Moliyaviy va boshqaruv hisobi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/92
Sana09.11.2021
Hajmi1.4 Mb.
#172605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Bog'liq
1 МБХ мм сиртки “МБХ” fan kir Bux balans d

1.1.1-jadval

1

 

Xo„jalik hisobida qo„llaniladigan o„lchov birliklari     

O„lchov birligi  

Guruhlari 

Tarkibi 

Natural o„lchov  Оg„irlik 

Tonna, kilogramm, gramm 

                                                 

1

 

Urazov K.B. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan 



kо„rgazmali ma‟ruza matnlari tо„plami. - SamISI, 2014. -  220 bet. 10-bet.

 

 




birliklarи 

Uzunlik 


Kilometr, metr, santimetr, desimetr, millimetr, 

pagonmetr 

Hajm 

Kub metr, kvadrat metr, gektar, sotix va 



boshqalar 

Sonli 


Dona, bosh, juftlik 

Mehnat o„lchov 

birliklari 

Vaqt 


Yil, kun, soat, minut, sekund 

Kishi-vaqt 

Kishi-kun, kishi-soat va boshqalar 

Qiymat o„lchov 

birliklari 

Xorijiy valyuta  Dollar, Yevro, funt-sterling, rubl, iyena va 

boshqalar 

Milliy valyuta 

So„m, tiyin 

 

Xulosa  qilib  aytganda  hisobda  uchta  o„lchovlar  birgalikda  qo„llanilganda  ular 

hisobni asosiy mohiyatini  yoritishda xizmat qiladi. 

Buxgalteriya  hisobining  maqsadi,  vazifalari,  funksiyalari  va  uning  oldiga 

qo‘yiladigan talablar 

 

Boshqa  fanlar  qatori  buxgalteriya  hisobining  ham  o„z  maqsadi  va  vazifalari 



mavjud.  Buxgalteriya  hisobining  maqsadi  «Buxgalteriya  hisobi  to„g„risida»  gi 

qonunda  ta‟kidlanganidek  foydalanuvchilarni  o„z  vaqtida  to„liq  hamda  aniq 

moliyaviy  va  boshqa  buxgalteriya  axboroti  bilan  ta‟minlashdir.  Har  qanday 

boshqaruv  tizimi  axborot  bilan  ta‟minlash  tizimiga  ehtiyoj  sezadi.  Axborotlarni 

yig„ish, umumlashtirish va qayta ishlash vositalaridan biri buxgalteriya hisobidir. 

Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

- buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarni holati va harakati, mulkiy huquqlar 

va  majburiyatlarning  holati  to„g„risida  to„liq  hamda  aniq  ma‟lumotlarni 

shakllantirish; 

- samarali 

boshqarish  maqsadida  buxgalteriya  hisobi  ma‟lumotlarini 

umumlashtirish; 

- moliyaviy soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish. 

Buxgalteriya hisobining quyidagi asosiy funksiyalari mavjud. 

- rejali; 

- nazorat; 

- axborot; 

- tahliliy funksiya; 

- hisob. 

Rejali  funksiya  rejalashtirilayotgan  ishlab  chiqarish  uchun  pul  va  moddiy 

mablag„larga ehtiyojni hisoblash tahliliy daromad (foyda), mahsulot (ish, xizmat)lar 

tannarxini rejalashtirish va maqsadga erishishni samarali yo„llarini izlashdan iborat. 

Nazorat  funksiyasi  –  ishlab  chiqarish  va  iqtisodiy  ko„rsatkichlarni  haqiqatda 

bajarilishni  biznes  –  rejaga  hatti-harakatlarni  qanchalik  muvofiqligini  aniqlash 

jarayonidir. 

Axborot  funksiyasi  –  korxona  rahbari,  tashqi  investorlar  va  foydalanuvchilarni 

moliyaviy  axborotga  asoslanadigan  samarali  axborot  tizimi  bilan  ta‟minlashdan 

iborat.  Bu  axborotlar  ichida  mehnat  va  uning  unumdorligi,  fondlarning  miqdoriy  va 

sifat  jihatdan  o„sishi,  korxonaning  ishlab  chiqarish  quvvatlaridan  foydalanish 




darajasi,  daromadlilik  va  to„lovga  qobillik,  ishlab  chiqarish  xarajatlari  va  ishlab 

chiqarish dasturini bajarilishi kabilar asosiylaridir. 



Tahliliy  funksiya  korxonaning  moliyaviy  –  iqtisodiy  holatini,  uni  yaxshilash 

maqsadida  qaror  qabul  qilish  uchun  ilgari    qabul  qilingan  strategiya  va  taktikasini 

baholash  va  tahlil  qilish  jarayonidir.  Tahlil    asosida  korxonada  boy  berilgan 

imkoniyatlarni  hisoblab  chiqiladi  va  bundan  keyingi  mo„ljallangan  maqsadlarga 

erishish strategiya va  taktikasi ishlab chiqiladi. 

Buxgalteriya hisobining hisob  funksiyasi korxona xo„jalik faoliyatining hujjatlar 

asosidagi yalpi uzluksiz, o„zaro bog„langan ifodasidir. 

Hisobning yuqoridagi vazifa va funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarilishida uning 

oldiga  bir  qancha  talablar  qo„yiladi.  Bu  talablarga  reja  ko„rsatkichlarini  hisob 

ko„rsatkichlari bilan taqqoslash mumkinligi, ularning aniqligi va to„g„riligi, to„laligi 

va  o„z  vaqtida  bajarilishi,  ravshan  va  hammabopligi,  rejaliligi  va  arzonligi  kabi 

talablari kiradi. 



Reja  ko‘rsatkichlarini  hisob  ko‘rsatkichlari  bilan  taqqoslash  mumkinligi 

shartnomadagi reja topshiriqlarining bajarilishini tekshirishga imkon beradi.  Chunki, 

bu  ma‟lumotlar  bir  xil  bo„lmasa,  ularni  solishtirish  imkoni  bo„lmaydi.  Masalan,  

rejadagi  ishlab  chiqarish  ko„rsatkichlari  (navi,  turi,  bahosi,  miqdori,  vaqti  va  shu 

kabi)  hisobdagi  xuddi  shu  moddalari  bo„lmasa,  bu  moddalarni  bir-biriga  umuman 

taqqoslash, ularning farqlarini sabablarini aniqlab bo„lmaydi. 



Hisob  ma’lumotlarining  aniqligi  va  to‘g‘riligiga  sodir  bo„ladigan  xo„jalik 

muomalalari  qanday  bo„lsa  shundayligiga  aks  ettiriladi.  Hisob  ma‟lumotlarining 

to„g„ri  ko„rsatilishi buxgalteriya  hisobi  to„g„risidagi qonun bilan  muhofaza  qilinadi. 

(«Buxgalteriya hisobi to„g„rsida»gi qonun 6 - modda). 



Hisob  ma’lumotlarining  to‘laligi  va  o‘z  vaqtida  bajarilishi  hisob  xo„jalik 

jarayonining  hamma  tomonini  egallashi  va    bu  to„g„risida  to„liq  ma‟lumot  berishi 

kerak. Ma‟lumotlar qat‟iy o„rnatilgan muddatda berilishi kerak. Qachonki hisob o„z 

vaqtida  va  to„liq  olib  borilsagina,  xo„jalik  yurituvchi  subyekt  faoliyatiga  to„g„ri 

rahbarlik  qilish,    kamchiliklarni  o„z  vaqtida  aniqlab,  yashirin  zahiralarni  qidirib 

topish imkoniyatiga ega bo„ladi. 



Hisobning  ravshan  va  hammabopligi.  Hisob  ma‟lumotlari  faqat  hisob 

xodimlarigagina  tushunarli  bo„lib  qolmay,  balki  butun  mehnatkash  ommaga 

tushunarli  bo„lishi  kerak.  Buning  uchun  hisob  ko„rsatkichlari  sodda  va  tushunarli 

bo„lishi  kerak.  Ravshan  va  hammabop  tarzda  olib  borilgan  hisob  subyektni  ta‟sis 

etuvchisi va qatnashuvchilarini ishlab chiqarishni boshqarishga keng jalb qiladi. 

Hisobning  rejaligi  va  arzonligi.  Hisobni  rejaligi  olib  borish  va  arzonga  tushirish 

uchun  hisob  apparatini  qisqartirish,  hisob  ishlarini  to„la  avtomatlashtirish, 

kompyuterlashtirish, zamonaviy hisob shakllari va buxgalterning  avtomatlashtirilgan 

ish  joylarini  qo„llash,  hisob  xodimlarining  sonini  kamaytirish  va  mehnat 

unumdorligini oshirib, markazlashgan ish joylarini tashkil etish kerak. 


Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling