Moliyaviy siyosat Reja


Download 23.52 Kb.
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi23.52 Kb.
#1505762
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
moliyaviy siyosat

Investitsion siyosat

Investisiya siyosati Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yо‘nalishlaridan) biri bо‘lib, u eng avvalo, mamlakat iqtisodiyotining real syektoriga о‘z va xorijiy investisiyalarni jalb qilish uchun sharoitlarni yaratish bо‘yicha tadbirlar komplyeksidan iborat. Bu siyosat davlat boshqaruvi va xо‘jalik Yurituvchi sub’yektlar Moliyasini boshqarishning turli darajalarida amalga oshiriladi. Investision siyosatning asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotiga investorlar tomonidan Moliyaviy resurslarni kiritish (joylashtirish), mamlakatdan kapitalning “qochib” kyetmasligi va aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallar oqimining kirib kelishi uchun sharoitlarni yaratish orqali ifodalanadi.

Sotsial moliyaviy siyosat

Sosial Moliyaviy siyosat Konstitusiyaga muvofiq mamlakat aholisining huquqlarini Moliyaviy jihatdan ta’minlash bilan bog’liq. Hozirgi paytda bu siyosat, о‘z navbatida, pensiya siyosati, immigrasion siyosat, aholi ayrim sosial guruhlariga Moliyaviy yordam kо‘rsatish siyosati va boshqa siyosatlarni о‘z ichiga oladi.

Boj siyosati

Boj siyosatini Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) sifatida qarash bilan birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi sifatida e’tiborga olish kerak. CHunki soliqlar va bojlar (boj yig’imlari) tovar va xizmatlarning bahosiga bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Bir vaqtning о‘zida boj siyosati mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir kо‘rsatishning о‘ziga xos bо‘lgan usuliga ham egadir. Usulning о‘ziga xosligi Shundaki, bu siyosat bir tomondan, mamlakat ichki bozoriga import qilinayotgan tovarlar va xizmatlarni kengaytirishi yoki cheklashi, ikkinchi tomondan esa, mamlakatdan tovarlar va xizmatlar eksportini rag’batlantirishi yoki unga tо‘sqinlik qilishi mumkin. Masalan, mamlakatda о‘xshashi bо‘lmagan texnologik asbob-uskunani import qilishga 20% li boj yig’imi о‘rnatilsa, bu narsa mamlakatdagi ishlab chiqaruvchilarning investision imkoniyatlarini kamaytiradi, ichki ishlab chiqarishning о‘sish sur’atlarini pasaytiradi, import qilinadigan mahsulotlarning salmog’ini oshiradi.


Download 23.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling