Moliyaviy reja tuzish yuzasidan xorij tajribasi
Tushum va harajatlar balansi
Download 272.09 Kb.
|
Молия режалаштириш фани
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushum va harajatlar balansi
Tushum va harajatlar balansiMoliyaviy rejaning keyingi muhim bo’limi tushum va xarajatlar balansi bo’lib, u biznes-loyihaning (yangi ish, yangi ishlab chiqarishni tashkil etish va hokazo) foyda keltirishi yoki keltirmasligi, shuningdek, bunday ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun qancha mablag’ kiritish lozimligini baholashga imkon beradi. Odatda u korxonaning daromad va xarajatlari balansi deb ataladi. Mazkur bo’limning asosiy vazifasi pul mablag’lari kelib tushishi va sarflanishining sinxronligini, ya’ni har bir lahza uchun ushbu mablag’larning etarli ekanligini aniqlashi lozim. Boshqacha qilib aytganda, korxona aktivlarini tezda pul mablag’lariga aylantirish yoki loyihani amalga oshirishda uning likvidligini anglatadi. Shuni e’tiborga olish kerakki, likvidlik bilan bog’liq muammo bozor munosabatlari sharoitlarida korxonalarning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi sabablaridan biri hisoblanadi. Tushum va harajatlar balansiUmumiy daromad va xarajatlar balansi1. mazkur tovarni sotishdan kelib tushgan pul tushumi; 2. mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq ishlab chiqarish 3.xarajatlari (moddalar bo’yicha); 4. umumishlab chiqarish xarajatlari (moddalar bo’yicha); 5. soliq va boshqa to’lovlar; 6. sof foyda; 7. korxona tasarrufida qoluvchi foyda. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan ko’rsatkichlarni hisoblash mexanizmi ularga xos bo’lgan ishlab chiqarishning moliyaviy jihatlarini aks ettirib, xuddi ishlab chiqarishni rejalashtirish, mahsulotni sotish hajmini bashorat qilish va biznes-rejaning boshqa bo’limlaridagi kabi alohida jadvalda umumlashtiriladi. Yillik daromad va xarajatlar balansi choraklar bo’yicha, choraklik balans esa oylar bo’yicha taqsimlagan holda ishlab chiqiladi. Keyingi holatda ushbu hujjat tezkor xarakterga ega bo’lib, korxonaning moliyaviy faoliyatini tartibga solishga xizmat qiladi. Umuman daromad va xarajatlar balansi korxonaning qanchalik samarali ishlashini tavsiflaydi. U shuningdek, soliq deklaratsiyalarini to’ldirish, kredit so’rab murojaat qilishda ham katta ahamiyatga ega. Moliyaviy rejaning ushbu bo’limida aks ettiriluvchi asosiy ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: Download 272.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling