Strategik rejalashtirishning asosiy afzalligi shundaki, u yuqori darajada reja ko’rsatkichlariga asoslangan, voqealar rivojining rejali amalga oshirilishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotdagi hozirgi o’zgarishlar sur’ati shunchalik yuqoriki, bunda strategik rejalashtirish o’zini bo’lajak muammo va imkoniyatlarni bashorat qilishning yagona usuli sifatida namoyon qiladi. U firmaning oliy rahbariyatini uzoq muddatli rejalar bilan ta’minlaydi, qarorlarni qabul qilish uchun asos yaratadi, qaror qabul qilishda tavakkalchilikning pasayishiga ta’sir ko’rsatadi, firmaning barcha tarkibiy bo’linmalari va ijrochilarining maqsad va vazifalarini uyg’unlashtiradi. Strategik rejalashtirish uchun quyidagi xususiyatlar xosdir: Strategik rejalashtirish uchun quyidagi xususiyatlar xosdir: -strategik rejalashtirish joriy to’ldirib borilishi kerak; -strategik rejalar firma oliy rahbariyatining har yili o’tkaziladigan yig’ilishlarida ishlab chiqiladi; -strategik rejaning mukammallashtirilishi yillik moliyaviy rejaning ishlab chiqilishi bilan bir paytda amalga oshiriladi; -ko’plab xorijiy kompaniyalar, strategik rejalashtirishning mexanizmi takomillashgan bo’lishi shart deb hisoblaydilar. Strategik rejalashtirishning afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Ular strategik rejalashtirishning ko’lami doirasini cheklaydi, turli xo’jalik masalalarini echishda uni universallikdan mahrum qiladi. 1.Strategik rejalashtirish o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakning aniq holatini tasvirlab bera olmaydi. U quyidagilarni bera olishi mumkin: firmaning kelajakda qanday harakat qilishi kerakligi, biznes va bozorda qanday o’rinni egallashi mumkin va kerakligi, kelajakdagi raqobat kurashida firma yashab qoladimi yoki yo’qmi va shu kabilar. 2.Strategik rejalashtirish rejani tuzish va amalga oshirishning aniq hisob-kitobiga ega emas, uning nazariyasi biznesni olib borishning ma’lum bir falsafasi va mafkurasidan kelib chiqadi. Shuning uchun bu jarayon ko’pincha menejerlarning o’z xususiyatlariga bog’liq. Umuman, strategik rejalashtirish bu oliy menejment xislatlari va san’atining birikuvi, menejerning firmani strategik maqsadlarga olib borish qobiliyatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |