Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet109/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Hujayra ichidagi va hujayra tashqarisidagi( hujayralararo) suyuqliklardagi ionlar tarkibi malum muvozanatda bo`lishini nima taminlaydi? Membrana.

Sitoplazmaning tarkibi qanday moddalardan iborat? Organik va anorganik.

Hujayraning eng muhim tarkibiy qismi? Yadro.

Yadro qaysi organoidlarda bo`lmaydi? Qizil qon tanachalari.

Yadroning funksiyalarini ayting? *Hujayrada kechadigan fiziologik va morfologik jarayonlarni idora qiladi.*Hujayrada moddalar almashinuvi va oqsil sintezlanishini boshqaradi.*Irsiy axborotni saqlaydi.

Hujayra yadrosi qanday qismlardan iborat?1.Yadroning ustidan o`rab turuvchi parda.2.Yadro shirasi.3. Yadrocha.4.Xromosomalar.

Odamning somatik hujayralarda nechta xromosoma bo`ladi? 46 ta

Jinsiy hujayralarda nechta xromosoma bo`ladi? 23ta.

Har qaysi xromosoma tarkibida nechta gen bo`ladi? 1000 tagacha va undan ham ko`proq.

Hujayraning nasl apparatiga nimalar kiradi? Xromosoma va genlar.

Hujayra tarkibiga kiradigan makroelementlarga qaysilar kiradi? P,S,Ca,K,Na,Cl,Fe,Mg,Si. Mikroelementlarga-chi? J,Cu,Co,Zn,Ni,Au.

Duksimon hujayra qayerda uchraydi? Silliq tolali muskulda.

Hujayra tarkibining necha foizini suv tashkil qiladi? 70%

Hujayrada suvning qanday xususiyati muhim ahamiyatga ega? Erituvchi xususiyati.

Hujayraning anorganik moddalariga nimalar kiradi? Suv, mikro va makroelementlar.

Hujayraning organik moddalariga nimalar kiradi? Oqsil, yog`, uglevod, nuklein kislotalar.

Hujayra qanday usulda ko`payadi? Mitoz.

Mitoz qanday bosqichlardan iborat? Profaza, metafaza, anafaza, telofaza.

Mitoz natijasida hosil bo`lgan ikkita yosh hujayra qanday nasl apparatiga ega bo`ladi? Bir xil nasl apparatiga ega bo`ladi.

To`qima nima? Kelib chiqishi tuzilishi, funksiyasi,hayotiy jarayonlari bir-biriga o`xshash hujayralar to`plami.

Odam organizimida qanday to`qimalar bor? Epiteliy,biriktiruvchi, muskul, nerv.

Ichki organlar pardasi yoki shilliq qavati deb ataladigan toqima? Epiteliy(qoplovchi) toqima.

Epiteliy toqima qaysi hususiyatlarga ko`ra turlarga ajratiladi? Joylashishi, vazifasi, tuzilishi.

Epiteliy to`qimaning qanday xillari bor? Yassi( yapaloq), kubsimon, silindirsimon, bir qavatli, ko`p qavatli, bezli.

Yassi to`qima qayerda uchraydi? Teri ustini qoplab turadi.

Buyrakda qanday to’qima uchraydi? Kubsimon epiteliy.

Silindrsimon to`qima qayerda uchraydi? Ichakning ichki qavatida.

Tuksimon epiteliy qayerda uchraydi? Burun bo`shlig`ining ichki yuzasida.

Me’da ichaklarning ichki yuzasidagi epiteliy to`qima qanday vazifani bajaradi? Ovqat hazm qillishda ishtirok etadi.

Himoya vazifasini bajaruvchi epiteliy to`qimasi qayerda uchraydi? Terining ustki qismida va burun bo`lig`ining ichida.

Epteliy to`qimasining xarakterli belgisi nima? O`zaro zich joylashgan hujayralardan iborat, hujayralararo modda bo`lmaydi yoki juda kam.

Qaysi to`qima tez ko`payish hususiytiga ega? Epiteliy.

Biriktiruvchi to`qimaga nimalar kiradi? Suyak, qon, limfa, tog`ay, pay.

Biriktiruvchi to`qimaning xarakterli belgisi nima? Hujayralararo moddasi ko`p bo`ladi.

Biriktiruvchi to`imaning ikkinchi nomi? Qo`shiluvchi.

Pay va tog`aylar nimaning hisobiga cho`zilish bukilish tortilish kabi tasirlarga chidamli bo`ladi? Hujayralari orasida elastik tolalar ko`p.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling