Moliyaviy tizim va moliyaviy infratuzilma. Moliyaviy oqimlar
Download 62.22 Kb.
|
Moliyaviy oqimlar. Moliyaviy tizim va moliyaviy infratuzilma ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Moliyaviy tizimning na’munaviy ko’rishini
- 2-rasm. Moliyaviy tizim funksiyalari
MOLIYAVIY TIZIM VA MOLIYAVIY INFRATUZILMA. MOLIYAVIY OQIMLAR. 1. Moliyaviy tizim va moliyaviy infratuzilma: ta’rifi, mazmun-mohiyati va funksiyalari Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim (financial system) deyiladi. Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vosita-chilar va firmalar hamda uy xo‘jaliklari, xususiy kompaniyalar va hukumat tashkilotlari o‘zlari tomonidan qabul qilinayotgan moliyaviy qarorlarni ular yordamida amalga oshiradigan boshqa institutlarni o‘z ichiga oladi. Ushbuni chizmali tarzda quyidagicha tasavvur qilish mumkin (1-rasm). 1-rasm. Moliyaviy tizimning na’munaviy ko’rishini Moliyaviy resurslarning samarali taqsimlanishidan iborat moliyaviy tizim bosh funksiyasi tahliliga asosan, tahlilning ko‘proq umumiy dara-jasida bu tizimning quyidagi oltita bazaviy (tub) yoki muhim funksiyalari to‘g‘risida gapirish mumkin (2-rasm). 2-rasm. Moliyaviy tizim funksiyalari Ularni yanada aniqroq tarzda quyidagicha ifodalasa bo‘ladi: • iqtisodiy resurslarning vaqt (davr) bo‘ylab (bo‘yicha), davlat chega-rasi orqali va iqtisodiyotning bir tarmog‘idan boshqasiga o‘tish (joyini o‘zgartirish) usulini ta’minlash; • riskni boshqarish (riskiy boshqaruv usullarini ta’minlash; • savdoga imkon yaratadigan hisob-kitobni amalga oshirish va kliring usullarini ta’minlash; • moliyaviy resurslarni birlashtirish va turli korxonalarda egalik-ning bo‘linishi mexanizmini ta’minlash; • iqtisodiyotning turli tarmoqlarida qaror qabul qilishning markaz-lashtirilmagan jarayonini muvofiqlashtirish imkonini beradigan narx-navo (baho) axboroti bilan ta’minlash; • stimullashtirish muammolarini hal qilish usullarini ta’min-lash. Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiy subyektlardan moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’-ektlarga oqib o‘tishiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarsiz moliyaviy tizimni tasavvur etib bo‘lmaydi. Ularsiz moliyaviy tizim “bo‘sh”ligicha qolaveradi. Moliyaviy oqimlar bo‘lmasa, moliyaviy tizimga ham hojat yo‘q. Bunday vaziyatda u “bir tiyinga qimmat” narsaga aylanadi-qoladi. Shu bois, 3-rasmda (navbatdagi betga qarang) moliyaviy tizimning asosiy ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa (oqim)lar ko‘rsatilgan. Ular moliyaviy oqimlar harakatini, eng umumiy tarzda, aks ettiradi. Unga ko‘ra moliyaviy mablag‘lar moliyaviy tizim tuzilmalarining turli elementlari orqali moliyaviy mablag‘lari ortiq bo‘lgan kompaniyalardan (chizmada chap tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak) mablag‘ defitsiti kuzatilayotgan kompaniyalarga oqib o‘tadi (chizmada o‘ng tomondagi to‘g‘ri to‘rtburchak). Masalan, a’zolari o‘z joriy daromadlarining bir qismini undan kelajakda pensiya ta’minoti sifatida foydalanish maqsadida to‘plagan (jamg‘argan) bir oila erkin moliyaviy mablag‘larga egalik qiladi. Yangi uy sotib olmoqchi bo‘lgan boshqa oila esa, shunday mablag‘ga muhtojlik (ehtiyoj) sezadi. Investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliya-viy resurslarda ehtiyojlaridan daromadlari ko‘proq firmalarni ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan sub’ektlar deb ataydilar; kelgusidagi sarmoyalar uchun resursi yetishmaydigan firmalar resurslari defitsit bo‘lgan sub’ektlar deb ataladi. Download 62.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling