Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet108/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Hamma hayvonlarning rivojlanishi nimadan boshlanadi?1 ta tuxum hujayradan.

Har xil sistematik guruhlarga kiruvchi ya’ni xo’rdalilar tipiga kiruvchilarnning embrionlari rivojlanishining qaysi davri o’xshash bo’ladi?Dastlabki davrlari.

Odam organizmining biologik, aqliy, ruhiy,jismoniy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligi nima deb ataladi? Salomatlik.

Konstitutsiyaning 40-moddasida nima deyilgan? Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.

Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy talim olish davlat tomonidan kafolotlanadi “ushbu so`zlar qaysi moddada ko`rsatilgan? 41-modda.

Anatomiya nimani o`rganadi? Odam organizmining tuzilishini.

Organizm faoliyatini o`rganuvchi fan? Fiziologiya.

Organizmni yashashi normal o`sishi,rivojlanishi,o`qishi, mehnat qilishi u-n zarur sharoit yaratishni qaysi fan o`rganadi? Gigiena.

Organizmning to`qima va organlarning bir-biri b-n, shuningdek atrof muhit b-n aloqasini qaysi sistemalar orqali boshqariladi? Nerv va endokrin sistemalari.

Sog`lom avlod dasturi qachon tasdiqlandi? 2000-yil 15-fevraldagi 46-sonli qarori b-n.

Odamda uchraydigan ko`pgina kasalliklar va ularni davolashda ishlatiladigan dorilar haqida kimning qaysi asarida malumotlar berilgan? Abu Bakr ibn Axavay Buxoriy “Hidoyat”(tibbiyotni o`rganuvchilarga qo`llama).

Oddiy dorilar haqida katta to`plam asarining muallifi? Abu Mansur Buxoriy.

100 bobli Al-kimyo asarining muallifi? Abu Saxl Masix Jurjoniy.

10-asrda darslik sifatida keng qo`llanilgan asarlar? Oddiy dorilar haqida katta to`plam Al-kimyo.

Beruniyning Saydana kitobida o`simlik va hayvonlardan hamda mineral moddalardan tayyorlanadigan qancha dorilar haqida malumot berilgan? 1000 dan ortiq.

Ibn Sinoning Tib qonunlari (Kitob al- qonun fit tib) asarida nimalar bayon etilgan? Anatomiya, fizalogiya, gigiyena, ichki kasalliklar, jarrohlik, dorishunoslik, yuqumli kasalliklarga doir bilimlar.

Yuqumli kasallliklarnng kelib chiqishi va tarqalishida ifloslangan suv va havoning roli katta ekanligini kim aytgan? Ibn Sino.

Ibn Sino mikroblar(mayda hayvonlar) haqidagi fikrni L. Pasterdan qancha oldin aytib o`tgan? 800 yil
Anatomiya faniga hissa qo`shgan olimlar? Xudoyberdiyev, Ahmedov, Zohidov, Alavi, Asomov, Daminov.


Fiziologiya faniga hissa qo`shgan olimlar? Yunusov, Qodirov, Tursunov, Mahmudov, Rahimov.

Qalqonsimon bez kasalligini o`rgangan olim? To`raqulov.

Yuqumli kasalliklar tarqalish sababini o`rgangan olim ? Musaboyev.

Jarrohlik sohasiga hissa qo`shgan olimlar? Vohidov, Oripov.

Zufarov nimani o`rgangan? Turli kasalliklar tufayli hujayralarda kechadigan o`zgarishlarni.

Bolalar kasalliklarini o`rgangan olim? Shamsiyev.

Asab kasalliklarini o`rgangan? Majidov.

Ichki kasalliklarni o`rgangan olimlar? Asqarov, Ismoilov, Umidova.

Hujayra nima? Odam tanasining asosiy tuzilishi va funksional birligi.

Hujayraning ilgari malum bo`lmagan qismlarini o`rganishga nima imkon berdi? Mikroskopning kashf etilishi.

Hujayra qanday shakllarda bo`ladi? Sharsimon oval,kubsimon, silindrsimon, yulduzsimon, disksimon.

Hujayra qanday qismlardan tuzilgan? Membrana (parda), sitoplazma, yadro.

Hujayra membranasining tarkibini ayting? Oqsil va yog`(lipid).

Membrana hujayradagi qaysi jarayonda muhim ahamiyatga ega? Moddalar almashinuvi.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling