Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish


II. MUSTAQIL TA‟LIMNI TASHKIL ETISHNING


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana24.10.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1718314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
МР ва ТС фанидан Мустақил таълимни амалга ошириш бўйича УҚ

 


II. MUSTAQIL TA‟LIMNI TASHKIL ETISHNING 
MAZMUNI VA SHAKLLARI 
Talabalarning mustaqil ta‘lim uchun tanlagan mavzulari kelgusida 
bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda 
bajarilishi maqsadga muvofiqdir. Mustaqil ta‘limni tashkil etish jarayonida 
talabalarga mavzu doirasida darsliklar, o‗quv qo‗llanmalar, risola, ilmiy maqola 
va jurnallardan foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, talabalar mavzuni 
yoritishda me‘yoriy huquqiy hujjatlarni o‗rganishga alohida ahamiyat qaratishi 
lozim. Bunda O‗zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va 
Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining asosiy mazmunini diqqat bilan 
o‗rganish tavsiya etiladi. Qonun hujjatlarini o‗rganishda axborot tizimlaridan 
foydalanish mumkin. Internet saytlari ma‘lumotlaridan samarali foydalanish, 
O‗zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar, 
O‗zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi va 
ularning 
rasmiy 
saytlaridan 
yangi 
ma‘lumotlarni olib foydalanish lozim. 
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi: 
ilmiy loyiha, taqdimot tayyorlash, xulosalash (Rezyume, Veer) hamda ushbu 
o‘quv-uslubiy qo‘llanmada keltirilgan topshiriqlarni bajarish. 
Talabalarning iqtisodiy fanlardan mustaqil ta‘limni muhim tarkibiy qismi 
sifatida ―Ilmiy loyiha” yozish borgan sari keng tadbiq etilmoqda. Ilmiy loyihani 
talabalarning ilmiy ish yozishi, tadqiqot o‘tkazishini dastlabki shakli sifatida 
ko‘rish mumkin. 
Ilmiy loyiha biror ilmiy asar, o‘qilgan kitob, maqola kabilar mazmunining 
qisqacha yozma yoki og‘zaki bayoni, o‘rganilgan ilmiy masalaning natijasi 
haqidagi axborot, tegishli adabiyot va boshqa manbalar obzorini o‘z ichiga olgan 
ma‘lum mavzudagi doklad. 
Ilmiy loyiha odatda, ilmiy axborot vazifasini o‘taydi. Unda muayyan mavzu 
bilan birgalikda, tegishli ilmiy nazariyalar, xulosalar yoritilishi va tanqid qilinishi 
mumkin. Ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlarida ilmiy dokladlar 


sifatidagi «Ilmiy loyiha»lar keng tarqalgan. Odatda talabalarning seminar 
mashg‘ulotlariga tayyorlab keladigan maxsus axborotlari ham «Ilmiy loyiha» 
deyiladi. 
Ilmiy loyiha yozish bilan talaba ilmiy adabiyotlar bilan ishlashni, statistik 
ma‘lumotlar va boshqa materiallarni to‘plash, ularni qayta ishlash, ya‘ni hisob 
kitob qilish, tahlil qilish, o‘rganilayotgan hodisalarga tanqidiy ko‘z bilan qarashni, 
baholashni, nazariyani amaliyot bilan bog‘lashni o‘rganadi. 
Ilmiy loyiha mustaqil yozilib, uni yozish qoidalariga amal qilinsa, darslik 
bo‘yicha savolga tayyorlanib kelib, seminar darslarda so‘zga chiqishga qaraganda 
katta foyda beradi. Talaba «Ilmiy loyiha»da bildirgan o‘z fikrini auditoriya oldida 
himoya qila olishi kerak. 
- Talabalarning iqtisodiy fanlardan mustaqil ta‘limni muhim tarkibiy qismi 
sifatida xulosalash shaklidan foydalaniladi. Bu shakl murakkab, ko‘p tarmoqli, 
mumkin qadar, muammoli xarakterdagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Bunda 
muammo ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va 
zararlari bo‘yicha o‘rganiladi. Bu shakl tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni 
muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda talabalarning mustaqil g‘oyalari, fikrlarini 
yozma va og‘zaki shaklda tizimli bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. 
Amaliyotda keng qo‗llaniladigan mustaqil ta‘limning yana bir shakli 
taqdimotdir. Talabalar taqdimotni mustaqil ta‘lim shakli sifatida seminar darslariga 
tayyorlab kelishlari mumkin. Taqdimotni adabiyotlarni o‗rganib, tanlangan 
mavzuga chuqur yondashib, o‗z kuzatishlarini ham ishlata bilgan holda 
tayyorlashlari kerak. Taqdimot tayyorlash jarayonida talaba adabiyotlar bilan 
ishlash, turli manbalardan olgan materiallarini umumlashtirish va xulosa qilishga 
o‗rganadi. Taqdimot tayyorlash uchun talaba, avvalo, fanni nazariy jihatdan puxta 
o‗zlashtirishi kerak. Tanlab olingan mavzuni yoritish uchun kirish, 3-4 reja tuziladi 
va shu reja asosida mavzu yoritiladi. 
Mustaqil ta‘limnining yana bir shakli sifatida talabalarga mavzu doirasida 
test tayyorlash hisoblanadi. Nazariy va amaliy jihatdan to‗g‗ri bo‗lgan test 
tizimining ishlab chiqilishi talabalarning mavzu yuzasidan ma‘lum tushunchalarni 


o‗zlashtirish, shuningdek, amaliy ko‗nikma va malakalarni shakllantira olganlik 
darajalarini aniq va xolis aniqlay olish imkonini beradi. Test tizimini ishlab 
chiqishda testlarning izchil, uzviy hamda bir– birlari bilan uyg‗un bo‗lishlariga 
ahamiyat berish zarurdir. Mavzuga oid testlarni ishlab chiqishda zamonaviy 
talablardan kelib chiqib, uch darajali testlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling