siyosatining asosiy qoidalarini shakllantirish, respublikaning valyuta rejasini (to’lov balansini) tuzish va ijro qilish, valyuta resurslarini ko’paytirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish, ularni oqilona taqsimlash va ulardan samarali foydalanish ustidan nazorat o’rnatish;

  • joriy yilda respublika byudjeti va valyuta rejasining bajarilishi yuzasidan hisobot tayyorlaydi va uni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

  • mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning Moliya vazirligiga biriktirilgan nomenklaturasi bo’yicha chegaraviy narxlari va tariflarini tasdiqlaydi; xalq xo’jaligi tarmoqlarida narxlar va tariflarning to’g’ri belgilanishi va qo’llanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda narxlar ustidan davlat, idoraviy va jamoatchilik nazorati darajasini oshirish choralarini ko’radi;

  • qimmatbaho qog’ozlar bozorini shakllantirish hamda qimmatbaho qog’ozlar emissiyasi va harakati ustidan nazoratni amalga oshiradi, moliyaviy bozorni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtiradi;

  • auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni, shuningdek, auditorlik faoliyatining milliy standartlarini o’z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

  • auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya bitimlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;

  • da’vogarlarga auditor malaka sertifikatini olishlari uchun malaka talablarini belgilaydi;

  • soliq maslahatchisi va aktuariy malaka sertifikatlarini olish uchun malaka imtihonini tashkil etish va o’tkazish tartibini, shuningdek, respublika auditorlar birlashmasi bilan kelishgan holda - auditor malaka sertifikatini olish uchun o’qitish dasturini va malaka imtihonlarini topshirish tartibini tasdiqlaydi;

  • soliq maslahatchisi va aktuariy malaka sertifikatlarini olish huquqi uchun malaka imtihonlarini, shuningdek, respublika auditorlar birlashmasi ishtirokida auditor malaka sertifikatini olish huquqi uchun malaka imtihonini o’tkazadi;

  • auditorlik faoliyatini litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshiradi;

  • auditor, aktuariy va soliq maslahatchisi malaka sertifikatlarini beradi, ularning amal qilishini to’xtatib qo’yadi va ularni bekor qiladi;

  • tegishli malaka sertifikatlariga ega bo’lgan auditorlar, aktuariylar va soliq maslahatchilari reestrlari va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritadi;

  • aksionerlik jamiyatlari va cheklangan mas’uliyatli jamiyatlarning yagona reestrini yuritadi, korxonalarning qimmatbaho qog’ozlarini ro’yxatga oladi;

  • respublika moliya-valyuta siyosatining asosiy prinsiplarini, shakllantirishda qatnashadi, respublikaning valyuta rejasini (to’lov balansini) tuzadi va ijro etadi, valyuta resurslarini ko’paytirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqadi, ularni oqilona taqsimlashni hamda ajratilgan valyuta mablag’laridan samarali va maqsadga muvofiq foydalanishni nazorat qilishni ta’minlaydi;

  • O’zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy investorlarning investisiya faoliyatini moliyaviy va soliqlar bilan tartibga solishini amalga oshiradi, respublika iqtisodiyotiga xorijiy sarmoya kelishi uchun qulay moliyaviy shart- sharoitlarni yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;

  • turli darajadagi byudjetlarning ijrosi, byudjetdagi muassasalar xarajatlar smetasining ijrosi bo’yicha buxgalterlik hisobini yuritish tartibini belgilaydi;

  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda byudjetlarning kassa ijrosi bo’yicha hisob-kitob va hisobotlar shakllarini belgilaydi;

  • balansning hisob-kitob moddalari, qimmatbaho narsalarni qayta ro’yxatdan o’tkazish va natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi, schyotlarning namunaviy rejalarini, buxgalteriya hisobi va hisobotining namunaviy shakllarini, ularni qo’llash va to’ldirish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomalarni tasdiqlaydi;

  • respublika va mahalliy byudjetlardan mablag’ bilan ta’minlanadigan korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va muassasalarning moliya-xo’jalik faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi, respublika byudjetini tuzish va ijro etish bo’yicha moliya idoralari ishini yaxlit taftish qiladi, zarurat bo’lganda vazirliklar idoralar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi;

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan harid qilinadigan mahsulotlar narxlarini belgilash hamda davlat tomonidan harid qilinadigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun hisob-kitob qilish tartibi bo’yicha takliflar ishlab chiqadi

Download 63.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling