Kavsh qaytaruvchilarga qaysi hayvonlar kiradi?Sigir,qo’y,echki,zubr,sayg’oq,jayron,bug’u.
Kavsh qaytaruvchilarning boshida nima joylashgan?1 juft muguz shoxlar.
Qaysi hayvonlarning shoxlari almashib, o’rniga yangi shox chiqadi?Bug’u va los.
Jayronning 2-nomi?Ohu yoki g’izol.
O’zbekiston cho’llarida jayronlar qanday yashaydi?Yakka holda juft-kuft yoki 30 tagacha poda bo’lib yashaydi.
Jayron nima sababdan atrof-muhitda ko’zga tashlanmaydi?Rangi qo’ng’ir tusda bo’lgani uchun.
Jayron nimasi uchun ovlanadi?Go’shti uchun.
O’zbekistonda jayron qayerlarda saqlanib qolgan?Faqat qo’riqxonalarda.
Buxoro bug’usini 2-nomi?Xongul.
Buxoro bug’usi qayerlarda boqiladi?Qizilqum qo’riqxonasida va Termiz yaqinidagi Payg’ambar orollarida.
Ustyurt dashtida qaysi hayvon uchraydi?Sayg’oq.
Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarga ta’rif bering?Qoziq tishlari kuchli rivojlangan,oshqozoni bo’lmalarga bo’linmagan,bo’yni va oyoqlari, dumi kalta.
Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarga qaysi hayvonlar kiradi?To’ng’iz(yavvoyi cho’chqa) va suv ayg’iri(begemot).
To’ng’izning uzunligi va vazni qancha?180 sm, vazni 200 – 240 kg.
To’ng’iz qaysi qit’alarda tarqalgan?Yevropa va Osiyoda.
O’zbekistonda to’ng’iz qayerlarda uchraydi?Tog’li joylarda va to’qaylarda.
To’ng’iz nimalar bilan oziqlanadi?Ildiz,tugunaklar,to’kilgan meva,hasharotlar va mayda jonivorlar bilan.
To’ng’izlar qanday hayot kechiradi?To’da.
To’ng’izlarning bolasi qanday tusda?Yo’l-yo’l.
Xonaki cho’chqalarning naslboshi?Yovvoyi to’ng’iz.
Begemotlar qayerlarda tarqalgan?Afrikada.
Toq tuyoqlilarning qaysi barmog’i kuchli rivojlangan?3-barmog’i.
Toq tuyoqlilarning oshqozoni qanday tuzilgan va qaysi ichagi uzun bo’ladi?Sodda tuzilgan, ko’richak o’simtasi.
Toq tuyoqlilar qayerlarda yashaydi?Yalangliklarda.
Toq tuyoqlilarga qaysi hayvonlar kiradi?Ot,eshak,karkidon,tapir,zaebra,qulon.
Yovvoyi otning 2-nomi?Prejevalskiy oti.
Prejevalskiy oti asrimizning o’rtalarigacha qaysi cho’llarda yashagan?Markaziy Osiyo(Mo’guliston va Xitoy).
Prejevalskiy oti hozirda qayerlarda saqlanib qolgan?Qo’riqxonlarda va hayvonot bog’larida.
Prejevalskiy otining uzunligi, balandligi va og’irligi?Uzunligi-230sm, balandligi-130sm,og’irligi-300 kg.
Xonaki otlar qaysi otlardan kelib chiqqan?Tarpandan.
Xonaki eshak qaysi eshakdan kelib chiqqan?Afrika yovvoyi eshakidan.
Tapirlar qayerlarda yashaydi?Janubiy Amerika,Janubiy-Sharqiy Osiyodagi o’rmonlarda.
Karkidon qayerlarda tarqalgan?Tropik Afrikada va Janubiy Osiyoda.
Pirimatlarga tarif bering?sutemizuvchilar orasida eng yuksak tuzilgan hayvonlar.
Pirimatlarni ikkinchi nomi?maymunlar.
Pirimatlar turkumi qancha turni o`z ichiga oladi? 200 dan ortiq
Maymunlarning ko`pchiligi qayerda yashaydi? Tropik o`rmonlarda.
Pirimatlar so`zini manosi? Birinchilar
Pirimatlarning barmoqlari qanday tuzulgan? Uzun,ikkila oyoqlaridagi bosh barmog`i boshqa barmog`iga qarama qarshi joylashgan.
Pirimatlarning barmoqlari boshqa hayvonlarnikidan nimasi b-n farq qiladi?boshqa hayvonlarniki singari changal emas,balki yassi tirnoqlari bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |