Moliyaviy nazorat va uni tashkil etishning


Download 63.84 Kb.
bet6/7
Sana22.04.2023
Hajmi63.84 Kb.
#1382151
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
rrrrrrrrrrrrrrrrrrrrrr

Byudjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog’liq bo’lgan o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat byudjetidan mablag’ ajratish ko’zda tutilgan va bu mablag’ moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo’mitasi, idora, davlat tashkiloti.
Byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi - bu byudjet tashkilotlari tomonidan bir moliya yili davomida davlat byudjetidan mablag’ olish maqsadida tuzadigan va bevosita o’zi tegishli bo’lgan moliya organlari tomonidan ro’yxatdan o’tkaziladigan va tasdiqlanadigan moliyaviy reja hisoblanadi.
.
Joriy nazorat - ichki xo’jalik nazoratining uzviy qismi, butun Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va uning ichki bo’linmalari ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini tezkor boshqarish va tartibga solish jarayonining tarkibiy qismidir.
Ichki audit xizmati - korxona Кuzatuvchi kengashining qarori bilan tashkil etiladigan korxonaning ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy bo’linmasi.
Ichki audit - bank hodimlarining o’z vazifalarini samarali bajarishlarida yordam berish maqsadida bank faoliyatini tekshirish va baholash uchun bank ichida doimiy asosda tuzilgan mustaqil ekspertiza. Ichki auditning asosiy maqsadi bo’lib Ichki audit xizmati tomonidan bank rahbariyatiga bank faoliyatining nazaroti va natijalari bo’yicha ob’yektiv tahlil, baho, tavsiyalar va ma’lumotlar taqdim etish orqali bank Кengashi va Boshqaruviga bank faoliyati maqsadiga erishishida ko’maklashish hisoblanadi.
Ichki audit xizmati - bankda ichki nazorat holatini, jumladan moliya- xo’jalik faoliyati samarodorligi, hisobning ishonchliligi va aniqligi, hisobotlarning to’liqligi va ob’yektivligi, O’zbekiston Respublikasi bank qonunchiligi hujjatlariga, ta’sis va ichki hujjatlarga, bank operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari va tartiblariga rioya qilinishini tekshirish (audit) va monitoringini amalga oshiruvchi, shuningdek, bank operatsiyalarining samaradorligi va ishonchliligini oshirish bo’yicha bank Кengashiga maslahatlar beruvchi mustaqil tarkibiy tuzilma.
Litsenziya – u yoki bu mahsulotni tayyorlash, xo’jalik ishlab chiqarish va ilmiy faoliyatning turini amalga oshirish, mahsulotning ma’lum bir turi va miqdorini eksport yoki import qilish, olish kirish, olib chiqish yoki o’tkazib ketishga davlat yoki mahalliy boshqaruv organlarining rasmiy ruxsati (roziligi).

Download 63.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling