Ikkinchidan, biznesda samaradorlikka erishish yoki foyda ko‘rish uchun, ko‘pincha,
bir necha uy xo‘jaliklarining resurslarini birlashtirish kerak bo‘ladi. Masalan, kam budjetli
bo‘lsa-da, bitta film yaratishga millionlab mablag‘ sarflanadi, to‘liq metrajli film esa bir
necha o‘n va hatto yuzlab million so‘mga tushadi. Bunday vaziyatda ishlab chiqarishning
iqtisodiy samarali ko‘lami (masshtabi)ni ta’minlash maqsadida bir necha mulk-dorlarni
birlashtiradigan tuzilma talab etiladi va qizig‘i shundaki, ularning ko‘pchiligi bunday
biznesni boshqarishda bevosita ishtirok etmaydi.
Uchinchidan, iqtisodiy jarayonlarga xos bo‘lgan mavhum (noaniq)lik sharoitida
investor
2
lar mablag‘larni turli firmalarga tikish (joylash-tirish) orqali riskni taqsimlashga
intiladilar. Mablag‘larni optimal diversifikatsiya qilish uchun investor portfelida turli
qimmatli qog‘ozlar oz-oz miqdorda bo‘lishi kerak. Kompaniya mulkiga egalik huquqini
uni boshqarishdan ajratmasdan turib, bunday taqsimotni amalga oshirish-ning iloji yo‘q.
Faraz qilaylik, investor ko‘ngil ochish sohasidagi ma’lum firmalar bir necha yil
davomida daromad keltirishi mumkin degan xulosaga keldi va ularning aksiyalariga
diversifikatsiyalangan kapital kiritishga ahd qildi. Agar, shu bilan birga, u aksiyalarini
sotib olgan kompaniyalarni o‘zi boshqa-rishga ham qaror qiladigan bo‘lsa, u o‘z
mablag‘larini ko‘plab kompaniyalar o‘rtasida taqsimlay olmaydi. Shunday qilib, aytish
mumkinki, biznesni korporatsiya shaklida tashkil etish mulkdor investor o‘z mablag‘larini
diversifikatsiya qilishi uchun ko‘proq mos keladi, chunki korporatsiya turli firmalar
kapitalida nisbatan katta bo‘lmagan ulushga egalik qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: