Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Suvga biroz tuz qo’shilsa yoki mineral suv ista’mol qilinsa


Download 297.44 Kb.
bet117/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Qachon ichki muhitning suyuqlik miqdori o’zgarmaydi ?Suvga biroz tuz qo’shilsa yoki mineral suv ista’mol qilinsa.

Qon qanday muhim vazifalarni bajaradi?Tashuvchanlik,himoya qilish,nisbiy domiylik saqlashda,to’qima va organlar funksiyasini gumoral yo’l bilan boshqarishda.

Ichki muhit domiyligi buzilishiga tashqi muhit ham ta’sir ko’rsatishi mumkinmi?Ha.

Qonning tashuvchanlik vazifasini tushuntiring?Qon tanadagi oqsillar, yog’lar,uglevodlar,mineral tuzlar,vitaminlar, suv va boshqa oziq moddalarni hujayralarga yetkazadi.O’pkadan O2 qabul qilib, hujayralarga olib boradi va hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan qoldiq(zaharli) moddalarni va CO2ni o’ziga o’tkazadi.Bu moddalar esa qon orqali ayirish va nafas olish organlariga yetkaziladi.

Qonning solishtirma massasi suvnikiga nisbatan nechaga teng?1,050 – 1,060.

Suvning yopishqoqligi…deb qabul qilingan?1,0.

Qon plazmasining solishtirma massasi nechaga teng?1,025 – 1,034.

Shaklli elementlarning solishtirma massasi nechaga teng?1,090.

Qonning gumoral boshqaruv vazifasini tushuntiring?Endokrin bezlarida sintez qilingan gormonlar- bilogik faol moddalar qonga o’tib, u orqali to’qim va organlarga o’tkaziladi va ularni nerv sistemasi bilan birga nerv-gumoral boshqarilishini ta’minlaydi.

Qaysi suyuqlikning yopishqoqligi 5,0 ga teng?Qon.

Qonning yopishqoqligi suvnikiga qaraganda yuqori bo’lishiga sabab nima?Qonning tarkibida oqsil moddalar, shaklli elementlar va ayniqsa eritrotsitlar miqdori ko’p bo’ladi.

Gemoliz hodisasi qaysi paytda vujudga keladi?Qon osh tuzining gipotonik eritmasi bilan aralashtirilsa(tanada NaCl konsentratsiyasi pasayib ketsa).

Qonning osmotik bosimi necha atmosfera bosimiga teng?7,6 – 8,1.

Odam va barcha issiqqonli hayvonlar uchun fiziologik modda bo’lib hisoblanuvchi modda qaysi?Osh tuzining 0,9 % li eritmasi.

0,9% dan yuqori konsentratsiyali eritma qon uchun…eritma hisoblanadi?Gipertonik.

Qonning necha %ini qonda erigan NaCl tashkil etadi?60 %ini.

Probirkaga 2-3ml qon quyib, qon ikkiga ajralishi uchun 1 tomchi qanday modda qo’shiladi?Geparin.

0,9 % dan past konsentratsiyali eritma qonga nisbatan qanday eritma hisoblanadi?Gipotonik.

Qonning qizil rangdagi quyuq qismi ?Shaklli elementlar.

Qonning rangsiz qismi?Qon plazmasi.

Qon plazmasi tarkibida qanday moddalar bo’ladi?Oqsillar,yog’lar,uglevodlar,mineral tuzlar,gormonlar,fermentlar,antitanalar va erigan holdagi gazlar(O2 ,CO2) bo’ladi.

Qon plazmasining necha %ini suv tashkil qiladi?90 – 92 %ni.

Qon plazmasining 7 – 8%ini qanday modda tashkil qiladi?Oqsillar.

Plazma tarkibidagi qaysi moddalar hujayralarda moddalar almashinuvi jarayoni normal o’tishda muhim ahamiyatga ega?Vitaminlar,fermentlar,gormonlar.

Qon plazmasining necha %ini tuzlar tashkil etadi?0,9 %ni.

Qon plazmasi tarkibidagi qaysi moddalar organizni yuqumli kasalliklardan himoya qiladi?Antitanalar.

Qon plazmasining 0,8 %ini qanday modda tashkil qiladi?Yog’lar.

Qon plazmasining necha %ini glukoza tashkil qiladi?0,1%ni.

Qonning organizmni himoya qilish(immunitet) funksiyasini tushuntiring?Qon tarkibidagi leykotsitlar organizmga kirgan mikroblarni yutish, parchalash va eritib yuborish xususiyatiga ega.Qon zardobidagi maxsus oqsil zarrachalari(antitanalar) bo’lib, ular mikroblarni bir-biriga yopishtiradi va eritib yuboradi.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling