Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida  buxgalteriya  hisobining


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/92
Sana09.11.2021
Hajmi1.4 Mb.
#172605
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92
Bog'liq
1 МБХ мм сиртки “МБХ” fan kir Bux balans d

1.4.Iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida  buxgalteriya  hisobining 

o„rni va sohadagi islohotlarning ahamiyati 

 

O„zbekiston  iqtisodiyotida  bozor  iqtisodiyoti  talablari  va  buxgalteriya  hisobini 



xalqaro  andozalarga  muvofiqlashtirish  maqsadida  buxgalteriya  hisobi  tizimi 

bosqichma – bosqich  isloh qilib kelinmoqda. 

Bozor  munosabatlarini  shakllanishi  va  davlat  mulkini  xususiylashtirilishi 

xo„jalik yuritishni mazmuni va tuzilishida jiddiy o„zgarishlarga sabab bo„ladi. Bu esa 

o„z navbatida buxgalteriya hisobida tub o„zgarishlarni talab qiladi. Buning uchun bir 

qancha  ustuvor  vazifalar  aniqlandi  va  qonuniy  bazalar  yaratildi  hamda  ular 

takomillashtirilmoqda. 

Mamlakatimizda  xalqaro  buxgalteriya  hisobi  andozalari  talablariga  javob 

beradigan  xalqaro  tamoyillar  va  qoidalarga  mos  keladigan  O„zbekistonda 

buxgalteriya hisobini rivojlanishini huquqiy asoslarini ta‟minlovchi qonun zarur edi. 

Shu  maqsadda  1996  yil  30  avgustda  «Buxgalteriya  hisobi  to„g„risidagi 

O„zbekiston  Respublikasining  qonuni»  qabul  qilindi.  Ushbu  qonun  buxgalteriya 

hisobini  tashkil  etish,  buxgalteriya  hujjatlari  va  registrlari,  aktiv  va  majburiyatlarni  

inventarizatsiya qilish va baholashning asosiy tamoyillari va qoidalari, o„z va qarzga 

olingan kapitalni hisobi, moliyaviy hisobotlar oldiga qo„yilgan vazifalar, maqsad va 

talablarni  belgilab  beradi.  «Buxgalteriya  hisobi  to„g„risida»  gi  Qonun  ko„rsatmalari 

va moddalari asosida Buxgalteriya hisobining milliy andozalari (BHMA)tasdiqlandi. 

Hozir  ularning  soni  24  ta  bo„lib  21  –  BHMA  –  Xo„jalik  yurituvchi  subyektlar 

moliyaviy – xo„jalik faoliyatinin buxgalteriya hisobi schyotlari rejasi va uni qo„llash 

bo„yicha yo„riqnomadir. 




Vazirlar mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54 – son qarori bilan tasdiqlangan 

«Mahsulot  (ishlar,  xizmatlar)  ni  ishlab  chiqarish  va  sotish  xarajatlarining  tarkibi 

hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to„g„risida» gi Nizom, 2000 yil 26 

mayda qabul qilingan O„zbekiston Respublikasining Auditorlik faoliyati to„g„risidagi 

qonun va buxgalteriya hisobi 21  – son milliy andozasi yangi schyotlar rejasi hamda 

«Buxgalteriya  hisobi  to„g„risida»  gi  qonun  O„zbekiston  Respublikasida  barcha 

xo„jalik  yurituvchi  subyektlar  uchun  hisob  siyosati  me‟yorlarini  huquqiy 

ta‟minlovchi asosiy hujjatlar hisoblanadi. 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi faqat hisob yuritish va statistika 

vazifasini  bajarib  qolmasdan,  balki  manfaatdor  tomonlar,  masalan  ular  tasarrufidagi 

mavjud  bo„lgan  moliyaviy  resurslardan  qanday  qilib  yaxshiroq  foydalanish 

to„g„risida  xolis  va  asoslangan  qaror  qabul  qila  olish  uchun  xo„jalik  yurituvchi 

subyektning  faoliyati  to„g„risida  axborot  to„plash  uni  qayta  ishlash  va  uzatish 

vositasiga aylanmog„i kerak. Bundan tashqari buxgalteriya hisobi xalqaro biznes tili 

sifatida  davlat  qonunlarini  bajarilishini  kafolatlashi,  tadbirkorlikni  rivojlanishiga, 

mulkni saqlash va ko„payishiga xizmat qilishi kerak. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  buxgalterlar  faqat  xo„jalik  operatsiyalarini  qayd 

qiluvchigina emas, balki ular ko„p darajada taxlilchi, prognozchi ham bo„lishi kerak. 

Buning uchun ular yuqori darajadagi malakaga ega bo„lishi kerak. 

Islohotlar  barcha  sohalarda  keng  quloch  yozayotgan  hozirgi  sharoitda  xo„jalik 

yurituvchi  subyektlarda  hisob  –  kitob  va  hisobot  ishlarini  zamon  talablariga  javob 

beradigan tarzda yuritish muhim ahamiyatga  ega. 

Hozirgi  davrda  davlat,  jamoa,  qo„shma,  kichik,  hissadorlik,  xususiy  va  boshqa 

mulk shakliga ega bo„lgan korxonalar moliyaviy xo„jalik faoliyatining to„g„ri tartibli 

boshqarilishi  ko„p  jihatdan  xo„jalikning  moliyaviy  xo„jalik  muomalalari  kabi 

omillarni  ifodalashga  yagona  tartibda  yondoshilishiga  bog„liq.  Buxgalteriya  hisobi 

korxonalar  faoliyatini  o„rganish  va  boshqarishda  asosiy  manba  bo„lib  hisoblanadi. 

Qayerda hisob – kitob ishlari puxta tashkil etilsa, ko„zlangan maqsadga erishish oson 

bo„ladi.  Buxgalteriya    hisobini  puxta  o„rganish  bu  fanni  fundamenti  hisoblangan 

buxgalteriya  hisobi  nazariyasidan  boshlanishi  lozim.  Chunki,    bu  fan  buxgalteriya 

hisobi  to„g„risida  umumiy  tushuncha,  hisob,  schyot,  ikki  yoqlama  yozuv, 

hujjatlashtirish,  baholash,  kalkulyatsiya  qilish.  Balans  hisobot,  yo„qlama  qilish, 

buxgalteriya hisobining predmeti va usuli to„g„risida batafsil tushuncha beradi. 

Buxgalteriya  hisobi  nazariyasi  buxgalteriya  hisobining  hamma  tarmoq  kurslari, 

ya‟ni  sanoatda  buxgalteriya  hisobi,  savdoda  buxgalteriya  hisobi,  qurilishda 

buxgalteriya  hisobi,  qishloq  xo„jaligida  buxgalteriya  hisobi,  moddiy  ta‟minotda 

buxgalteriya  hisobi, davlat bankida buxgalteriya  hisobi va boshqalar  uchun  umumiy 

bo„lgan  qoidalarni  o„rgatadi.  Buxgalteriya  hisobi  nazariyasi  va  ularning  tarmoq 

kurslari birgalikda buxgalteriya hisobi fanini tashkil etadi. Bu fan xo„jalik faoliyatini 

tahlili  va  audit  fanlar  bilan  chambarchas  bog„liq.  Chunki,  buxgalteriya  hisobining 

ma‟lumotlaridan  foydalanish  usullarini  xo„jalik  faoliyatini  tahlili  va  audit  fanlari 

o„rgatadi. 

Buxgalteriya  hisobi  xalq  xo„jaligida  buxgalteriya  hisobi,  statistika,  

rejalashtirish,  moliya  kredit,  mikro  va  makro  iqtisodiyot  va  xuquqshunoslik  bilan 

o„zaro bog„liqdir. Buxgalteriya hisobi fanida xo„jalik yurituvchi subyekt mablag„lari 



va  ularning  manbalari  hamda  xo„jalik  jarayonlarini  aks  ettirishning  metodologik 

asoslari iqtisodiy qonunlar talablariga muvofiq yoritiladi. 

Buxgalteriya  hisobi  fani  jamiyat  rivojlanishida  turli  ma‟lumotlarni  yig„ish  va 

ishlash  bo„yicha  barcha  formasiyalarda  to„plangan  tajribalarni  umumlashtirish 

asosida vujudga kelgan. 


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling