Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/92
Sana09.11.2021
Hajmi1.4 Mb.
#172605
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92
Bog'liq
1 МБХ мм сиртки “МБХ” fan kir Bux balans d

 

 

1.5.Buxgalteriya 

hisobi 

obyektlarining 

tarmoqlar 

xususiyati 

va 

mulkchilikning shakllariga bog„liqligi 

 

Subyektlarda  buxgalteriya  hisobini  shunday  tashkil  etish  lozimki,  u  iqtisodiy  



ma‟lumotlar tizimini iloji boricha to„la aks ettirishni ta‟minlashi kerak. 

Buxgalteriya hisobi ayrim subyektlarda sodir bo„layotgan xo„jalik mablag„lari va 

jarayonlarining harakatini ma‟lum hujjatlar bilan asoslangan holda ro„yxatga olish va 

pulda  baholab  umumlashtirilgan  tarzda  yoppasiga    va  bevosita  kuzatish  tizimidir. U 

subyektning xo„jalik faoliyatini boshqarish va unda xo„jalik hisobini joriy ettirishning 

muhim vositasi hisoblanib, subyektning mablag„laridan to„g„ri va unumli foydalanish 

va uning butligini ta‟minlash ustidan ham dastlabki, hamkorlik) va kelgusi nazoratni 

yuritish imkonini beradi. 

Buxgalteriya 

hisobi 


yordamida 

mavjud 


moddiy 

qiymatliklar, 

pul 

mablag„larining harakati kuzatiladi va nazorat qilinadi, mahsulot ishlab chiqarish va 



sotish bilan bog„liq xarajatlar aniqlanadi, xo„jalik faoliyatining  moliyaviy  natijalari 

va subyektlarning umumiy mulki haqidagi ma‟lumotlar yig„iladi. 

Buxgalteriya  hisobi  xo„jalik  faoliyati  bilan  qarorlar  qabul  qiluvchilar  o„rtasida 

aloqa  bog„lash  uchun  xizmat  qiladi.  U  xo„jalik  faoliyatini,  uning  ma‟lumotlaridan 

keyinchalik  foydalanish  maqsadida  ma‟lum  tartibda  qayd  qilib  o„lchaydi,  olingan 

ma‟lumotlarni  ishlab,  ma‟lum  vaqtgacha  saqlaydi,  so„ngra  ularni  kerakli  axborotga 

aylantirish  uchun  qayta  ishlab  chiqadi  va  keyinchalik  bu  axborotni  hisobotlar 

vositasida  qarorlarni  qabul  qiluvchilarga  foydalanish  uchun  topshiradi.  Ba‟zi 

iqtisodiy adabiyotlarda buxgalteriya hisobini boshqaruv axborot tizimining moliyaviy 

markazi  deb  ham  ta‟riflashadi.  U  boshqaruv  xodimlariga  ham  va  tashqi 

foydalanuvchilarga  ham  subyekt  faoliyati  hakida  to„la  ma‟lumotga  ega  bo„lishlik 

imkoniyatini yaratadi. 

Subyektlarning  faoliyati  bozor  iqtisodiyotida  oldingiga  qaraganda  ancha  farq 

qiladi. Bu farqlar quyidagilar bilan bog„liq: 

1)  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  mulkchilikning  tarkibi  o„zgarib,  davlat 

mulkchiligi jamiyatdagi mulkchilikning faqat bir turiga aylanadi, subyekt faoliyatidan 

manfaatdor    bo‟lgan  ko‟plab  yangi  mulkchilik  yuzaga  keladi,  chunki  ular  bu 

subyektga o„z mablag„larini qo„yadilar. 

2)  Subyektlar  raqobatchilikda  yengib  chiqish  va  samarali  moliyaviy    natijalar  

beradigan  qarorlarni  qabul  qilishga  harakat  qiladilar  va  shu  maqsadda  bozor 

konyukturasini  o„rganadilar,  o„z  faoliyatini  mustaqil  rejalashtiradilar,  mol  yetkazib 

beruvchi va xaridorlarni topadilar, narx-navolarni mustaqil belgilaydilar va hokazo. 

3)  Byudjetdan  moliyalash  va  davlat  kreditlarini  olishdan  tashqari  endilikda 

subyektlar  faqat  xaridorlar  va  tovarlarni  sotish  bozorlari  uchun  raqobatchilik 




kurashida qatnashibgina qolmay, undan tashqari, tijorat banklarining kredit resurslari 

hamda potensial investorlarning  shunday mablag„lari uchun raqobatchilik kurashini 

olib boradilar. 

Shuning  uchun  subyektda  birinchidan  boshqaruv  qarorlarini  chiqarish  va 

ularning  natijalarini  baholash  uchun  o„z  vaqtida  va    to„liq  bo„lgan  axborotni  olish 

extiyoji tug„iladi. Ikkinchi tomondan, subyektlar tegishli axborotni  shu subyektlarga 

o„z  mablag„larini  qo„ygan  mavjud  investorlar  va  bo„lg„usi  investorlarga  ham 

topshirishi  kerak  bo„ladi.  Shu  bilan  birga  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  soliq 

ajratmalarining to„g„riligi haqida ham hisobot berish saqlanib qoladi. 

Shunday  qilib,  buxgalteriya  hisobi  bozor  iqtisodiyotiga  o„tish  munosabati  bilan 

hisobchilik  va  statistika  funksiyalarini  bajaruvchi  vositasidan    subyektlarning 

faoliyati  to„g„risidagi  axborotni  yig„ish,  ishlash  va  topshirish  quroliga  aylanadi.  Bu 

axborotdan  manfaatdor  tomonlar  o„z  ixtiyoridagi  vaqtincha  ortiqcha  mablag„larni 

samaraliroq  investitsiya  qilish    to„g„risidagi  asoslangan  qarorlar  qabul  qilish  uchun 

foydalanadilar. 

Bozor  iqtisodiyoti  rivojlangan  mamlakatlarda  buxgalteriya  hisobini  biznes  tili 

deb  atashadi.  Uni  o„rganish  har  qanday  tilni  o„rganishga  juda  o„xshab  ketadi    va 

buxgalteriya hisobida ishlatiladigan ko„pchilik so„zlar hayotda qo„llaniladigan xuddi 

shunday  so„zlarga  qaraganda  boshqacha  ma‟noga  ega  bo„lganligi  sababli  uni 

o„rganish  biroz  qiyinroq  tuyuladi.  Har  qanday  til  ham  buxgalteriya  hisobidek, 

jamiyatning  o„zgarib  borayotgan  ehtiyojiga  javoban  rivojlanib  va  o„zgarib  boradi. 

Buxgalteriya  hisobida  qo„llanib  kelinayotgan  qoidalar  ham  yoki  ularning  bir  qismi 

jamiyatning o„zgarib borayotgan ehtiyojlarga qarab o„zgartirilishi mumkin. 


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling