- Soliq siyosati Moliyaviy siyosatning eng muhim qismi (yо‘nalishi) hisoblanadi. Besh Yuz yildan ortiqroq vaqt mobaynida zamonaviy Moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini aniq belgilash imkoniga ega bо‘lgan. Bu munosabatlar quyidagilardan tashkil topadi:
- soliqlarsiz davlatning faoliyat kо‘satishi mumkin emas;
- soliqli undirish qat’iy о‘sish tyendyensiyasiga ega;
- oqilona soliq ostonasidan о‘tilganidan sо‘ng tabiiy takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi – iqtisodiyotning о‘z-о‘zidan buzilishi (yemirilishi) sodir bо‘ladi;
- tanazzul davrida soliqlar mumkin qadar minimal darajada о‘rnatilmog’i lozim. Buning natijasida mamlakatning iqtisodiy mexanizmi ichki investision salohiyatni safarbar etish hisobidan tiklanadi;
- soliqning Yuqori ostonasi kapitalning chyetga chiqib kyetishiga olib kyeladi;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta. Biroq, summar о‘lchovlarda sof daromadning 30%dan ortiq qismining undirilishida mamlakatning iqtisodiy о‘sishi tо‘xtaydi;
- soliq imtiyozlari ochiqlik xarakteriga ega bо‘lishi va barcha takror ishlab chiqarish sub’yektlari uchun tyeng bо‘lishi kerak;
- soliq tizimi konfiskasion xarakterga ega bо‘lmasligi lozim. Faqat, jumladan, individual daromadlarning о‘sishida ifodalangan milliy boylikning о‘sishi soliqqa tortiladigan bazaning (asosning) barqaror о‘sishini ta’minlashi mumkin;
qonunlar va qoidalarning barqarorligini davlat kafolatlagan iqtisodiy tizimda soliqlarning summar о‘lchovi barqaror о‘sish tyendyensiyasiga ega bо‘ladi. Barqarorlik kafolati sifatida davlat о‘zining majburiyatlarini buzishni boshladimi, kapital xufyona iqtisodiyotga yoki xorijga о‘tishni boshlab, byudjetning daromadlar bazasini (asosini) qisqartiravyeradi; - qonunlar va qoidalarning barqarorligini davlat kafolatlagan iqtisodiy tizimda soliqlarning summar о‘lchovi barqaror о‘sish tyendyensiyasiga ega bо‘ladi. Barqarorlik kafolati sifatida davlat о‘zining majburiyatlarini buzishni boshladimi, kapital xufyona iqtisodiyotga yoki xorijga о‘tishni boshlab, byudjetning daromadlar bazasini (asosini) qisqartiravyeradi;
- soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bо‘lmog’i lozim. Soliqlar sonini, soliqqa tortish ob’yektlarini kо‘paytirish, kо‘p bosqichli soliqlarni joriy etish soliqlarni undirish bо‘yicha xarajatlarning ortishiga, boqimanda va jarimalarning о‘sishiga va pirovardida, mulkni qamoqqa olish, soliq tо‘lovchini kasod dyeb e’lon qilish va h.k. yо‘llar orqali iqtisodiyotning yemirilishiga olib kyeladi;
- soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi byudjet daromadlarini shakllantirish nuqtai-nazaridan qulay hisoblanadi. Lekin bu narsa, oxir oqibatda, mamlakat aholisi asosiy qismining qashshoqlanishiga olib kyeladi. CHunki bunday soliqlarning Yuki tovarlar va xizmatlarning yakuniy (oxirgi) istye’molchisi gardaniga (zimmasiga), ya’ni yashash minimumi darajasida yoki sosial tirikchilik darajasida daromadga ega bо‘lgan aholining 80-90% qismiga Yuklanadi. Bu paradoks daromadlarning turli darajalarida istye’molning nisbatan bir xil darajasiga asoslangan;
- egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfliligi Shundaki, bu tizimda aholining asosiy qismidan jamg’armalar olib qо‘yiladi va bu, о‘z navbatida, kredit tizimi va ikkilamchi Moliyaviy bozor tizimining asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan voz kyechgan AQSH tajribasi bunga yaqqol tasdiqdir;
- egri (bilvosita) soliqlarni sog’liq uchun zararli bо‘lgan tovarlar, zyebu-ziynat buYumlari, ayrim hollarda import qilinadigan tovarlar va xizmatlar va boshqa bir qancha о‘ziga xos bо‘lgan maxsus holatlarga nisbatan joriy etish zarur;
- daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining asosiysi bо‘lib hisoblanishi (xizmat qilishi) kerak. Ularni proporsional soliqqa tortish prinsiplariga asosan qurmoq lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |