Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Hisob siyosati deyilganda


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/92
Sana09.11.2021
Hajmi1.4 Mb.
#172605
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92
Bog'liq
1 МБХ мм сиртки “МБХ” fan kir Bux balans d

Hisob siyosati deyilganda, buxgalteriya hisobini yuritishning usullari yig„indisi 

tushuniladi,  ya‟ni  korxona  faoliyati  xususiyatlari  va  o„rnatilgan  qoidalar  asosida 

ushbu  korxonada  buxgalteriya  hisobini  tashkil  qilishning  konkret  usullari,  shakllari, 

yuritish  texnikasi  har  tomonlama  ishlab  chiqiladi.  Bunda  korxona  ishlab  chiqarish 

texnologiya jarayonining xususiyatlari, buxgalteriyada mehnat qiluvchi xodimlarning 

soni, ularni malakasi, buxgalteriyani texnika vositalari bilan ta‟minlanish darajasi va 

boshqalar  hisobga  olingan  holda  hisob  siyosati  ishlab  chiqiladi.  Shunday  qilib, 

buxgalteriya  hisobi usullariga  mol-mulkni  va  majburiyatlarni  guruhlash va  baholash 

usullari,  hujjat  aylanishini  tashkil  qilish,  inventarizatsiya  o„tkazish  muddatlari  va 

boshqa usullar kiradi. 

Hisob siyosati bosh buxgalter tomonidan ishlab chiqiladi va korxona rahbarining 

buyrug„i bilan tasdiqlanadi. 

Korxona  buxgalteriya  hisobini  yuritishning  harakatdagi  umumiy  qoidalari  asosida 

quyidagilarni mustaqil ravishda aniqlashi mumkin: 

1.  Asosiy  vositalar  va  nomoddiy  aktivlar  bo„yicha  eskirish  hisoblash  tartibini 

aniqlashi; 

2.  Mahsulot tannarxiga asosiy vositalarni ta‟mirlash bo„yicha xarajatlarni o„tkazish, 

tartibini aniqlashi; 

3.  Asosiy vositalarga guruhiga kiritiladigan buyumlar qiymat chegarasini aniqlash

4.  Ishlab chiqarish zaxiralari sintetik hisobi variantini tanlashi; 

5.  Ishlab chiqarish xarajatlarini guruhlash va tannarxga o„tkazish usulini tanlashi; 

6.  Ishlab  chiqarishga  sarflangan  ishlab  chiqarish  zaxiralari,  tayyor  mahsulot, 

tugallanmagan ishlab chiqarishni baholash usulini aniqlashi; 

7.  Hisob  va  kalkulyasiya  ayrim  obyektlari  o„rtasida  egri  xarajatlarni  taqsimlash 

usulini tanlashi; 

8.  Ishlab  chiqarish  xarajatlari  va  maxsulot  tannarxini  kalkulyatsiyalash  usulini 

tanlashi; 

9.  Ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy hisobi variantini aniqlashi; 

10. Maxsulot  realizatsiyasidan  olinadigan  mablag„ni  aniqlash  usulini  tanlashi  va 

boshqalar. 




Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling