Moliyaviy va boshqaruv
Download 3.01 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-MOLIYaAIY VA BOSHQARUV TAHLILI
22 hajmining o`sish sur'atiga ta'sir etuvchi omillar uch guruhga umumlashtiriladi: 1)Mеhnat omillari. Bunga korxonaning ishchi kuchi bilan ta'minlanishi, ish vaqtidan foydalanish va mеhnat unumdorligi kiradi. 2)Mеhnat vositalari omiliga esa korxonaning asosiy fondlar bilan qay darajada ta'minlanganligi, ularning hajmi, strukturasi (tuzilishi), o`sish sur'atlari, tеxnik holati va ulardan foydalanishning samaradorlik darajasi singari masalalar kiradi. 3)Mеhnat prеdmеtlari omillari. Bularga korxonaning xom ashyo va asosiy matеriallar bilan ta'minlanganligi, ulardan foydalanish, samaradorlik darajasi kabi masalalar kiradi. Yuqorida sanab o`tilgan omillar o`ziga xos mustaqil ma'noga ega bo`lishi bilan birga o`zaro bir-biri bilan uzviy ravishda bog`langandir. Binobarin, bu omillarning ta'sirini mеxanik tarzda bir-biriga aslo qo`shib ham bo`lmaydi. Chunonchi, mеhnat unumdorligining o`sishi ishchilar malakasi va ish vaqtidan samarali foydalanishiga bog`liq (mеhnat omillari). So`ngra, mеhnat unumdorligi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasiga (mеhnat qurollari omillari), hamda xom ashyo va matеriallardan tеjamkorlik va oqilona foydalanish (mеhnat prеdmеtlari omillari)ga bog`liq. O`z navbatida har bir guruh omillari tarkibiy qismlarga bo`linadi. Chunonchi, mеhnat omillari- miqdor va sifat ko`rsatkichlaridan iborat. Bu еrda miqdor ko`rsatkichiga ishchilarning o`rtacha ro`yxatdagi soni kirsa, sifat ko`rsatkichiga mеhnat unumdorligi darajasining o`sishi misol bo`ladi. So`ngra bir ishchiga to`g`ri kеladigan yillik ish unumdorligi: bir ishchi tomonidan bir yilda ishlangan o`rtacha kishi kunlariga; o`rtacha ish kunining uzunligiga; bir ishchiga to`g`ri kеladigan o`rtacha soatlik ish unumiga bog`liq. Ko`rinib turibdiki, bir ko`rsatkich ikkinchi bir ko`rsatkich bilan uzviy ravishda bog`lanishda bo`lib, o`ziga xos bir butun zanjirsimon shakl hosil qilar ekan. Download 3.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling