Moliyaviy vositachilarning asosiy funktsiyalari. Reja kirish


-rasm Moliyaviy tahlil va uning ob’ektlari


Download 0.62 Mb.
bet5/7
Sana20.09.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1682029
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliyaviy vositachilarning asosiy funktsiyalari.11

2.1-rasm Moliyaviy tahlil va uning ob’ektlari
Markaziy bankning bajaradigan vazifalari(funksiyalari) quyidagilardan iborat:
1. Boshqa bank muassasalarining majburiy zaxiralarini saqlaydi.
2. Markaziy bank mamlakatning rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash vazifasini ham bajaradi.
3. Cheklarni qayt (inkassatsiya) qilish mexanizmini ta`minlaydi,
4. Banklararo hisob- kitoblarni amalga oshiradi va ularga kreditlar beradi.
5. Davlatning yagona pul – kredit siyosatini amalga oshiradi.
6. Barcha banklar faoliyatini uyg`unlashtiradi va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi.
7. Xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyutalarni ayirboshlaydi.
8. Pul taklifi ustidan nazorat qilish mas` uliyatini oladi, milliy valyutani muomalaga chiqaradi. Iqtisodiyotning ehtiyojlariga mos ravishada pul muomalasini tartibga soladi.
Markaziy bankning barcha funksiyalari o’zarо bоg’liqdir. Davlatga kredit berish оrqali, markaziy bank kredit muоmala vоsitalarini yaratadi. Hukumatning majburiyatlarini chiqarish va qоplash оrqali, u ssuda fоiziga ta`sir ko’rsatadi. Sanab o’tilgan funksiyalari оrqali Markaziy bank o’zining asоsiy mamlakat pul-kredit tizimini tartibga sоlish funksiyasiga asоs yaratadi va iqtisоdiyotni tartibga sоladi. Markaziy bankning pul - kredit siyosati umumiqtisоdiy infratuzilmalarni tartibga sоlishning, bоzоr kоnyukturasini yuqоri darajada ushlab turish, bandlikka ta`sir o’tkazish, inqirоzli tushumlarni оldini оlishning ajralmas qismi sifatida namоyon bo’ladi. Shunday qilib, pul – kredit siyosati - muоmaladagi pul mablag’lari miqdоrini, bank kreditlari hajmini, fоiz stavkalarini, valyuta kurslarini, to’lоv balansini va o’z navbatida bevоsita mamlakat iqtisоdiyoti hоlatini o’zgartirish uchun yo’naltirilgan tadbirlar majmuasidir.
Tijorat banklari - o`zlarining xo`jalik mavqeyiga ko`ra aksionerlik tipidagi muassasa hisoblanadi. Huquqiy mavqeyiga ko`ra, faoliyatning biron bir turga xizmat ko`rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo`lishi mumkin. Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo‘lganligi tufayli uning tashkil topishi uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Shu vaqt ichida bo‘lg‘usi ta’sischilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar o‘rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar, zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o‘tkaziladi va hokazolar. Tijorat banklarini tashkil etish va tugatishning huquqiy asoslari "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonunda ifodalangan . Banklar respublika hududida o‘z faoliyatlarini Markaziy bank tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradilar. Banklarga litsenziya berish O‘zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida", "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risida", "Aksionerlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunlar va boshqa qonunlari, hamda bankka me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi. Tijorat banklarini tashkil qilish 630 - sonli Nizom asosida olib boriladi. Ushbu nizomda O‘zbekiston Respublikasi hududida banklarni ro‘yxatga olish va ularga litsenziya berish tartibi hamda shartlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, tijorat banklari ochiq yoki yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari shaklida tashkil etilishi mumkin.
Tijorat banklarining mohiyati va ularning faoliyat ko‘rsatish asoslari ular faoliyatini tashkil qilishning asosiy tamoyillarida o‘z ifodasini topadi:
1. Tijorat banklarinig kredit resurslarini yaratishda chetdan jalb qilingan resurslarga tayanib ishlash tamoyili;
2. Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag‘lar chegarasida xizmat ko‘rsatish tamoyili;
3. Bank faoliyatining to‘la iqtisodiy mustaqilligi tamoyili;
4.Banklar faoliyatining tijorat tavsifi tamoyili;
5. Mijozlar manfaatini himoya qilish tamoyili;
6. Banklarning daromadligi va ular faoliyatining universallashuvi tamoyili;
Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lar doirasida kredit resurslarni tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanib, uning depozit va omonatlar jalb qilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, passivlarni jalb qilish bo‘yicha raqobat muhitining yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Undan tashqari chetdan jalb qilingan va qo‘yilgan mablag‘lar mutanosibligi banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishni kuchaytiradi va bu mablag‘lardan unumli foydalanishga asos yaratadi. Tijorat bankning ikkinchi va asosiy tamoyillaridan biri bu haqiqatda mavjud bo‘lgan mablag‘lar chegarasida xizmat ko‘rsatishdir. Tijorat banki boshqa bank vakillik hisob raqamiga naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirish, boshqalarga kredit xizmatini ko‘rsatish va vakillik hisob varag‘ida qolgan qoldiq chegarasida naqd pullik operatsiyalarni bajarishi mumkin. Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag‘lar chegarasida faoliyat ko‘rsatishi deganda, bankning nafaqat o‘z resurs va kredit qo‘yilmalarining mutanosibligi, balki bankning aktivlari bilan uning jalb qilingan mablag‘lari o‘rtasidagi mutanosibligini ta’minlashi tushuniladi. Bunda avvalambor, passivlar va aktivlar muddatlarining bir xilligi inobatga olinishi lozim. Binobarin, agar bank mablag‘larni qisqa muddatga jalb etgan bo‘lsa va bu mablag‘larni uzoq muddatli ssudalarga joylashtirsa, bankning majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtda amalga oshira olishi bir muncha muammolar bilan bog‘liq bo‘lishi, bu esa o‘z navbatida bankning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Undan tashqari jalb etilgan va qo‘yilgan mablag‘larning mutanosibligi tamoyili banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishini kuchaytirish va bu mablag‘lardan unumliroq foydalanishga qaratilgan. Bu tamoyil asosida ishlash tijorat banklarni likvidligini oshirishga yordam beradi. Uchinchi tamoyil bu bankning to‘la iqtisodiy mustaqilligidir. Bu tamoyilga asosan bank o‘z va jalb etilgan mablag‘lardan mustaqil foydalanishi, mijozlar va omonatchilarni o‘zi mustaqil ravishda tanlashi, kredit siyosatini mustaqil tuzishi va amalga oshirishi, foiz stavkalarini mustaqil o‘rnatishi va o‘zgartirishi,daromadlarni mustaqil ravishda taqsimlashi va boshqa faoliyat turlarini mustaqil bajarishi mumkinligi ko‘zda tutiladi. Banklar faoliyati to‘g‘risidagi amaldagi huquqiy -me’yorlarga asosan barcha tijorat banklari o‘z fond va daromadlaridan iqtisodiy jihatdan mustaqil foydalanishlari mumkin. Tijorat bank faoliyatini olib borishning to‘rtinchi tamoyili bank faoliyatining tijoratlashuvi bo‘lib, bunda banklarning tijorat ob’ekti vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘lari hisoblanadi. Bu pul mablag‘lari bankka tegishli bo‘lmagan bo‘lsada, faoliyati davomida bank ularni o‘z nomidan joylashtiradi. Bank tijorati kam investitsiya qilib ko‘proq daromad olish tamoyiliga asoslangani uchun, uning majburiyatlarining passivlaridagi ulushi kam bo‘lishi kerak. Tijorat banki kredit berish va investitsiyalarni moliyalashtirish jarayonida iloji boricha ko‘p daromad olishni mo‘ljallaydi. Undan tashqari bank faoliyatining xavfsizligi ham bank tijoratining asosidan biri hisoblanadi. Bank har doim risk bilan bog‘liq faoliyat ko‘rsatadi. Bank faoliyatida risk darajasi qancha kam bo‘lsa va xavfsizligi yuqori bo‘lsa, bankning daromadi ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar faoliyatining yana bir muhim tamoyili shundaki, bank iqtisodiy tashkilot sifatida o‘zining kapitali, daromadi bilan risk qilishi mumkin, lekin u mijozning daromadi yoki kapitali bilan risk qilishi mumkin emas. O‘isqacha qilib aytganda, bank faoliyati "hamma narsa mijoz uchun" degan tamoyilga asoslangan bo‘lishi kerak. Bu tamoyil bank mijoz uchun to‘laligicha javob berish zarurligini bildiradi, uning daromadini ta’minlaydi. Mijozlar tomonidan qaraganda bank har doim sherik tashkilot hisoblanadi. Sheriklik munosabatlari ikki tomonning o‘zaro qiziqishlariga va roziliklariga asoslangan holda amalga oshirilishi lozimligi tufayli bank mijozlar manfaatini ta’minlashni birinchi o‘ringa qo‘yishi lozim. Tijorat banklari faoliyatining keyingi tamoyili bu banklar ko‘rsatadigan xizmatlar va operatsiyalarning universallashuvi va diversifikatsiyasi bo‘lib, banklar foliyatining turli tarmoq va sohalarni qamrab olishini kam risklilik asosida yuqori daromad olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Banklar qaysi mulk shakliga asoslanganligidan qat’iy nazar ularning faoliyati yuqoridagi tamoyillarga asoslanadi. Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo‘lishiga olib keladi. Bu sababli tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:
 vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish;  korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;
 iqtisodiyotda hisob - kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;
 moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;
 iqtisodiy - moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar.
Banklar bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish funksiyasini bajara turib mavjud bo‘sh pul daromadlari va jamg‘armalarini yig‘adi. Jamg‘aruvchi (bo‘sh pul mablag‘ egasi) o‘z mablag‘larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag‘lardan foydalangani uchun ma’lum foiz hisobida daromad oladilar. Bo‘sh pul mablag‘lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond io‘tisodiyot tarmoqlarni kreditlash uchun ishlatiladi.
Tijorat bankining bo‘sh turgan mablag‘larni jalb etish ularni kapitalga aylantirish funksiyasi asosiy funksiyalardan hisoblanib, jalb etilgan mablag‘lardan daromad qarz mablag‘lariga bo‘lgan talab va taklif asosida shakllanadi.
2019-yilda mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan 2018-yilga nisbatan 37 %ga ko’p depozitlar jalb qilingan bo’lib, 1953727,6 mlrd.so’mni tashkil qilgan. Bu raqamlar esa yurtimiz aholisining banklarga bo’lgan ishonchini yanada oshganini isbotlaydi.
Bankning vositachilik operatsiyalari bozor iqtisodiyoti tizimini rivojlantirish borasida bank o‘z faoliyatida risk va noaniqlikning oldini olishga sharoit yaratadi. Pul mablag‘lari bank vositachiligisiz ham kreditor va qarz oluvchi orasida muomalada bo‘lishi mumkin,ammo bu bilan mablag‘larni yo‘qotish bilan bog‘liq risk darajasi oshadi va mablag‘larni o‘z vaqtida qaytarib berish muammolari yuzaga keladi. Bu muammolarning yuzaga kelishi shundan iboratki, kreditor va qarz oluvchi bir - birovi haqida yetarli darajada ma’lumotga ega emasligi, mablag‘larga bo‘lgan talabning taklif bilan doimo miqdoran va bir vaqtda teng emasligidadir. Tijorat banklari mablag‘larni depozitga jalb etishi, ssuda berishi mumkin. Bank o‘z aktivlari bo‘yicha keng diversifikatsiya usulini qo‘llab omonatlarni qaytara olmaslik riski darajasini kamaytirishi mumkin. Iqtisodiy tizimni qayta qurish uchun asosan va birinchi galda ichki xo‘jalik jamg‘armalariga tayanish lozim. Tijorat bank moliya bozoriga kredit resurslariga talab bilan kirar ekan, nafaqat iqtisodiyotda mavjud bo‘lgan barcha jamg‘armalarni maksimal darajada yig‘ishga, balki joriy iste’molni chegaralash bilan jamg‘armani shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatmog‘i lozim. Jamg‘arma mablag‘larni shakllantirishda tijorat banklarni depozit siyosatining ta’siri katta. Omonatchilarga yuqori foizlardan tashqari, bank kreditlariga yuqori kafolat va ishonchlilik kerak.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda tijorat banklar iqtisodiyotining to‘lov mexanizmida yetakchi o‘rin tutadi. Mamlakatimiz iqtisodiyot to‘lovlarni amalga oshirishni isloh qilish va rivojlantirish orqali mamlakatimiz to‘lov tizimida tijorat banklarning o‘rni kengaymoqda. Undan tashqari tijorat banklar moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish, ya’ni qimmatli qog‘ozlar chiqarish va ularni joylashtirish, sotib olish bilan shug‘ullanishi, mijozlarga har xil axborotlar, maslahatlar berish bilan shug‘ullanishi mumkin. Tijorat banklari yuqorida kelitirilgan funksiyalari asosida quyidagi operatsiyalarni bajaradi:
passiv operatsiyalar;
 aktiv operatsiyalar;
 bank xizmatlari va vositachilik operatsiyalari;
 bankning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradigan operatsiyalari va boshqa turdagi operatsiyalarni bajaradilar.
2019-yil 1-yanvar holatiga mamlakatimiz tijorat banklaring aktivlari miqdori 21441968 mlrd.so’mni tashkil qilgan va bu ko’rsatkich 2018-yil 1-yanvar holatiga nisbatan deyarli 29 %ga ko’p demakdir. Yil davomida bu ko’rsatkich sezilarli darajada o’zgarib, 2020-yil 1-yanvar holatiga 272726,9 mlrd.so’mni tashkil etgan.
2019-yil 1 – dekabr holatiga mamalaktimizda mavjud bo’lgan tijorat banklari soni 30 tani tashkil qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining saytidagi ma'lumotga ko‘ra, endi mamlakatimizda beshta davlat banki bor : «Poytaxt bank», O‘zmilliybank, Xalq banki, «Asaka» bank va Asia Alliance Bank. Tijorat Tashkilotlari: Turlari Va Ularning Xususiyatlari Tijorat tashkilotlari - bu yakuniy maqsadi ishlab chiqaradigan tovarlari yoki xizmatlaridan foyda olishdir. Tijorat tashkilotlarining 3 asosiy guruhi mavjud: yakka tartibdagi tadbirkorlik, sheriklik va korporatsiyalar. Shaxsiy korxonalar Shaxsiy korxona yoki bitta ishtirokchiga ega bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'ekt ozgina kapitalga ega bo'lgan shaxsga tegishli
Bank Turlari Va Ularning Xususiyatlari Barcha banklar bir xil sxema va dasturlar bo'yicha ishlashiga qaramay, ularning o'zlari bir-biridan farq qiladi. Va ish sharoitlarini, shuningdek, ayrim moliya institutlarini moliyalashtirish va qo'llab-quvvatlash tartibini tushunish uchun ularning qaysi biri, qaysi toifalarga kirishini aniq tushunish kerak Elektron Pullar: Turlari, Tasnifi, Tushunchasi, Xususiyatlari Elektron pul - bu sizga bankni jalb qilmasdan operatsiyalarni amalga oshirishga imkon beradigan qulay to'lov usuli. Bir nechta tasniflar mavjud, eng ommaboplari - bu pulni aqlli kartalar yoki tarmoqlar asosida taqsimlash. Elektron pul - bu biznesning yangi yo'nalishiKorxonani Tashqi Va Ichki Moliyalashtirish: Turlari, Tasnifi Va Xususiyatlari oliyalashtirishning tashqi va ichki manbalari kompaniyaning mustaqil bo'lishiga imkon beradi. Ular pul oqimlarining to'g'ri aylanishini, davlat tomonidan taklif qilingan shartlarning ishlab chiqilishini va bajarilishini ta'minlaydi. Korxonani moliyalashtirish - to'g'ri ishni ta'minlash uchun vositalar, shakllar, usullar to'plami Iqtisodiyot har doim juda ko'p bozorlarni bog'laydi: qimmatli qog'ozlar, mehnat, kapital va boshqalar. Lekin bu elementlarning barchasi turli maqsadlarga xizmat qiluvchi turli moliyaviy vositalar bilan birlashtirilgan.
Hosila moliyaviy vositalar tushunchasi Iqtisodiyot ma'lum tizimlar, tarmoqlar, bozor elementlarining ishlashi bilan bog'liq atamalar bilan to'la. Hosila tushunchasi koʻpgina ilmiy sohalarda: fizika, matematika, tibbiyot, statistika, iqtisod va boshqa sohalarda keng qoʻllaniladi. Jahon moliya tizimi, shu jumladan moliya bozori va pul bozori ularsiz ishlamaydi. Hosila deganda nima tushuniladi?
Umumiy ma'noda hosila oddiyroq qiymat yoki shakldan tuzilgan turkumdir. Matematikada hosilalar tushunchasi asl funktsiyani differentsiallash natijasida funksiyani topishga qisqartiriladi. Fizika hosilani jarayonning o'zgarish tezligi deb tushunadi. Hosila moliyaviy vositalar tushunchasi va ular bajaradigan funktsiyalari butun hosilaviy vositaning tabiati bilan chambarchas bog'liq va moliyaviy bozorda bevosita amaliy qo'llanilishiga ega. Trivativ yoki qimmatli qog'ozlar bozori lotinlari tushunchasi hosilaviy moliyaviy vositalar tushunchasi “Hosila” so’zi (german tilidan kelib chiqqan) dastlab hosilaning matematik funksiyasini bildirish uchun xizmat qilgan, ammo XX asr o’rtalariga kelib u moliya bozorida mustahkam o’rin oldi va deyarli o’zining asl ma’nosini yo’qotdi. Bugungi kunda hosilaviy qimmatli qog'ozlar tushunchasi o'ziga xos yagona narsa emas, bunday ta'riflar: ikkilamchi qimmatli qog'oz, ikkinchi darajali hosila, hosila, moliyaviy hosila va boshqalar qo'llanilmoqda, ular hech qanday tarzda umumiy ma'noga ta'sir qilmaydi. Hosila yoki 2-tartibdagi moliyaviy vosita - bu ikki yoki undan ortiq ishtirokchilar o'rtasida, rasmiy ravishda birja orqali yoki norasmiy ravishda moliya institutlari ishtirokida, kelajakdagi qiymatni aniqlash asosida tuziladigan fyuchers shartnomasi. real aktiv yoki yuqori darajadagi vosita.
Hosilalarning asosiy xarakteristikalari hosilaviy qimmatli qog'ozlar tushunchasi Ushbu ta'rifda hosilaviqimmatli qog'ozlar tushunchasi va turlari kelib chiqadigan bir nechta asosiy komponentlar mavjud:
Hosila - bu ikki yoki undan ortiq shaxs yoki tashkilot uning muvaffaqiyatidan manfaatdor bo'lgan shartnoma. Bozor o'zini qanday tutishiga va birinchi navbatda, narxga qarab, bir tomon yutadi, ikkinchisi yutqazadi. Bu jarayon muqarrar. Moliyaviy shartnoma bir tomondan korxonalar va korxonalar birlashmalari, ikkinchi tomondan banklar va nobank moliya institutlari ishtirokida fond birjasi orqali yoki birjadan tashqarida rasmiylashtirilishi mumkin. Birjaning mavjudligi yoki yo'qligi asosanlotinning o'ziga xos xususiyatlarini belgilaydi.
Moliyadagi ikkinchi tartibli hosila, matematikada boʻlgani kabi, asos yoki asosga ega. Tabiiy fanlar hamma narsani eng oddiy funktsiyalarga qisqartirsagina, moliya bozori real aktivlar bilan ishlaydi. Birjada real aktivlar to'rt toifaga bo'linadi: tovar yoki tovar aktivlari (ular birja standartlari bo'yicha sinovdan o'tgan); qimmatli qog'ozlar (aksiya, obligatsiyalar) va birja indekslari; valyuta operatsiyalari va fyucherslar (ixtisoslashtirilgan shartnomalar).
Shartnoma muddati - moliyaviy vosita turiga bog'liq. Shartnomani bajarishning aniq sanasini belgilash manfaatlarni himoya qilish va har ikki tomon uchun xavflarni kamaytirish uchun mo'ljallangan. Lekin, qoidaga ko‘ra, kelishuvdan faqat bir kishi yutadi.
Hosila qimmatli qog'ozlar: tushunchasi, turlari, foydalanish maqsadlari Birjaning bozor segmenti sifatidagi oʻziga xos xususiyati shundaki, u nafaqat “narx belgilash” funksiyasini (bu bugungi kunda maʼlum boʻlgan koʻpchilik bozorlarga xos), balki risklarni sugʻurtalashni ham amalga oshiradi. Buning uchun tomonlar shartnoma tuzishga va uni amalga oshirishning aniq sanasini belgilashga kelishib, kelajakda yo'qotish xavfini kamaytiradi.
hosilaviy moliyaviy vositalar tushunchasi turlari hosilaviy moliyaviy vositalar tushunchasi turlari Muddatli shartnomalar bajarilishini ta'minlaydigan kafolat shartlarining uchta asosiy turi mavjud: Keling, ularni batafsil koʻrib chiqamiz. Fyuchers turli xil moliyaviy derivativlar sifatidaFyucherslar birjada kashshoflar edimoliyaviy vositalar. Bir buta bug‘doy va guruch kuponlari esa, yil yaxshi bo‘ladimi yoki yo‘qmi, fermerlarga foydani kafolatladi.
Future kontraktlari - tomonlarning faqat narxining o'zgarishi darajasi to'g'risida kelishib olingan holda, asosiy aktivni sotib olish va sotish bo'yicha muddatli birja shartnomasini tuzish bilan bog'liq hosilaviy moliyaviy vositalar tushunchasi. aktiv va "bajarish" muddati tugagunga qadar birja oldida javobgardir. hosilaviy qimmatli qog'ozlar tushunchasi va turlari Shartnoma amalda boʻlganda, narx iqtisodiyot, siyosat, bozor sharoitlari, tabiiy omillar, tegishli mahsulotlar narxlaridagi oʻzgarishlarga qarab katta darajada oʻzgarishi mumkin. Agar aktsiya bahosi shartnoma tuzilganidan past bo'lsa, xaridorlar foyda ko'radi. Va aksincha.
Fyucherslar (birinchi navbatda, tovar) muomalasining muhim kamchiligi shundaki, ular oxir-oqibat real aktivlardan ajralib, iqtisodiyotdagi ishlarning real holatini aks ettirmaydi. Jami fyuchers narxining beshdan bir qismi tovarning haqiqiy qiymati, beshdan to‘rt qismi esa risk narxidir.
Forvard, boshqa shartnomalar bilan bir qatorda, moliyaviy bozor derivativlari tushunchasiga, uning norasmiy qismiga kiritilgan. Boshqacha qilib aytganda, forvardlar birjada kamdan-kam hollarda bo'ladi, lekin ko'pincha bir xil yoki turli xil iqtisodiy faoliyat sohalaridagi tadbirkorlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri tuziladi.
Forvard shartnomasi yoki forvard (inglizchadan. "Forward") - tomonlar o'rtasida tovarlarni qat'iy belgilangan muddatda yetkazib berish bo'yicha kelishuv.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling