O’mrov suyagi qaysi suyakka birikadi?Ichki tomondan to’sh, tashqi tomondan kurak suyagiga.
Umurtqa pog’onasining ko’krak qismi nechta umurtqaning birikishidan hosil bo’ladi?12 ta.
Bosh miya qutisi suyaklariga qaysi suyaklar kiradi?Tepa,ensa,peshona,chakka,asosiy,g’alvirsimon suyaklarga.
Umurtqa pog’onasining qaysi qismlari beshta umurtqadan iborat?Bel va dumg’aza.
To’sh suyagi qaysi suyaklar turkumiga kiradi va u qanday qismlarga bo’linadiG’ovak suyaklar, yuqori - dasta,o’rta – tana, pastki qismi – qilichsimon o’simtadan iborat.
Ko’krak qafasi suyaklariga qaysi suyaklar kiradi?12 ta ko’krak umurtqasi,12 ta juft qovurg’alar va to’sh suyagi.
Umurtqa pog’onasining dum qismi … umurtqadan tashkil topgan?4 – 5 ta umurtqadan
Oyoq suyagi necha guruhga bo’lib o’rganiladi va qaysilar?2 guruhga; oyoq kamari(chanoq) va erkin suyaklarga.
Nechta qovurg’alar orqa tomondan ko’krak umurtqalarga birikadi?24 ta .
Oyoq kamari(chanoq) suyakalari qaysi suyaklardan tashkil topgan?2 tomondan nomsiz suyaklar,orqa tomondan dumg’aza va dum umurtqa suyaklaridan.
Qaysi qovurg’alar old tomondan to’sh suyagga birikadi?Chin qovurg’alar.
Umurtqa pog’onasining qaysi qismi 7 ta umurtqadan tashkil topgan?Bo’yin.
Ko’krak qafasi suyaklarining nomi va soni ketma-ketlik bilan sanang?Chin qovurg’alar 7 juft,soxta qovurg’alar 3 juft, yetim qovurg’alar 1 juft.
Yetim qovurg’alar qayerda joylashgan?Qorin muskullari orasida erkin yotadi.
Ko`krak va o`mrov suyaklari qo`lning qaysi suyaklari guruhiga kiradi? Yelka kamari suyaklariga.
Oyoqning erkin suyaklarini ayting? Son, boldir, tizza qopqog`i va oyoq panjasi suyaklari.
Qo`l suyaklari nechta guruhga bo`lib o`rganiladi? Ikki guruhga, yelka kamari va erkin suyaklarga.
Ko`krak qafasidagi 6 ta soxta qovurg`alar qaysi suyaklarga birikadi? Ular o`zaro va 7-qovurg`aning tog`ayiga.
Ko`krak qafasidagi ikki juft qovurg`alar nima uchun yetim qovurg`alar deyiladi? Oldi tomondan tosh suyagiga birikmaganligi uchun.
Qo`lning erkin suyaklariga qaysi suyaklar kiradi? Yelka, bilak-tirsak, kaftustki, kaft va panja suyaklari.
Odam tanasidagi 206 ta suyaklar bir-biri b-n qanday birikadi? Harakatsiz va harakatli.
Bilakuzuk suyagi nechta suyak birikishidan hosil bo`gan? 8ta
Panja suyaklarini ayting? Bilakuzuk,kaft va barmoq suyaklari.
Barmoq suyaklari nechta suyakdan iborat? 14 ta.
Qo`lning qaysi suyagi 5 ta suyakning qo`shilishida hosil bo`gan? Kaft suyagi.
Qo`lning panja suyaklari nechta suyakdan iborat?27 ta
Bo`g`im necha qismdan iborat qaysilar? 3 qismdan bo`g`im xaltasi, suyakning bo`g`i yuzasi,bo`g`im bo`shlig`i.
Oyoq panja suyaklari necha guruhga bo`linadi? 3 guruhga tovon,kaftusti, barmoq suyaklari.
Harakatsiz birikkan suyaklarni ayting? Bosh, umurtqa, chanoq suyaklari.
Suyaklar bir-biri b-n nimalar yordamida birikadi? Boylamlar, tog`aylar, suyak choklari yordamida.
Bola o`sgan sari boshining qaysi qismlari chok yordamida birikadi? Peshona, tepa, chakka,ensa.
Suyaklar nima uchun harakatsiz birikadi? Bir- biriga uzluksiz-zich birikkanligi uchun.
Harakatli ya’ni bo’g’im hosil qilib birikishga qaysi bo’gimlar kiradi?Qo’l va oyoqlarning bo’gimlari.
Qo’lning qaysi qismlari bir-biri bilan bo’g’im hosil qilib birikadi?Yelka,tirsak,kaftust barmoq suyaklari.
Do'stlaringiz bilan baham: |