Kurs ishining obekti va predmeti:Odatda ilmiy usullardan foydalanilganda, har qanday turdagi tahlil muvafaqqiyatli chiqadi. Tahlil qilishning to’g’ri tanlangan usuli ko’pincha uning natijasini oldindan aniqlaydi. Ilmiy usulda, ko’pincha, fanni tekshirish usulida umumiy dialektik usulga asoslanishi tushuniladi. Tushunishning dialektik usuli, hamma hodisa va jarayonlarni muntazam harakatda, o’zgarishda, rivojlanishda ko’rish zarurligini bildiradi. Moliyaviy va boshqaruv tahlili usullarining xarakterli jihatlaridan biri – muntazam taqqoslab turish zaruratidir. Dialektika har bir jarayonni, har bir hodisani birlik va qarama-qarshiliklar ko’rashi deb qarash kerakligini o’rgatadi. Bundan har bir hodisa va jarayonlarni ichki qarama-qarshiliklar, ijobiy va salbiy tomonlarini o’rganib chiqish zarurligi kelib chiqadi. Bu ham tahlilning xarakterli jihatlaridan biridir. Tahlil qilishda dialektik usuldan foydalanish, korxona xo’jalik faoliyatini o’rganib chiqishda barcha bog’liq tomonlarini hisobga olinishini anglatadi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari:Hozirgi Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida aksariyat yetuk iqtisodchi olimlarimiz tahlilning usullarini iqtisodiy adabiyotlarida shartli ravishda ikki guruhga ajratib ko’rsatishmoqda. Xo’jalik faoliyati tahlili ining usullarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
Oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullar guruhi;
Iqtisodiy-matematik usullar guruhi.
Oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullar guruhiga xo’jalik faoliyati tahlili paydo bo’lgandan buyon qo’llanilib, an’anaga aylanib, amaliy tajribada keng qo’llanilib kelayotgan usullar kiritiladi. Ular tarkibiga mutloq va nisbiy farqlarni aniqlash usuli, taqqoslash usuli, guruhlashtirish usuli, balansli bog’lanish usuli, zanjirli bog’lanish usuli, indeks usuli, foizlar farq usuli va hakozo usullarni kiritishimiz mumkin bo’ladi.
Kurs ishi asosiy masalalari va farazlari :Hozirda O’zbekiston Respublikasi milliy hisob tizimida amortizatsiya hisoblashning asosan ikkita usulidan foydalanilmoqda.
-Teng ulushlarda amortizatsiyalashning qat’iy normalarida eskirish hisoblash;
-Tezlashtirilgan, amortizatsiyalashning qa’tiy normalarini ikki marta oshirilgan holatida eskirish hisoblash usuli;
Amortizatsiyaning u yoki bu usulining qullanishi albatta asosiy vositalarning texnik holatiga ta’sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |