Moliyaviy va boshqaruv hisobi


O„zbekiston  Respublikasining  “Buxgalteriya  hisobi  to„g„risida”gi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/92
Sana09.11.2021
Hajmi1.4 Mb.
#172605
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92
Bog'liq
1 МБХ мм сиртки “МБХ” fan kir Bux balans d

1.6.O„zbekiston  Respublikasining  “Buxgalteriya  hisobi  to„g„risida”gi 

Qonuni va uning ahamiyati. 

 

1996  yil  30  avgustda  qabul  qilingan  O„zbekiston  Respublikasining 



«Buxgalteriya  hisobi  to„g„risida»gi  qonuni  24  ta  moddadan  iborat  bo„lib, 

buxgalteriya  hisobini  tashkil  etish  hamda  hisobot  tuzish  bilan  bog„liq 

munosabatlar  O„zbekiston    Respublikasi    «Buxgalteriya  hisobi  to„g„risida»gi 

Qonuni  va  boshqa  me‟yoriy  hujjatlar  bilan    tartibga  solinadi.  Buxgalteriya 

hisobining  maqsadi  foydalanuvchilarni  o„z  vaqtida  to„liq  hamda  aniq    moliyaviy 

va boshqa buxgalteriya axboroti  bilan  ta‟minlashdir. Ma‟lumki, jahon amaliyotiga 

mos  keladigan  "Buxgalteriya  hisobi  to„g„risida"gi  Qonunsiz  milliy  hisob  tizimini 

yetarli darajada qayta qurish mumkin emas. Ushbu Qonun, eng avvalo, buxgalteriya 

hisobini  tashkil  etish,  buxgalteriya  hujjatlari  va  registrlari,  aktivlar  va 

majburiyatlarni  inventarizatsiya  qilish  va  baholashning  asosiy  tamoyillari  va 

qoidalari,  o„z  va  qarzga  olingan  kapital  hisobi,  moliyaviy  hisobotlar  oldiga 

qo„yilgan asosiy vazifalar, maqsad va talablarni belgilab beradi. Bundan tashqari, 

mazkur  Qonun  buxgalteriya  hisobini  yuritishda  xo„jalik  yurituvchi  subyektlarning 

huquqi, burchi va ma‟suliyatlarini shuningdek, moliyaviy hisobotlarni topshirish 

va chop etish bo„yicha qo„yiladigan talablarni belgilab beradi. 

Ushbu  qonunga  ko„ra  buxgalteriya  hisobining  tashkil  kilinishi  korxona, 

muassasa  va  tashkilotlarning  rahbari  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bunda 

subyektning rahbariga quyidagi huquqlar beriladi: 




- bosh buxgalter rahbarligida buxgalteriya xizmat sohasini yaratish yoki  

-  shartnoma  asosida  taklif  qilingan  mutaxassis  bilan  buxgalteriya  hisobini 

yuritish,  shartnoma  asosida  ixtisoslashgan  buxgalterlik  firmasiga  topshirish  yoki 

buxgalteriya 

hisobining 

subyektiga 

kiradigan 

xo„jalik 

birlashmasining 

markazlashtirilgan buxgalteriyasi  bo„limining xizmatidan foydalanish;  

- buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish

Shu  bilan  birga  subyektning  rahbariga  quyidagilarni  taminlash  majburiyatlari 

yuklatilgan: 

- ichki hisob va hisobot tizimini ishlab chiqish;  

- xo„jalik muomalalarini nazorat qilish tartibi; 

- buxgalteriya hisobining to‟liqligi va ishonchliligi

- hisob hujjatlarining saqlanishini; 

- tashqi foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotni tayyorlab berish; 

- soliq hisobotlari va boshqa moliyaviy hujjatlarni tayyorlab berish; 

- hisoblashishlarning o„z vaqtida amalga oshirilishi. 

Subyektda pul mablag„larini, tovar-moddiy va boshqa qiymatliklarni qabul qilish 

uchun asos bo„lib hisoblangan hujjatlar, korxona, muassasa va tashkilotning kredit va 

hisoblashish  majburiyatlari,  va  shuningdek  buxgalteriya  hisoboti  va  balansi  rahbar 

yoki uning hohishi bilan belgilangan shaxslar tomonidan imzolanadi. 

Subyektning rahbari hujjatlarga o„z imzolarini qo„yadigan ikki ro„yxatni belgilab 

tasdiqlaydi.  Birinchi  ro„yxatga  rahbarlik  funksiyalarini  bajaruvchi  shaxslar, 

ikkinchisiga  esa  -  buxgalteriya  hisobi  va  moliyaviy  boshqaruv  funksiyalarini 

bajaruvchi shaxslar kiritiladi. 

Ikkinchi ro„yxatdagi shaxslarning imzosisiz hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi.   

Bozor iqtisodiyoti sharotida har bir korxona, tashkilot yoki firma farmon, nizom 

va ko„rsatmalarga rioya qilgan holda hisob siyosatini o„zi belgilaydi va  subyektning 

rahbariyati yoki mulk egasining buyrug„iga muvofiq amalga oshiriladi. Bu buyruqda 

buxgalteriya  apparatini  tashkil  qilish  va  uning  tuzilishi,  moliyaviy  va  boshqaruv 

hisobini  tashkil  qilish  va  buxgalteriya  hisobini  yuritishning  aniq  tartib  va  qoidalari 

belgilanadi. 

Qonunda,  ko„rinib  turibdiki,  buxgalteriya  hisobini  tashkil  etishda  muhim  o„rin 

tutuvchi  eng  asosiy  tartib-qoidalar  belgilangan.  Ushbu  tartib-qoidalarga  amal  qilish 

barcha turdagi xo„jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiydir. 



Buxgalteriya hisobi axborotidan foydalanuvchilar va ularni manfaatlari 

Buxgalteriya  hisobi  va  uning  ma‟lumotlaridan  xayotda  juda  keng  mikyosda 

foydalaniladi.  Bu  axborotlardan  foydalanuvchilarni  uch  guruxga  bo‟lish  mumkin: 

1)  subyektning  boshqaruvchilari;  2)  subyektdan  tashkarida  turib,  undan  moliyaviy 

manfaatdor bo„lganlar; 3) subyektning moliyaviy-xo„jalik faoliyatidan to„g„ridan-

to„g„ri moliyaviy qiziqishda bo„lmagan shaxslar, guruhlar yoki agentlar. 




Buxgalteriya  hisobi  axborotlarini  o„z  faoliyatida  qo„llovchi  asosiy  ichki  va 

tashqi foydalanuvchilar tarkibi quyidagi rasmda keltirilgan. 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling