Moliyaviy va boshqaruv taxlili fanining metodi va unda qo’llaniladigan usullar


Download 9.84 Kb.
bet2/2
Sana02.06.2024
Hajmi9.84 Kb.
#1840186
1   2
Bog'liq
MT 2-mavzu МТ курсаткичлари

Sifat kо‘rsatkichlari
  • Mehnat unumdorligi
  • Rentabellik
  • Daromadlilik
  • Xosildorlik
  • Samaradorlik
  • kabi ish faoliyat, xizmat sifatinini ifodalovchi kо‘rsatkichlari
    • Kо‘rsatkichlar mazmuni bо‘yicha ikki guruhga: miqdor va sifat kо‘rsatkichlarga bо‘linadi.
    • Miqdor kо‘rsatkichlariga bevosita amaliyotda yaxlit holda majud bо‘lgan umumiy kо‘rsatkichlar kiradi. Bularga: ishlab chiqarish (ish, xizmat) hajmi, yer maydoni, xodimlar soni, yalpi hosildorlik, aqolining soni kabi umumiy hajmni ifodalovchi yalpi miqdor kо‘rsatkichlar kiradi.
    • Sifat kо‘rsatkichlariga, aksariyat holda, nisbiy, ishning samaradorligini ifodalovchi kо‘rsatkichlar kiradi. Bularga: mehnat unumdorligi, rentabellik, daromadlilik, hosildorlik, samaradorlik kabi ish, faoliyat, xizmat sifatini ifodalovchi kо‘rsatkichlar kiradi.
    • Kо‘rsatkichlar tizimi foydalanish doirasi bо‘yicha ikki guruhga: umumiy va maxsus kо‘rsatkichlarga bо‘linadi.
    • Umumiy kо‘rsatkichlarga yalpi ichki mahsulot, mehnat unumdorligi, tannarx, foyda, rentabellik, samaradorlik kabi turli sohalarda qо‘llaniladigan kо‘rsatkichlar kiradi. Bu kо‘rsatkichlar iqtisodiyotning barcha soha va bо‘g‘inlarida foydalaniladi. Masalan, mehnat unumdorligi yoki rentabellik kо‘rsatkichlari sanoatda ham, qishloq xо‘jaligida yoki qurilishda ham foydalanilishi mumkin.
    • Maxsus kо‘rsatkichlar iqtisodiyotning faqat bitta yoki ikkita sohasiga tegishli bо‘lishi mumkin. Maxsus kо‘rsatkichlarga, masalan, sutning yog‘lilik darajasi, savdoning muomala xarajatlari, xodimlarning ish soati, chorvaning mahsuldorligi kabi turli sohaning faqat о‘ziga tegishli bо‘lgan kо‘rsatkichlar kiradi. Savdoning muomala xarajatlari faqat savdoga tegishli, uni chorvachilikda yoki qurilishda qо‘llab bо‘lmaydi. Yoki chorva mollarining mahsuldorligi kо‘rsatkichini sanoatda qо‘llab bо‘lmaydi. Shu tufayli ushbu kо‘rsatkichlar maxsus kо‘rsatkichlar tizimiga kiradi.
    • Kо‘rsatkichlar ifodalanish shakli bо‘yicha ham ikki guruhga:mutlaq va nisbiy kо‘rsatkichlarga bо‘linadi.
    • Mutlaq kо‘rsatkichlar ham о‘z navbatida qaysi о‘lchamda ifodalanishiga qarab ikki guruqga: natural (mikdor) va qiymat kо‘rsatkichlariga bо‘linadi.
    • Natural kо‘rsatkichlar, asosan, tabiiy holda mavjud bо‘lgan jismoniy birlikda ifoda etiladigan kо‘rsatkichlardir. Ushbu guruh kо‘rsatkichlariga biror bir predmetning uzunligi, og‘irligi, maydoni yoki kengligi kabi о‘lchamlarni ifodalovchi kо‘rsatkichlarni misol keltirish mumkin.
    • Qiymat kо‘rsatkichlar ham turli о‘lchamlarda bо‘ladi, masalan, biror tovarning bahosi, umumiy summasi, biror xizmatning tarifi, xodimlarga tо‘lanadigan ish haqi kabilarni misol keltirish mumkin,
    • Nisbiy kо‘rsatkichlar aksariyat holarda turli mutlaq kо‘rsatkichlarning bir-biriga yoki bir xil mutlaq kо‘rsatkichlarning turli davrlardagi hajmini bir-biriga solishtirish yо‘li bilan aniqlanadi. Masalan, bir kо‘rsatkichni ikkinchi boshqa bir kо‘rsatkichga solishtirib darajani aniqlash mumkin, bir xil kо‘rsatkichlarning turli vaqtlardagi hajmini solishtirib, indeks, foiz kabi kо‘rsatkichlarni hisoblasa bо‘ladi.
    • Umumlashgan kо‘rsatkichlar uch guruxga: umumlashgan, qisman va yordamchi kо‘rsatkichlarga bо‘linadi.
    • Umumlashgan kо‘rsatkichlarga, odatda, murakkab iqtisodiy jarayonlar majmuasini yaxlit holda ifoda etaditan kо‘rsatkichlar kiradi. Masalan, mexnat unumdorligi kо‘rsatkichi. Bu umumlashgan kо‘rsatkich korxonada band bо‘lgan barcha xodimlar mehnati samaradorligini ifoda etadi. Shu sohaga daxldor qisman kо‘rsatkichlarga asosiy xodimlar mehnat unumdorligi, yordamchi xodimlar, boshqaruv xodimlari mehnat unumdorligi kabi kо‘rsatkichlar kiradi.
    • Umumlashgan mehnat unumdorligi (MU) kо‘rsatkichini olaylik. Bu, о‘z navbatida, umumiy xodimlar soni (X), ularning tarkibida bevosita ishlovchilarning ulushi (Xul) va shu ishlovchi xodimlar mehnat unumdorligiga (Xmu) bog‘liq. Bu kо‘rsatkichlar о‘rtasidagi bog‘liqlik quyidagi formula orqali ifodalanadi:
    • MU=X*Xul*Xmu
    • Bu yerda MU, ya’ni mehnat unumdorligi umumlashgan kо‘rsatkich bо‘lsa, qolgan uchta kо‘rsatkich qisman yoki yordamchi kо‘rsatkichlardir. Agar ularning bir-biri bilan funksional bog‘liqligini oladigan bо‘lsak, MU - natija kо‘rsatkichi, qolgan uchtasi (X, Xul, Xmu) omillar sifatida ham qaralishi mumkin.
    • Kо‘rsatkichlar shakllanish usuli bо‘yicha besh guruhga bо‘linadi: meyoriy, reja, hisob, hisobot va tahliliy.
    • Meyoriy kо‘rsatkichlarga, kо‘p hollarda, mamlakat miqyosidagi, davlat manfaatlariga molik kо‘rsatkichlar kiradi. Masalan, bir kishining о‘rtacha non iste’mol qilish meyori. Bu kо‘rsatkich davlatning о‘z aholisini non bilan ta’minlash uchun ma’lum bir davrga qancha g‘alla yoki un zahirasini hozirlab qо‘yishi uchun zarur bо‘ladi. Hozirgi paytda meyoriy kо‘rsatkichlar xarajatlarni hisoblashda, biror mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bо‘lgan xom ashyo miqdorini belgilash kabi hollarda ham keng qо‘llanilmoqda.
    • Reja kо‘rsatkichlariga xо‘jalik yurituvchi subyektlarning rivojlashnish istiqbolini belgilovchi biznes-rejada ifoda etilgan kо‘rsatkichlar kiradi. Masalan, foyda rejasini olaylik, ushbu kо‘rsatkich oldindan belgilanishi va barcha faoliyat shu rejadagi miqdorga erishishga qaratilmog‘i lozim. Chunki foydaning miqdoridan davlat ham, mulkdor ham, mehnat jamoasi ham, korxona ham manfaatdordir.
    • Hisob kо‘rsatkichi ham о‘ta muhim kо‘rsatkichlardan biridir. Unga buxgalteriya, statistika va tezkor hisob ma’lumotlarida ifoda etilgan kо‘rsatkichlar kiradi, iqtisodiy jarayonlar ketma-ket doimiy ravishda sodir bо‘lib boradi. Ular uzluksiz hisobga olib borilishi lozim. Bu hisob ma’lumotlari kо‘rsatkichlarning haqiqiyligi va qonuniyligini ta’minlaydi, chunki har bir sodir bо‘lgan iqtisodiy jarayon tegishli ravishda hujjatlashtiriladi. Hujjatga tegishli mas’ul shaxslar imzo chekib, tashkilot muhri bosiladi.

    Download 9.84 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling