Moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish
II. MUSTAQIL TA‟LIMNI TASHKIL ETISHNING
Download 1.95 Mb. Pdf ko'rish
|
МР ва ТС фанидан Мустақил таълимни амалга ошириш бўйича УҚ
II. MUSTAQIL TA‟LIMNI TASHKIL ETISHNING MAZMUNI VA SHAKLLARI Talabalarning mustaqil ta‘lim uchun tanlagan mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajarilishi maqsadga muvofiqdir. Mustaqil ta‘limni tashkil etish jarayonida talabalarga mavzu doirasida darsliklar, o‗quv qo‗llanmalar, risola, ilmiy maqola va jurnallardan foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, talabalar mavzuni yoritishda me‘yoriy huquqiy hujjatlarni o‗rganishga alohida ahamiyat qaratishi lozim. Bunda O‗zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining asosiy mazmunini diqqat bilan o‗rganish tavsiya etiladi. Qonun hujjatlarini o‗rganishda axborot tizimlaridan foydalanish mumkin. Internet saytlari ma‘lumotlaridan samarali foydalanish, O‗zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar, O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va ularning rasmiy saytlaridan yangi ma‘lumotlarni olib foydalanish lozim. Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi: ilmiy loyiha, taqdimot tayyorlash, xulosalash (Rezyume, Veer) hamda ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanmada keltirilgan topshiriqlarni bajarish. Talabalarning iqtisodiy fanlardan mustaqil ta‘limni muhim tarkibiy qismi sifatida ―Ilmiy loyiha” yozish borgan sari keng tadbiq etilmoqda. Ilmiy loyihani talabalarning ilmiy ish yozishi, tadqiqot o‘tkazishini dastlabki shakli sifatida ko‘rish mumkin. Ilmiy loyiha biror ilmiy asar, o‘qilgan kitob, maqola kabilar mazmunining qisqacha yozma yoki og‘zaki bayoni, o‘rganilgan ilmiy masalaning natijasi haqidagi axborot, tegishli adabiyot va boshqa manbalar obzorini o‘z ichiga olgan ma‘lum mavzudagi doklad. Ilmiy loyiha odatda, ilmiy axborot vazifasini o‘taydi. Unda muayyan mavzu bilan birgalikda, tegishli ilmiy nazariyalar, xulosalar yoritilishi va tanqid qilinishi mumkin. Ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlarida ilmiy dokladlar sifatidagi «Ilmiy loyiha»lar keng tarqalgan. Odatda talabalarning seminar mashg‘ulotlariga tayyorlab keladigan maxsus axborotlari ham «Ilmiy loyiha» deyiladi. Ilmiy loyiha yozish bilan talaba ilmiy adabiyotlar bilan ishlashni, statistik ma‘lumotlar va boshqa materiallarni to‘plash, ularni qayta ishlash, ya‘ni hisob kitob qilish, tahlil qilish, o‘rganilayotgan hodisalarga tanqidiy ko‘z bilan qarashni, baholashni, nazariyani amaliyot bilan bog‘lashni o‘rganadi. Ilmiy loyiha mustaqil yozilib, uni yozish qoidalariga amal qilinsa, darslik bo‘yicha savolga tayyorlanib kelib, seminar darslarda so‘zga chiqishga qaraganda katta foyda beradi. Talaba «Ilmiy loyiha»da bildirgan o‘z fikrini auditoriya oldida himoya qila olishi kerak. - Talabalarning iqtisodiy fanlardan mustaqil ta‘limni muhim tarkibiy qismi sifatida xulosalash shaklidan foydalaniladi. Bu shakl murakkab, ko‘p tarmoqli, mumkin qadar, muammoli xarakterdagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Bunda muammo ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari bo‘yicha o‘rganiladi. Bu shakl tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda talabalarning mustaqil g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda tizimli bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. Amaliyotda keng qo‗llaniladigan mustaqil ta‘limning yana bir shakli taqdimotdir. Talabalar taqdimotni mustaqil ta‘lim shakli sifatida seminar darslariga tayyorlab kelishlari mumkin. Taqdimotni adabiyotlarni o‗rganib, tanlangan mavzuga chuqur yondashib, o‗z kuzatishlarini ham ishlata bilgan holda tayyorlashlari kerak. Taqdimot tayyorlash jarayonida talaba adabiyotlar bilan ishlash, turli manbalardan olgan materiallarini umumlashtirish va xulosa qilishga o‗rganadi. Taqdimot tayyorlash uchun talaba, avvalo, fanni nazariy jihatdan puxta o‗zlashtirishi kerak. Tanlab olingan mavzuni yoritish uchun kirish, 3-4 reja tuziladi va shu reja asosida mavzu yoritiladi. Mustaqil ta‘limnining yana bir shakli sifatida talabalarga mavzu doirasida test tayyorlash hisoblanadi. Nazariy va amaliy jihatdan to‗g‗ri bo‗lgan test tizimining ishlab chiqilishi talabalarning mavzu yuzasidan ma‘lum tushunchalarni o‗zlashtirish, shuningdek, amaliy ko‗nikma va malakalarni shakllantira olganlik darajalarini aniq va xolis aniqlay olish imkonini beradi. Test tizimini ishlab chiqishda testlarning izchil, uzviy hamda bir– birlari bilan uyg‗un bo‗lishlariga ahamiyat berish zarurdir. Mavzuga oid testlarni ishlab chiqishda zamonaviy talablardan kelib chiqib, uch darajali testlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling