Molyuskalar tipi Umumiy belgilari va klassifikatsiyasi, umumiy belgilari, mantiya, selom, tana simmetriyasi, chig`anoq, radula, veliger, kenja tiplar va sinflar


Download 1.77 Mb.
bet1/5
Sana22.12.2022
Hajmi1.77 Mb.
#1043897
  1   2   3   4   5

  1. Molyuskalar tipi Umumiy belgilari va klassifikatsiyasi, umumiy belgilari, mantiya, selom, tana simmetriyasi, chig`anoq, radula, veliger, kenja tiplar va sinflar.

Mollyuskalar xilma-xil tuzilgan eng qadimgi hayvonlar guruhi hiso-blanadi. Ular quyidagi xususiyatlari bilan boshqa hayvonlardan ajralib turadi.
Ko'pchilik mollyuskalar bilaterial simmetriyali hayvonlar. Biroq bir (|ancha turlarida organlarining joylanishi o‘zgarib, tana simmetriyasi ikkil-amehi buzilib assimetrik shaklga kiradi. Ko‘pchilik mollyuskalaming ta-nasi bo‘g‘imlarga bo'linmagan. Faqat tuban tuzilgan mollyuskalarda meta-mcrlik tuzilishga xos bo'lgan belgilami ko‘rish mumkin. Tanasi bosh, gav-da va oyoq deb ataladigan uch bo‘limdan iborat. Faqat ikki tavaqali mollyuskalarda bosh bo'limi bo'lmaydi. Harakatlanish organi qorin devori-dan hosil bo‘lgan yagona o‘simtadan iborat.
Mollyuskalar ikkilamchi tana bo‘shliqli hayvonlar bo‘lib, selom qoldig‘i yurakoldi xaltasi (perikardiy) va jinsiy bezlari bo‘shlig‘idan iborat. Ichki organlari oralig‘ini esa biriktiruvchi to'qima to'ldirib turadi. Mollyuskalar tanasining asosi mantiya deb ataladigan teri burmasi bilan o‘ralgan. Mantiyasi bilan tanasi oraligida mantiya bo'shlig'i hosil boiadi. Bu bo'shliqda jabralar va ayrim sezgi organlari joylashgan. Ayirish, orqa chiqaruv va jinsiy bezlaming teshigi ham ana shu bo‘shliqqa ochiladi.
Tanasining orqa tomonida mantiyadan hosil bo’lgan chig‘anQg‘i joylash-gan; chig‘anoq tanani himoya qilib turadi. Bir qancha mollyuskalaming chig‘anog‘i tarixiy taraqqiyotdavomida yo‘qolib ketgan.
Qon aylanish sistemasi ochiq bo‘lib, qoni tomirlar orqali oqishi bilan birga lakunlar va sinuslar deb ataladigan naylar orqali ham oqib o‘tadi. Yuragi qorincha va bo‘lmacha deb ataladigan ikki yoki undan ko'proq kameralarga bo‘linadi. Nafas olish organlari odatda ktenidiy deb ataladigan jabralardan iborat. Faqat quruqlikda hayot kechiradigan va bir qancha chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalari o‘pka orqali nafas oladi. Ayirish organi halqali chuvalchanglaming metanefridiylariga o'xshash tuzilgan bir juft naysimon buyrakdan iborat. Buyragi yurakoldi xaltasidan boshlanib, chiqarish sifoni deb ataladigan mantiya bo‘shlig‘iga ochiladi. Nerv sistemasi tanasining har xil qismida tarqoq joylashgan nerv tugunlaridan iborat. Faqat tuban tuzilgan mollyuskalaming nerv sistemasi halqum atrofi nerv halqasi hamda tanabo‘ylab yo'nalgan nerv tolalaridan iborat bo’ladi.
Dengizda hayot kechiradigan mollyuskalaming lichinkalari troxofora yoki troxoforaga o‘xshash yelkanii lichinka - veligerdan iborat.
Mollyuskalar tipiga xilma-xil tuzilgan 150000 ga yaqin tur kiradi. Ko'pchilik mollyuskalar dengizlarda va chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Шаг orasida qumqlikda yashaydigan turlari ham ko‘p. Bu tip yonbosh nervlilar va chig‘anoqlilar kenja tipiga ajratiladi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling