Moliyaviy tahlil uchun kerakli manbalarga qo’yiladigan talablar va ularning to’g’riligini tekshirish


Download 15.13 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi15.13 Kb.
#1207609

2-VARIANT



  1. Moliyaviy tahlil uchun kerakli manbalarga qo’yiladigan talablar va ularning to’g’riligini tekshirish.

  2. Korrelyatsion va regression usullarning Moliyaviy tahlilda qo’llanilishi.

  3. Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida, farqlarni ko’paytirish usulini qo’llab, material sarf me’yori o’zgarishining moddiy xarajatlarga ta’sirini aniqlang va tahlil qiling.




Ko’rsatkichlar

O’tgan yili

Hisobot yili

1

2

3

Moddiy xarajatlar, ming so’m

172,8

187,6

Material birligi bahosi, so’m

5400

5600

Mahsulot birligi uchun material sarf me’yori, kg

32

33,5

2javob
Korrelyatsion (stoxastik) bog‘lanish. Bu juda ko‘p kuzatuvlardagina namoyon bo‘ladigan ko‘rsatkichlar orasidagi to‘liq bo‘lmagan, taxminiy bog‘lanishdir. Odatda, juft va ko‘p miqdorli korrelyatsiyalar farqlanadi. Juft korrelyatsiya – bu bitta omilli, boshqasi natijaviy bo‘lgan ko‘rsatkichlar orasidagi bog‘lanishdir. Ko‘p miqdorli korrelyatsiya esa natijaviy ko‘rsatkichlar bilan bir nechta omillarning o‘zaro ta’sirida ishlatiladi.
Korrelyatsion tahlilni qo‘llash bir yoki bir nechta omillar ta’siri ostida bo‘lgan natijaviy ko‘rsatkichlar o‘zgarishini aniqlash (mutlaq o‘lchamda), har bir omildan natijaviy ko‘rsatkichning nisbiy bog‘lanish darajasini aniqlashda foydalaniladi. Korrelyatsion tahlil uchun omillarni saralash – eng muhim hisoblanadi. Chunki tahlilning yakuniy natijalari omillarning qanchalik to‘g‘ri tanlanganligiga bog‘liq. Nazariya va tahlilning amaliy tajribasi omillarni tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda quyidagi qoidalarga bo‘ysunish kerak:
1. Birinchi navbatda, ko‘rsatkichlar orasidagi sababli bog‘lanishlarni hisobga olish zarur, negaki, faqat ulargina o‘rganilayotgan holat mohiyatini ochib beradi. Natijaviy ko‘rsatkichli matematik munosabatlarda joylashgan bu kabi omillarning tahlili unchalik ahamiyat kasb etmaydi.
2. Ko‘p omilli korrelyatsion model yaratishda amalda qilib bo‘lmaydigan barcha shart va majburiyatlarni o‘z ichiga olgan, natijaviy ko‘rsatkichlarga hal qiluvchi ta’sir o‘tkazadigan eng muhim omillarni tanlab olish zarur. Styudent bo‘yicha kam jadvalli, ishonchlilik mezoniga ega bo‘lgan omillarni hisobga olish tavsiya qilinmaydi.
3. Chiziqli turdagi korrelyatsion modellarga egri chiziqli xarakterga ega bo‘lgan natijaviy ko‘rsatkich bilan bog‘lanishli omillarni qo‘shish tavsiya etilmaydi.
4. Korrelyatsion modelga o‘zaro bog‘langan omillarni qo‘shish mumkin emas. Agar ikkita omil o‘rtasidagi juft korrelyatsiya koeffitsiyenti 0,85 dan ko‘p bo‘lsa, korrelyatsion tahlil qoidasiga ko‘ra bittasini chiqarib tashlash kerak, aks holda, natijaviy ko‘rsatkichni xau holda bo‘lishiga olib keladi.
5. Korrelyatsion modelga funksional xarakterdagi natijaviy ko‘rsatkichda bog‘lanishli omillarni korrelyatsion modelga qo‘shish tavsiya etilmaydi.
Korrelyatsion tahlil natijalari borasida metodik aniqlikni oshirish maqsadida regression model Darbin-Uotson (DW) mezoni bo‘yicha ham baholanishi kerak. Bu o‘rganilayotgan omillar o‘rtasida avtokorrelyatsiyalar mavjudligini topishda ishlatiladi. Maxsus jadvallar bo‘yicha kuzatuvlar soni, omillar soni va olingan natijalarni ularning darajalari hisobidan kelib chiqib, minimal va maksimal ruxsat etilgan chegaralari aniqlanadi.
Agar mazkur mezonning hisoblangan darajalari du<DW< 4 – du chegarada bo‘lsa, u holda regression modelda o‘rganilayotgar omillar o‘rtasida avtokorrelyatsiya mavjud emas degan xulosaga kelish mumkin. Avtokorrelyatsyalar mavjud bo‘lsa, olingan bog‘lanish tenglamasi qoniqarsiz deb hisoblanadi.
Download 15.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling