Moliyaviy va boshqaruv hisobi


 Hisob siyosati, uning uslubiy asoslari va  qo„llash tartibi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/92
Sana09.11.2021
Hajmi1.4 Mb.
#172605
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92
Bog'liq
1 МБХ мм сиртки “МБХ” fan kir Bux balans d

 1.7. Hisob siyosati, uning uslubiy asoslari va  qo„llash tartibi 

 

O„zbekiston  Respublikasi  1-son  BHMS  “Hisob  siyosati  va  moliyaviy 



hisobot”ning  3-punktiga  muvofiq,  hisob  siyosati  deganda,  korxona  rahbari 

tomonidan  buxgalteriya  hisobini  yuritish  va  moliyaviy  hisobotni  tuzish  bo‘yicha 

qabul qilingan tamoyillar va tartiblar majmuasi  tushuniladi. 

Hisob  siyosati  buxgalteriya  hisobini  yuritish  bo„yicha  korxonaning  o„ziga  xos 

rejasi  hisoblanadi.  Bu  reja,  odatda,  rasmiy  hujjat  sifatida  rasmiylashtiriladi.  U 

korxonaning  bosh  hisobchisi  tomonidan    yilning  oxirida  kelgusi  yil  uchun  ishlab 

chiqiladi va korxona rahbari tomonidan buyruq yoki farmoyish bilan tasdiqlanadi. 

Hisob  siyosati  1-son  BHMSning  56-  punktiga  muvofiq  taqvim  yili  maboynida 

doimiy  xarakterga  ega  bo„lishi  lozim.  Uni  yil  ichida  sababsiz  o„zgartirish  mumkin 

emas.  


1-son BHMSning 56- punktiga muvofiq tasdiqlangan va foydalaniyotgan hisob 

siyosati  yil ichida quyidagi hollarda o„zgartirilishi mumkin: 

 

Korxonaning statusi va tarkibiy tuzilishi o„zgartirilganda; 



 

Mulk egalari o„zgarganda; 



 

Davlat qonunlari o„zgarganda; 



 Hisobning yangi shakllari va yuritish usullari joriy etilganda. 

Hisob  siyosatiga  kiritilgan  o„zgartirishlar  asoslangan  bo„lishi,  shuningdek 

korxona rahbarining buyrug„i yoki farmoyishi bilan tasdiqlangan bo„lishi lozim. 

BXMS  №  1  ning  62-punktiga  muvofiq  hisob  siyosati  rasmiy  hujjat  sifatida 

moliviy  hisobot  bilan  birgalikda  majburiy  tarzda  qo„yidagi  tashkilotlarga  taqdim 

etiladi: 

 yuqori tashkilotga; 



 soliq idorasiga; 

 davlat statistika organlariga



 

qonunda ko„zda tutilgan boshqa organlarga. 




Talab  va  so„rovlarga  ko„ra  hisob  siyosati  prokuratura,  sud  va  arbitrajga, 

investorlarga,  aksionerlarga,  kreditorlarga,  auditorlik  firmalariga  va  boshqa 

qiziquvchilarga ham taqdim etilishi mumkin. Korxonaning o„z xodimlari uchun hisob 

siyosati ochiq bo„lishi lozim. 

Korxonaning  hisob  siyosatidan  har  bir  qiziquvchi  o„z  maqsadlarida 

foydalanadilar.  Masalan,  soliq  idorasi  uchun  ushbu  hujjat  korxonada  soliqlar  hisob-

kitoblarini  to„g„riligini  tekshirish,  hisobni  to„g„ri  yuritilganligini  nazorat  qilish 

maqsadida zarur. Auditorlik tashkilotlari hisob siyosatini o„rganish asosida uni to„g„ri 

tuzilganligi  to„g„risida  xulosa  qiladilar,  shuningdek  unga  qanchalik  amal 

qilinayotganligiga  baho  beradilar.  Investorlar,  aksionerlar,  kreditorlar  uchun  hisob 

siyosati o„z mablag„larini ushbu korxonaga qo„yish yoki qo„ymaslik  bo„yicha qaror 

qabul qilishda asos bo„lib hisoblanadi. 

Hisob  siyosati  rasmiy  hujjat  sifatida  ma‟lum    shakl  va  tarkibga  ega  bo„lishi 

kerak.  1-son  BHMSning  96-punktiga  muvofiq  hisob  siyosatida  quyidagi  tarkibiy 

elementlar o„z aksini albatta topishi lozim: 

 korxona aktivlarini baholash turlari va usullari; 



 amortizatsiyani hisoblash usullari; 

 rezervlarni tashkil qilish; 



 tovar-moddiy boyliklarni baholash va hisobga olish usullari

 tadqiqot va rivojlanishga sarflangan xarajatlarni tan olish va hisobga olish



 tannarxni kalkulyatsiya qilishning usullari

 moliyaviy hisobotni konsolidatsiya qilish tartibi



 

pul oqimlari to„g„risida hisobotni tuzish usullari



 buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar rejasi. 

Hisob  siyosatida  yuqorida  keltirilgan  ma‟lumotlar  alohida  boblar,  paragraflar 

ko„rinishida  ifodalangan  bo„lishi  lozim.  Korxonaning  moliyaviy  hisobotini  tuzishda 

muhim  ahamiyat  kasb  etadigan    boshqa  hollar  va  tartiblar  ham  hisob  siyosatida  aks 

ettirilishi mumkin. 

Korxonada ishlab chiqilgan va tasdiqlangan hisob siyosatiga to„liq amal qilinishi 

lozim.  Buning  uchun  korxonada  tegishli  shart-sharoitlar  yaratilgan  bo„lishi  kerak. 

Jumladan,  xodimlar  o„rtasida  bajariladigan  ishlar  aniq  taqsimlangan  bo„lishi  kerak. 

Bunday taqsimotni bosh hisobchi amalga oshiradi. U har bir hisobchiga yuritiladigan 

buxgalteriya  hisobi  schyotlarini,  hisob  registrlarini  ochish,  yuritish,  yopish  tartiblari 

va muddatlarini belgilab beradi. 

Bosh hisobchi korxonaning buxgalteriyasi, uning bo„limlari to„g„risida Nizomni 

ishlab chiqishi, uni rahbariyat tomonidan tasdiqlanishini ta‟minlashi kerak. Nizomda 

har bir bo„lim xodimining lavozimiga qarab bajaradigan ishlari va majburiyatlari aniq 

belgilangan bo„lishi lozim. 

Hisob  siyosatiga  amal  qilishning  muhim  shartlaridan  biri  bo„lib  korxonada 

hujjatlar  aylanishining  aniq  grafigini  ishlab  chiqilganligi  va    tasdiqlanganligi 

hisoblanadi.  Bunday  grafiklarni    jadval  yoki  tarmoqli  grafik  ko„rinishida  ifodalash 

mumkin. 


Hisob siyosatiga amal qilishning yana bir muhim shartlaridan biri bo„lib hisob 

xodimlari faoliyatiga baho berish yoki reyting tizimini mavjudligi hisoblanadi. Ishga 




baho berish yoki reyting tizimiga amal qilish hisobchilarni rag„batlantirish (yutuqlar 

uchun), yoki ularga nisbatan jazo choralarini ko„rish (xato-kamchiliklar uchun) orqali 

amalga  oshirilishi  lozim.  Hisobchilar  ishiga  baho  berish  reyting  tizimini  mavjudligi 

va  uni  doimiy  tarzda  hisobchilar  o„rtasida  e‟lon  qilib  borish  buxgalteriya  ishini 

doimiy yaxshilanib borishiga katta ta‟sir ko„rsatish vositasi hisoblanadi. 

Xo„jalik  yurituvchi  subyektning  hisob  yuritish  siyosati  subyekt  tomonidan 

moliyaviy  hisobotni  tayyorlash  va  tuzishda  qo„llaniladigan  o„ziga  xos  qoidalar  va 

amaliy yondoshuvlarni ifodalaydi. 

Xo„jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati subyekt rahbari tomonidan «Hisob 

yuritish  siyosati  va  moliyaviy  hisobot»  nomli  1-son  BHMA  asoslarida  takdim 

etiladigan moliyaviy hisobotning yilma-yil qiyoslanishi uchun tuziladi. Hisob yuritish 

siyosati  shunday  tashkil  qilinishi  kerakki,  unda  moliyaviy  hisobot  barcha  uchun 

qulay bo„lgan BHMA asosida tuzilishi mumkin bo„lsin. 

-Xo„jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati quyidagicha bo„lishi   lozim: 

-foydalanuvchilar ehtiyojlari uchun ahamiyatli; 

-ishonchli bo„lishi; 

-aynan  shunday  faoliyat  yurituvchi  boshqa  subyektlarning  moliyaviy 

hisobotlarini taqqoslash imkoniyatini berishi; 

- tushunarli va oddiy bo„lishi shart. 

Buxgalteriya  hisobini  yuritish  va  hisobot  tuzishni  tashkil  qilishning  aniq 

yo„nalishi  bo„yicha  subyektning  hisob  yuritish  siyosati  shakllantirilishida 

O„zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to„g„risida»gi Qonun hujjatlarini 

qo„llash lozim. 

Korxonanining  hisob  yuritish  siyosatini  tanlash  va  asoslashga  quyidagi 

omillar ta‟sir etadi; 

-mulkchilik shakli va tashkiliy-huquqiy shakl; 

-faoliyat turi yoki tarmoq bo„ysunuvi; 

-ishlab chiqarish ko„lami hamda ishlovchi xodimlarning soni; 

-soliq  solish  tizimi  bilan  munosabat  (har  xil  soliqlardan ozod bo„lish, soliq 

stavkalari, soliq solish bo„yicha  imtiyozlar); 

-bozor munosabatlariga o„tish sharoitida harakat qilish erkinligining darajasi; 

-moliya-xo„jalik  faoliyatining  rivojlanish  strategiyasi  (uzoq    kelajakda 

korxonaning  iqtisodiy  rivojlanish  masalalari  va  maqsadlari,  sarmoyalarning 

kutilayotgan 

yo„nalishlari, 

kelajakdagi 

masalalarni 

yechishdagi 

taktik 

yondoshuvlar); 

-boshqaruv faoliyatining texnik jihatdan qurollanganligi; 

-korxonani ma‟lumotlar bilan ta‟minlashning samarali tizimining mavjudligi; 

-buxgalteriya 

xodimlarining 

malaka 

darajasi, 

korxona 

rahbarlarining 

tashabbuskorligi,  talabchanligi hamda tadbirkorligi; 

-korxona    ishi    samarasidan    moddiy  manfaatdorlik  va  majburiyatlar  bo„yicha   

moddiy javobgarlik tizimi. 

Quyidagi  hollarda  xo„jalik  yurituvchi  subyektning  hisob  yuritish  siyosatida 

o„zgarishlar bo„lishi mumkin: 

-subyekt qayta tashkil etilganida; 

-mulkdorlar o„zgarganida; 



-O„zbekiston    Respublikasi  qonun  hujjatlari  va  O„zbekiston    Respublikasida 

buxgalteriya hisobotini me‟yoriy tartibga solish tizimida o„zgarishlar bo„lganida; 

-buxgalteriya hisobining yangi omillarini ishlab chiqishda. 

O„zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  bilan  bog„liq  bo„lmagan  hisob 

siyosatidagi  o„zgarishlarning  oqibatlari  buxgalteriya  hisobi  yuritishda  o„zgartirilgan 

omillarning  qo„llanilish  kuni  (oyning  birinchi  sanasi)dan  subyekt  tomonidan 

tekshirilgan qiymat ko„rinishida baholanishi kerak.  


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling