Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotning


Download 2.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/134
Sana29.10.2023
Hajmi2.83 Mb.
#1732728
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   134
Bog'liq
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

8.5. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotning 
tannarxini kalkulatsiya qilishning buyurtmali usuli 
Bizga ma’lumki, har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’zining faoliyatidan 
kelib chiqqan holda hisob siyosatini ishlab chiqadi va unda xarajatlarni hisobga 
olish va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish usulini belgilaydi. Demak, 
yuqorida yoritilgan usullarning qaysi birini qo’llash uning texnologik jarayoni, 
mahsulotining turlari, tarmoq xususiyati va tashkiliy tarkibiga bog’liq. 
Хarajatlarni hisobga olish mahsulot yoki buyurtmaning tannarxini 
kalkulatsiya qilishning buyurtmali usuli asosan ishlab chiqarish texnologiyasi 
uchun sarflangan xom-ashyo va materiallar, mehnat sarflari va boshqa umumiy 
ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmatning turiga olib 
borish imkoniyati bo’lgan ishlab chiqarishda yoki subyektlarda qo’llaniladi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot (ish, xizmat)ning 
tannarxini kalkulatsiya qilishning buyurtma usulini joriy qilish uchun tegishli 
shart-sharoitlar mavjud bo’lishi kerak. Ushbu usulni joriy qilishning asosiy sharti 
bu tegishli buyurtmaga asosan yoki bitta ayrim olingan mahsulotni yoki ushbu 
mahsulotlarning guruhini ajratish imkoniyatini yaratish va ishlab chiqarilgan har 
bir mahsulot yoki bajarilgan ishning o’rtacha emas, balki yakka holdagi tannarxi 
to’g’risida ma’lumotlarni olish sharoitini tug’dirishdir. Ushbu hisob va 


285 
kalkulatsiya tizimining usuli qo’llaniladigan ishlab chiqarish turlariga asosan 
qurilish obyektlari, samolyot-kemasozlik, qog’oz, mebel sanoati, ilmiy-izlanish
konstruktorlik va ta’mirlash ishlari, auditorlik, konsalting xizmatlari va shunga 
o’xshash yakka buyurtma yoki kichik guruhlardagi tovarlarni ishlab chiqarish 
jarayonlari kiradi. 
Buyurtmalar bo’yicha xarajatlarni umumlashtirilgan hisobi bir necha 
variantlar bo’yicha quyidagilar yordamida tashkil etiladi: nazorat schyotlari; 
alohida hisoblash va shartnoma bo’yicha tannarx kalkulatsiyasi. 
Nazorat schyotlari- bu xarajatlar va ular bilan korrespondensiyada bo’ladigan 
schyotlarni moliyaviy hisobning odatdagi tartibida ochilishini ko’zda tutuvchi 
schyotlar tizimi hisoblanadi. Хarajatlarning analitik schyotlari xarajatlar to’plami 
kartochkalarida ko’rsatilgan- ularda to’g’ri xarajatlar umumlashtiriladi. Egri 
xarajatlarni esa taqsimlash hisoblari bo’yicha hisobot davri tugagandan so’ng 
kiritiladigan "buyurtmalar kartochkalari"da hisobga olib boriladi. Kartochka 
buyurtmada ko’rsatilgan hamma ishlar bajarilgandan so’ng yopiladi. Hamma 
buxgalterlik yozuvlar qaydnomalarga qayd qilinadi, natijalar bosh kitob 
schyotlariga o’tkaziladi. 
Alohida hisoblash- bu boshqaruv va moliyaviy hisobda schyotlarni alohida 
ochishni ko’zlovchi hisob tizimi bo’lib, bu holda xarajatlar schyotlariga moliyaviy 
muomalalar haqida yozuvlar qilinmaydi. Bu variant yozuvlarni hisobning ikki 
turida takrorlashni ko’zda tutadi.
Shartnoma bo’yicha tannarx kalkulatsiyasi- ishlab chiqarilishi uzoq siklli 
bo’lgan yirik buyumlarni hisobga olish va kalkulatsiya qilish tizimi hisoblanadi. 
Ishlab chiqaruvchiga qilingan ishlar uchun bosqichlar bo’yicha oraliq to’lovlar 
shartnomada ko’zda tutilgan to’lovlar summasi buyurtmachi dalolatnoma bilan 
tasdiqlangan realizatsiya qilingan ishlar qiymati bilan aniqlanadi. Тo’lovlarning 
kelib tushishiga qarab mazkur davr uchun foyda hisoblash uchun realizatsiya 
qilingan mahsulot tannarxiga kiritilishi kerak bo’lgan xarajatlar aniqlanadi. Shu 


286 
yerda vaqti o’tmagan xarajatlarning miqdori, ya’ni tugallanmagan va 
buyurtmachiga topshirilmagan ishlarning tannarxi aniqlanadi. 
Shartnoma bo’yicha kalkulatsiya tizimi qo’llanilganda bu tizim uchun 
o’rnatilgan prinsiplarga rioya qilish tavsiya etiladi, ya’ni: 

shartnoma bajarilishining erta davrlarida foydani hisoblamaslik- bu 
daromad va xarajatlarni baholashning past ishonchliligi; 

ziyrak bo’lish- hisobot davrida aniqlangan zararlar shu davrda realizatsiya 
qilingan ishlarning tannarxiga kiritilishi kerak. agar zararlar kutiladigan bo’lsa, 
unda ularning summasi realizatsiya qilingan mahsulotning tannarxiga zararlar 
ehtimoli aniqlangandan so’ng kiritiladi. Masalan, ta’til summalarini to’lash bilan 
bog’liq ishchilar ta’tili va qo’shimchalarni to’lash uchun zaxira yaratiladi. 

35-85% atrofida bajarilgan shartnomaga ketgan anchagina xarajatlarga 
ziyrak bo’lish kerak. Hisobot sanasiga bo’lgan foyda quyidagi formula bilan 
hisoblanadi: 
Foyda = Ko’zda 
tutilgan 
foydaning 2/3 qismi 

Buyurtmachidan olingan summalar
Тopshirilgan ishlarning qiymati 
Ko’zda 
tutilgan foyda 
= Тopshirilgan 
ishlarning 
qiymati 

Тopshirilgan 
ishlarning 
tannarxi 
- Ko’zda tutilmagan 
xarajatlarning 
zaxirasi 
Misol. «Zenit» korxonasi buyurtmalar bo’yicha chang yutkich va kir yuvish 
mashinasi ishlab chiqaradi. Buyurtmachilar tomonidan korxonaga 6ta chang 
yutkich va 8ta kir yuvish mashinasiga buyurtma bеrilgan. Buyurtmalar bajarib 
bo’lingan. Bir dona buyurtmaning haqiqiy tannarxini aniqlash zarur. 
Buyurtmalar to’g’risida quyidagi ma'lumotlar mavjud: 
1) Moddiy xarajatlar amalga oshirildi: 
chang yutkich uchun - 288000 so’m; 


287 
kir yuvish mashinasi uchun - 768000 so’m. 
2) Xodimlarga mеhnat haqi to’landi: 
chang yutkich uchun - 153600 so’m; 
kir yuvish mashinasi uchun - 409600 so’m. 
3) Buyurtmalar b’oyicha umumishlab chiqarish xarajatlari hisoblandi.
chang yutkich uchun - 38400 so’m; 
kir yuvish mashinasi uchun - 102400 so’m. 
Ishlab chiqarish jarayoniga sarflangan jami xarajatlar: 
chang yutkich uchun – 288000+153600+38400=480000 so’m; 
kir yuvish mashinasi uchun – 768000+409600+102400=1280000 s’om. 
Ushbu ma'lumotlar b’oyicha bir dona buyurtmaning tannarxi quyidagicha 
bo’ladi: 
chang yutkich uchun - 480000 / 6 = 80000 so’m; 
kir yuvish mashinasi uchun – 1280000 / 8 = 160000 so’m. 
Shunday qilib, tannarxni buyurtma bo’yicha hisoblash va kalkulatsiya qilish 
tizimi quyidagicha tavsiflanadi: 
- sarflar haqidagi ma’lumotlar mahsulotning turlariga yoki tayyor 
mahsulotning alohida seriyalariga o’tkazish bilan; 
- xarajatlar hajmining oraliq vaqtda emas har bir tugallangan guruh (partiya) 
bo’yicha o’zgarishi bilan; 
- bosh kitobda debet qoldig’ida tugallanmagan ishlab chiqarishning hajmi 
ko’rsatiladigan "Asosiy ishlab chiqarish" schyotini yuritish bilan. 

Download 2.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling