Moliyaviy oqimlar va ularni boshqarish. Moliyaviy oqimlar va ularning mazmun-mohiyati. Moliyaviy tizim va moliyaviy infrotuzilma


Moliyaviy tizim va moliyaviy infrotuzilma


Download 96.81 Kb.
bet4/6
Sana31.03.2023
Hajmi96.81 Kb.
#1314169
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliyaviy oqimning xajmiga ta’sir etuvchi omillar

Moliyaviy tizim va moliyaviy infrotuzilma.

Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning Moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham Moliyaviy siyosat Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning Moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va sosial rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tyegishli Moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.
Sosial rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog’liqni saqlash va boshqa sosial ehtiyojlarning rivojlanishi tuShunilibgina qolmasdan jamiyatning sosial tuzilmasi ham tuShuniladi. Shuning uchun ham Moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog’lab qо‘yish maqsadga muvofiq emas.
Siyosat davlat faoliyatining barcha yо‘nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir ob’yekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog’liq ravishda iqtisodiy yoki sosial, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat tо‘g’risida gapiriladi.
Moliyaviy siyosat о‘z-о‘zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bо‘lib, bir vaqtning о‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, sosial soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bо‘lishi prinsipial ahamiyatga ega emas.
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:

  • bosh maqsadni aniqlash va qо‘yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qо‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bо‘lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni konkryetlashtirish;

  • yordamida qо‘yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning myetodlari, vositalari va konkryet shakllarini ishlab chiqish;

  • qо‘yilgan vazifalarni yechishga qodir bо‘lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qо‘yish, ularning bajarilishini tashkil qilish.

Dyemak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini Moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yо‘naltiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlashga Moliyaviy siyosat deyiladi.
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif ham berish mumkin: Moliyadan foydalanishning myetodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va myetodologik prinsiplarining majmuiga (yig’indisiga) Moliyaviy siyosat deyiladi.
Ayrim hollarda Moliyaviy siyosat davlatning о‘z funksiyalarini bajarishi uchun Moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog’liq bо‘lgan davlat organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin о‘zida bir nyecha xavfni mujassam etadi. Buning boisi Shundaki, milliy xо‘jalik taraqqiyotida davlatning roli tо‘g’risidagi jamiyatda hukmron bо‘lgan tasavvurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham о‘zgaradi, transformasiyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralaShuvi, aholi turmush darajasi sosial-iqtisodiy sharoitlarini tyenglashtirish va Shunga о‘xshash davlatning funksiyalari va vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, Moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funksiyalarini bajarish vositasi (instrumyenti) sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari bilan Moliya tizimining boshqa sub’yektlari, ya’ni aynan mamlakatning aholisi va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlari manfaatlari о‘rtasida qarama-qarshiliklarni kyeltirib chiqadi.

Yaqin о‘tmishda, ya’ni shо‘rolar davrida mamlakatimiz iqtisodiy va sosial taraqqiyotiga, ma’lum ma’noda, tо‘sqinlik qilib qolgan Moliyaviy siyosat Yurgizildi. Buning ustiga Shu davrlar mobaynida mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda faol Moliyaviy siyosatning roliga yetarlicha baho berilmadi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida va eng avvalo, iqtisodiy sohada Moliyaviy munosabatlarning roli buzib kо‘rsatildi. Moliya va Moliyaviy dastaklarning faol roli inkor etilib, Moliyaviy siyosat talab etilgan muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mо‘ljallangan va ilmiy jihatdan asoslangan konsepsiyalarning ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni kо‘zlab amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni qiyin ahvolga olib kyeldi.


О‘zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga Yuz tutar ekan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bо‘lgani kabi, Moliya va Moliyaviy munosabatlarida ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga tо‘g’ri kyeldi. Belgilangan stratyegik vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari asosida bajarila boshlandi.
Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga solib turuvchi, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Bu siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson salomatligiga putur yetkazuvchi tovarlarni kirib kelishini oldini olish va ilg’or texnologiyalar, fan-texnika Yutuqlari natijalarining mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelishini rag’batlantirish yо‘lidan og’ishmay amalga oshirilmoqda.
О‘zbekistonda Moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • davlat byudjetidagi dyefisitni yо‘l qо‘yilgan eng kam daraja doirasida (YAIMning 3-4%i atrofida) cheklashga yо‘naltirilgan qattiq Moliyaviy siyosatni amalga oshirish;

  • davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy о‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishning о‘sishini kо‘zlab yо‘naltirishni ta’minlash;

  • ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitusiya bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi Moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini kо‘tarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

  • ijtimoiy himoyaning adryesli bо‘lishiga, Moliyaviy mablag’larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga yetib borishini ta’minlash;

  • Davlat byudjeti va korxonalar Moliyaviy ahvolining barqarorligini ta’minlash;

  • byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish;

  • soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotga rag’batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsadida:

- soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, Moliyaviy va mehnat resurslaridan, tо‘plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag’batlantiruvchi ta’sirini oshirish;
- korxonalar zimmasidagi soliq Yukini kamaytirish, qо‘shilgan qiymat va foyda solig’idan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish va Shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish;
- soliq tuShumlari tarkibini tubdan о‘zgartirish, resurslar, mol-mulk solig’ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish.

  • mahalliy byudjetlarni shakllantirish manbalari bо‘lgan respublika soliqlari bilan mahalliy soliqlar о‘rtasida aniq chyegara о‘tkazish;

  • Davlat byudjeti daromadlarini katta qismini joylarga beriktirish, mahalliy byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash;

  • soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga tadbiq etuvchi tyegishli Moliya-soliq mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish;

  • va boshqalar.

Hozirgi vaqtda mamlakatimiz Moliya siyosati muammolari qatoriga uning hayot (davr) bilan hamnafasligini ta’minlash, uning davlatimiz rivojlanishining о‘zgargan sharoitlariga tyezda moslasha bilishini ta’minlash, о‘z yechimini kutayotgan vazifalarni hal etish uchun kerakli usullarni о‘z vaqtida topa bilish, stratyegik konseptual yechimlarni ishlab chiqish, mablag’larga qarab yashash talabiga rioya etilishini ta’minlash, fuqarolar ijtimoiy talab-ehtiyojlarini qondirishning Moliyaviy bazasini (asosini) belgilashda qoldik yondaShuvidan (usulidan) ijtimoiy xarajatlarning adryesliligini ta’minlashga о‘tish kabi tadbirlar kiradi.

Download 96.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling