Moliyaviy nazorat va uni tashkil etishning


Download 63.84 Kb.
bet4/7
Sana22.04.2023
Hajmi63.84 Kb.
#1382151
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
rrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrr

Soliqlarni to’lash ustidan nazorat
Oliy nazorat organi maksimal imkoniyat darajasida soliqlar to’lanishini nazorat qilish vakolatiga ega bo’lishi kerak.
Soliqlar to’lanishini nazorat qilish asosan, uning to’g’riligi va qonuniyligini tekshirish bilan bog’liq. Shuningdek, oliy nazorat organi soliqlarning yig’ish to’g’risidagi qonunni tekshirib, soliq xizmati ishini tashkillashtirishning va soliqlarni kelib tushish rejasi bajarilishining iqtisodiy samaradorligini o’rganishi kerak va zarur bo’lsa, qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha taklif kiritishi lozim.
Davlatdan subsidiya oladigan tashkilotlarni tekshirish
Oliy nazorat organi davlat fondlaridan taqdim etiladigan subsidiyalardan foydalanadigan tashkilotlarni tekshirish vakolatiga ega.
Agar subsidiya miqdori ahamiyatli hajmga ega bo’lsa, yoki subsidiyalangan tashkilot kapitali katta bo’lsa, bu korxonada moliyaviy resurslarni boshqarishga dahldor barcha masalalar tekshiriladi.
Subsidiyalardan noto’g’ri foydalanish aniqlangan taqdirda subsidiyani cheklash talab qilinadi.
Xalqaro va ko’pmillatli tashkilotlarni tekshirish
Yuqoridagilarga qo’shimcha sifatida RF Byudjet Кodeksi byudjetlararo aloqalarda va qarz siyosatida ham nazorat tizimini qo’llanishini aniqlaydi. Masalan, agarda byudjetni bajarish moboynida RF sub’yektlari davlat qarzini ko’zda tutilgan miqdoridan oshirishga yo’l qo’yishsa, yoki munisipal qarzni oshishga yo’q qo’yilsa, shuningdek, RF sub’yektlari va munisipal qarzga xizmat ko’rsatish xarajatlari ko’zda tutilganidan ortib ketsa va RF sub’yektlari davlat qarzi bo’yicha majburiyatlarni xarajatlarini qoplash ta’minlash holatida bo’lmasalar bu xolda Rossiya Federasiyasini vakillik organi quyidagi choralarni ko’radi:

    • RF subyektlari byudjetlariga yoki mahalliy byudjetlarga byudjetni bajarilishi bo’yicha tekshirish tayinlash;

    • RF sub’yektlari byudjetini bajarilishni RF Moliya vazirligi yoki mahalliy byudjetlarni Rossiya Federasiyasining sub’yektlarini byudjetlarini bajaruvchi organ nazoratiga berish.

Rossiya Federasiyasi davlat kafolati berilgan vaziyatlarda RF Moliya vazirligi yoki RF Hukumati vakil qilgan hukumat ijroiya organi Rossiya Federasiyasi davlat kafolatini oluvchining moliyaviy holatini tekshiruvdan o’tkazishga majburdirlar. Davlat kafolati RF sub’yektlariga yoki munisipal kafolat berilgan holatlarda mos moliya organi bunday kafolat oluvchini moliyaviy holatini tekshirishga majburdir. Vakillik organi RF sub’yektlari yoki munisipal tuzilmalarda davlat kafolati yoki munisipal kafolat oluvchining moliyaviy holatini tekshirishni nazorat organiga topshirish mumkin.
RF Byudjet Кodeksiga asosan federal byudjetdan RF sub’yektlari byudjet ta’minotini minimal byudjet darajasiga tenglashtirish uchun moliyaviy yordam beriladi. Bunday yordamni amalga oshirish sharti bo’lib, RF Federal g’aznachiligi bilan RF sub’yektlari o’rtasida byudjetni bajarilishi bo’yicha tuzilgan shartnoma hisoblanadi.
Rossiya Federasiyasi vakillik organi federal byudjetdan moliyaviy yordam oluvchi RF sub’yektlari byudjetlarini tekshirish huquqiga ega. RF sub’yektlari o’z konsolidatsiyalashgan byudjetining xarajatlarining 50 foyizidan yuqori miqdorida moliyaviy yordam olsalar, unda RF sub’yektlari byudjetini majburiy tartibda tekshiruvdan o’tkazadi. RF sub’yektlari byudjetini Moliya vazirligi yoki RF Hisob palatasi tekshirishdan o’tkazishlari mumkin.
Hisob palatasi tomonidan nazoratni tashkiliy-huquqiy shakli nuqtai nazaridan barcha organlar, tashkilot va muassasalar, agar ular davlatning moliyaviy va moddiy resurslaridan foydalansalar nazoratga tortiladilar, jumladan:

    • byudjetdan moliyalashtirilganliklari sababli, davlat hukumati organlari;

    • hukumatning tarmoqlar va hududiy tuzulmaviy ijroiya bo’limlari, ular byudjet va nobyudjet fondlar mablag’laridan, qarz mablag’laridan va davlat mulkidan foydalanganliklari uchun;

    • byudjet sohasining barcha tashkilot va muassasalari, hukumatning tarmoqlarga bo’ysunuvchi va hududlardagi ijrochi organlari;

    • xo’jalik yuritish asosida davlat mulkini boshqaradigan unitar korxonalar;

    • davlat buyurtmasini, kreditlarini, ssudlarini oluvchi, soliq va boshqa yengilliklarda ustivor bo’lgan, davlat mulkini har qanday shaklda, jumladan, ajratilgan mablag’lardan va o’rnatilgan engilliklardan foydalanuvchi nodavlat xo’jalik birlashmalari, jamoatchilik birlashmalari;

    • jamoatchilik birlashmalari, nodavlat fondlari va boshqa notijorat tashkilotlari yuqoridagi punktda ko’rsatib o’tilgan doirada va asosda;

    • davlat moliyasidan foydalanib pul o’tkazmalar va pul qabul qilish bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshiruvchi, davlat mulkini boshqarish va undan foydalanish, davlat qimmatli qog’ozlari muomalasi doirasidagi operatsiyalarni bajaruvchi banklar, moliya-kredit muassasalarini.

RF Moliya vazirligi davlat federal g’aznachilik boshqarmasi o’ziga biriktirilgan vakolatlar bo’yicha quyidagilarni amalga oshiradi:

    • Rossiya federasiyasi respublika byudjeti bilan davlat nobyudjet fondlari o’rtasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga soladi:

    • Rossiya federasiyasi respublika byudjetini bajrilishi, davlat federal nobyudjet fondlarni moliyaviy bajarilishi, federal nobyudjet fondlarni tushumi, foydalanishi jarayonlarida g’aznachilikni hududiy organlarida Rossiya federasiyasinning xarakatdagi qonunlariga rioya qilinishi ustidan bevosita ishlarni tashkil etadi va o’tkazadi.

6. Xulosa o‘rnida aytish joizku o‘rganishlar davomida Moliyaviy nazoratni tashkil etish bu moliyaviy resurslarni boshqarishning majburiy elementi hisoblanib,bunday boshqaruv jamiyat oldidagi javobgarlikni aks ettiradi. Nazorat bu oxirgi maqsad hisoblanmaydi, nazorat bu boshqarish tizimining ajralmas qismi bo’lib, mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy shartidir. Moliyaviy nazorat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarish ustidan davlat nazoratining tarkibiy elementi bo’lib hisoblanadi. Hozirgi kunda moliyaviy nazoratning asosiy maqsadi tekshirilayotgan obyektda mavjud bo’lgan haqiqiy holatni obyektiv o’rganish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ijro etishga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash yoki oldini olishdan iborat.


Bozor iqtisodiyoti uchun davlat moliyaviy nazorati faoliyatning alohida bir sohasiga aylanib boradi. Davlat moliyaviy nazoratning obyekti bo’lib boshqarishning barcha darajalarida moliyaviy resurslarning shakllanishi va ishlatilishidan taqsimlanish jarayonlari maydonga chiqadi. Bu boradagi davlat moliyaviy nazorati avvalo davlat moliyaviy resurslaridan maqsadga muvofiq va samarali foydalanishi, davlat mulkidan oqilona foydalanishini ta’minlashga xizmat qilmog’i lozimligini bilib oldim.

Download 63.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling