Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
МР ва ТС фанидан Мустақил таълимни амалга ошириш бўйича УҚ
21
VI.Foydalanish uchun adabiyotlar 51 KIRISH Isloh qilish jarayonining boshlangʼich nuqtasi strategiyani tanlab olishdan iboratdir. Bu gʼoyat maʼsuliyatli va murakkab jarayon hisoblanadi. Umumiy strategiyaga ega boʼlmay, pirovard maqsadni qurmay turib, iqtisodiy isloh qilishning taʼsirli chora-tadbirlarini belgilab boʼlmaydi. Ijtimoiy - iqtisodiy oʼzgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olish hozirgi isloh qilish strategiyasining boshlangʼich nuqtasi boʼlib xizmat qiladi. Bunda biz markazlashtirilgan, maʼmuriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga oʼtish-eski xoʼjalik yuritish mexanizmini shunchaki yangilash yoki takomillashtirish emas, balki bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga oʼtish ekanligini qayta-qayta taʼkidladik Bu bir iqtisodiy munosabatlar va tashqiliyboshqaruv tizimlarining boshqa iqtisodiy munosabatlar va tashqiliy- boshqaruv tizimlari bilan almashinuvidir. ―Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish‖ fanini chuqur o‘rganish orqali talabalar mamlakatimizning moliya munosabatlaridagi ishtirokini faollashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur‗atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish, iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, puxta o‘ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish borasida tegishli nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi. Shu bilan birgalikda, mazkur fanni mutaxassis kadrlarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling