Moliyaviy va boshqaruv hisobi
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
1 МБХ мм сиртки “МБХ” fan kir Bux balans d
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Xo„jalik hisobi to„g„risida umumiy tushuncha va unga qo„yiladigan talablar
Tаyanch ibоrаlаr: хo‘jalik hisobi, hisobda qo‘llaniladigan o‘lchovlar, natura
tabiiy o‘lchovi, mehnat o‘lchovi, pul o‘lchovi, operativ (operativ – texnika yoki tezkor hisob) hisob, statistik hisob, buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisob, boshqaruv hisobi, buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilar, buxgalteriya hisobi subyektlari va obyektlari, buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari, hisob yuritish siyosati. 1.1. Xo„jalik hisobi to„g„risida umumiy tushuncha va unga qo„yiladigan talablar Bozor sharoitida buxgalteriya hisobi iqtisodiy fanlardan biri bo„lib, uning nazariyasi buxgalteriya hisobini tashkil etish texnikasi, predmeti va usulini o„rgatadi. Bu fan xalq xo„jaligi tarmoqlarida buxgalteriya hisobini yuritish usullarini o„rganib, umumlashtirib, uning ilg„or usullarini joriy etish bilan shug„ullanadi. Hisob – kitob ta‟minot mahsulot ishlab chiqarish, sotish jarayoni va taqsimot jarayonida boshqarish, tashkil qilish va rahbarlik qilish uchun zarur. «Buxgalteriya hisobi» o„zining ko„p yillik tarixiga ega. Hisob kishilik jamiyatining barcha ijtimoiy – iqtisodiy bosqichlarida mavjud bo„lgan. Lekin u o„zining mazmuni, mohiyati, ahamiyati, vazifalari, texnikasi, shakllari bilan turli bosqichlarda bir – biridan farq qilgan bo„lib, o„sha bosqichning ishlab chiqarish usuli bilan belgilangan va shu bosqichning xususiyatidan kelib o„sha bosqichga xizmat qilgan. Har bir taraqqiyot bosqichida moddiy ne‟matlar ishlab chiqarish jarayonida
mehnat qurollari, mehnat buyumlarini va jarayonlarini hisobga olishda hisob – kitobdan foydalanilgan. Tovar ayirboshlash davrida hisobga bo„lgan talab yanada kuchaydi. Chunki tovar almashtirishda umumiy ekvivalent bo„lishini talab qilardi. Bu jarayonda har bir ishlab chiqarilgan tovarga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat miqdorini bilish talab qilinardi. Bu vazifani faqat hisob – kitob qilish yo„li bajarilardi. Shu tariqa jamiyat taraqqiyotida hisobning roli oshib, uning vazifalari kengayib takomillashib borgan. Jamiyatda hisob asosan qo„yidagi funksiyalarni bajaradi. - xo„jalik yurituvchi subyektlarning xo„jalik faoliyatida ro„y berayotgan jarayonlarni kuzatib borish; - kuzatish natijasida olingan ma‟lumotlarni miqdoriy ko„rsatkichlarda ifodalash; - xo„jalik yurituvchi subyekt faoliyatini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd qilish; - maxsus hujjatlarda qayd qilingan xo„jalik operatsiyalarini umumlashtirish va guruhlash; - xo„jalik yurituvchi subyektlarning xo„jalik jarayoni va operatsiyalari ustidan nazorat olib borish va unga ta‟sir etish. Ushbu hisob funksiyalari xo„jalik yurituvchi subyektlar va butun xalq xo„jaligining iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va istiqbol rejalarini tuzish, ularning bajarilishini nazorat qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xullas, hisob kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini miqdoriy aks ettirish va unga sifat jihatdan tavsifnoma berishdan iboratdir. Endi hisobni kelib chiqish tarixiga nazar tashlasak, uning o„ziga xos tarixiy manbalari mavjud. Quyida ushbu manbalarni keltiramiz. Qadimda 15 – asr(1445- 1517y.)da Italiyada Pacholilar oilasi yashagan. Otasi vino tayyorlash bilan shug„ullangan. Qo„shnilarning uzumlarini sotib olib, ulardan vino tayyorlab dubdan yasalgan bochkalarda saqlar edi. Ularning oilasi katta va ahil edi. Oilada 6 farzand bo„lib, uchinchi o„g„li Luka juda ziyrak, o„qishni hohlardi. Shuning uchun uni monaxlarga o„qishga berishdi. Chunki o„sha vaqtlarda maktablar faqat monastrlarda edi. Luka ulg„ayib, o„z davrining mashhur matematigi bo„lib yetishdi. Hozirgacha uning traktatlari tanilgan «Sonlar yordamida geometrik figuralarni hisoblab chiqarish» va boshqalar. Ana shundan buxgalteriya boshlandi: bir kun Luka otasining oldiga kelganda uning ahvoli juda tang ekanligini ko„rdi. Otasi kimga qancha pul, vino berishi kerakligini bilolmay turgan edi (sotib olgan uzum va sotgan vinolari uchun). Ba‟zilariga esa vinosi tayyor bo„lganda pul o„rniga vino bilan qarzini uzmoqchi edi. O„g„li Luka matematik bo„lgani uchun otasining bu hisob – kitobini yechishga yordam berishi uchun qo„yidagi sistemani tuzdi. Avval Luka bir nechta alohida barglarni tayyorladi, ularni «Bochkalar», «Uzum», «Tayyor vino», «Yetilmagan vino» deb atadi. Keyin u otasidan nimalar sotib olganini va otasidan qo„shnilari nima sotib olishlari kerakligini eslashi lozimligini aytdi. Barcha pulni u tartib bilan kerakli barglarga joyladi - nihoyat u barglarga strelkalar qo„yib, bular qaysi nom bilan yo„naltirilganligini yozib qo„ydi. Shunday qilib birinchi buxgalteriya o„tkazmasi tuzildi. Otasi darhol o„z kreditorlari va debitorlari bilan kelishib oldi. (Kimga qancha berishi kerak, yoki unga qancha berishlari kerakligini aniqlandi). Luka esa hisob – kitobni yangi uslublari bilan shug„ullanishga ahd qildi. Shaharga qaytgach u puldor kishilar, ya‟ni
bankirlar hisob ishlarini qanday olib borishlari bilan qiziqdi. Ularda bergan ssuda va ularni qaytarish muddatlari ko„rsatilgan alohida kitoblarning borligini bildi. Lekin ssudani bir kishidan ikkinchisiga berish yoki muddatini uzaytirish hisoblarida ular qiyinchiliklarga duch kelishayotgan edi. Bankirlarning iltimosiga ko„ra Luka Pacholi tekis xatosiz hisob tizimini ishlab chiqdi. Uning 1494 yilda chop etilgan «Schyotlar va yozuvlar to„g„risida traktat» nomli asari birinchi marta buxgalteriya hisobini fan sifatida o„qitilishiga asos bo„lgan. Ushbu asarda birinchi marta buxgalteriya schyotlari, ularga ikki yoqlama yozish tushunchalari kiritildi, ularning mohiyati ochib berildi, bu yozuvni amalga oshirishda to„rtta omil, ya‟ni subyekt, obyekt, vaqt, joy hisobda ko„rinib turilishlik zaruriyatlari isbotlangan. Luka Pacholidan keyingi olti asr maboynida buxgalteriya hisobida juda ko„p yangi postulatlar va tartiblar, chunonchi De Lya Porta postulati (XVII asr), J. Savari postulati (XVII asr), J.Dzappa postulati (XIX asr), J.Cherboni postulati ( XIX asr), I. F. Sher postulati (XX asr), E.Shmalenbax postulati ( XX asr), shuningdek P.Gerstner tartibi (XIX asr oxiri va XX asr boshi), V. Riger tartibi ( XX asr), CH. Garrison tartibi (XX asr) va boshqalar vujudga keldi. Ushbu va boshqa postulat hamda tartiblarga asoslangan buxgalteriya hisobi asta-sekinlik bilan oddiy kishilik faoliyatidan maxsus iqtisodiy fan darajasiga yetdi. Bu tizim buxgalteriya hisobining asosi bo„lib qoldi. «Buxgalteriya» nomi ancha keyin, ya‟ni 18–asrda kirib keldi. Bu so„z nemis tilidan «bux» - kitob, «galter»- ushlash so„zlaridan kelib chiqqan. Pacholining ikkinchi dunyoga mashhur bo„lgan «Hisobot va yozuv haqidagi traktati» da ikkinchi o„rinda «ikkilamchi yozuv» yoki ikki yoqlama yozuv haqida tushuncha berilgan. Hisob jarayoni dastlab juda sodda tashkil qilingan bo„lib, u jamiyat taraqqiyoti bilan asta–sekin rivojlanib, takomillashib, amal qilish doirasi kengayib borgan. Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi turli tarkibiy qismlarga ajratilgan holda maxsus fanlar sifatida barcha oliy va o„rta maxsus ta‟lim muassasalarida o„qitiladi. Chunonchi, yaxlit buxgalteriya hisobini o„rgatishga mo„ljallangan maxsus fanlar bo„lib «Buxgalteriya hisobi nazariyasi», «Moliyaviy hisob», «Boshqaruv hisobi», «Byudjet hisobi», «Banklarda buxgalteriya hisobi», «Boshqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobining xususiyatlari» kabi fanlar hisoblanadi. Hisobda qo‘llaniladigan o‘lchovlar.
Xo„jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ro„y beradigan xo„jalik muomalalarini hisobga olish, xo„jalik mablag„larining miqdorini, bajarilgan ishlarning hajmini va boshqa ko„rsatkichlarni faqatgina kuzatish orqali aniqlab bo„lmaydi. Shuning uchun xo„jalik yurituvchi subyektlarda bu jarayon, xodisa va xo„jalik muomalalarini hisobga olish uchun miqdoriy ifodalash va sifat jihatdan tavsifnoma berish kerak. Shu maqsadda hisobda natura, mehnat va pul o„lchovlaridan foydalaniladi.
holida ifodalash uchun foydalaniladi. Hisob obyektlarining xususiyatlariga qarab natura o„lchovlari turlicha bo„ladi. Fizik va iste‟mol xossalariga qarab ular bir – biridan farqlanadi. Masalan, hisob obyektlari og„irlik birligida (gramm, kilogramm, sentner, tonna), hajm birligida (metr, kubometr), uzunlik birligida (santimetr, metr), hisob birligida (dona, bosh) va boshqalarda o„lchanadi. Natura o„lchovlari moddiy qiymatliklarni hisoblash, tortish va o„lchashda qo„llaniladi. Natura o„lchovlari obyektning faqat miqdorinigina aks ettiribgina qolmasdan, (masalan, ishlab
chiqarilgan mahsulot) balki unga sifatiy tavsifnoma (turi, navi) ham beradi. Shuni ham qayd qilish kerakki, ulardan hisob – kitobni aniq olib borishda foydalanilsada, undan foydalanish ma‟lum darajada chegaralangan, chunki tabiiy xususiyati har xil bo„lgan ko„rsatkichlarni bir joyga yig„ib aks ettirish imkoniyati yo„q. Masalan, hajm va og„irlik, dona va maydon, uzunlik va og„irlik va shunga o„xshash har xil natura ko„rsatkichlarini, shuningdek metr miqdorini kilogram miqdori bilan, kubometr miqdorini sentr miqdori bilan olib borib bo„lmaydi.
biror ishni bajarish uchun sarflangan ish vaqtini aniqlashda qo„llaniladi. Mehnat o„lchovlariga misol tariqasida kishi –kuni, kishi soatni keltirish mumkin. Mehnat o„lchovlari natura o„lchovi bilan birgalikda mehnat unumdorligi, mehnat haqi, bajarilayotgan ish me‟yorini belgilashda xizmat qiladi. Mehnat o„lchovi va natura o„lchovlari muhim ahamiyat kasb etsada, ular vositasida har doim ham olingan ma‟lumotlarni unumlashtirish va solishtirish imkoni bo„lmaydi. Masalan, kishi kunini dona, tonna, metr bilan qo„shib hisob – kitob qilib bo„lmaydi.
Tovar–pul munosabatlarining mavjudligi mehnat va natura o„lchovlari ma‟lumotlarini qiymat shaklida o„lchashni talab qiladi. Mazkur vazifani qiymat yoki pul o„lchovi bajaradi.
Pul o„lchovidan xo„jalik yurituvchi subyektlarni hisobga olish va umumlashgan ma‟lumot olish hamda ular ustidan nazorat o„rnatishda foydalaniladi. Pul o„lchovi ko„rsatkichlariga so„m, tiyin (O„zbekiston) rubl (Rossiya), dollar (AQSH) ni misol keltirish mumkin.
Pul o„lchovisiz subyektning mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan barcha xarajatlarini hisoblash, xarajatlarni daromadlar bilan taqqoslash va natijani aniqlash, mahsulot tannarxini aniqlash, mehnat unumdorligini oshirish uchun yashirinib yotgan zaxiralarni topib, ishlab chiqarishga jalb etish, ishlab chiqarishda ortiqcha xarajatlarni qisqartirishga erishish va boshqa imkoniyatlarni topish imkoniyati bo„lmaydi. Bundan tashqari pul o„lchovi yordamida xo„jalik faoliyati ustidan xo„jalik hisobining pul bilan nazorat tamoyili amalga oshiriladi. Pul o„lchovisiz sifat ko„rsatkichi bo„lgan mahsulot tannarxini aniqlab bo„lmaydi. Lekin hisobda pul o„lchovi yakka holda emas, balki mehnat va natura o„lchovlari bilan birga qo„llaniladi. Masalan, biror qiymatlikning puldagi ifodasini topish uchun uning natura o„lchovidagi miqdoriga narxini ko„paytiriladi. Ish haqini hisoblashda ishchilar ishlab chiqarishda qatnashgan vaqti – miqdoriga kunlik ish haqi summasini ko„paytirish kerak. Xo„jalik hisobida qo„llaniladigan o„lchov birliklarini K.B.O„razov quyidagi jadvalda keltirgan (1.1.1-jadval).
Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling