Qonning shaklli elementlariga qaysi moddalar kiradi?Eritrotsitlar,leykotsitlar,trombotsitlar.
Odam qonining qaysi hujayralarida yadro bo’lmaydi?Yetilgan eritrositlarda.
Eritrositlar qanday shaklga ega?O’rtasi ozroq botiq, yumaloq shaklda bo’ladi.
1 mm3 qonda qancha eritrotsit bo’ladi?4 – 6 mln o’rtacha 5 mln dona.
Eritrotsitlarning hosil bo’lishi nimaga bog’liq?Odamning sog’lig’iga,ovqatlanishiga,quyoshning ultrabinafsha nurlari yetarli bo’lishiga,jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishiga, ayniqsa ovqat tarkibidagi oqsillar, Fe moddasi, B guruhga kiruvchi vitaminlar yetarli miqdorda bo’lishiga bog’liq.
Eritrotsitlar qayerda hosil bo’ladi?Suyak komigida.
Eritrotsitlar qonga o’tgandan keyin qancha vaqt yashaydi?120 – kun (4 oy).
Eritrotsitlar qayerlarda parchalanadi?Jigar va taloqda.
Leykotsitlar qancha vaqt yashaydi?2 – 5 kun.
Eritrotsitlar parchalanganda ular qanday moddalarga ajraladi?Fe va gemoglabin .
Parchalangan eritrotsitlardan hosil bo’lgan Fe moddasi nima uchun sarflanadi?Suyak ko’migida yosh eritrotsitlar hosil bo’lishiga.
O’t suyuqligi qanday hosil bo’ladi?Parchalangan eritrotsitlarning gemoglabin tarkibidagi gem moddasi jigarda bilirubin moddasiga aylanib, o’t suyuqligi hosil qiladi.
Eritrotsitlarning asosiy vazifasi?Organizmning barcha hujayralarini O2 bilan ta’minlash.
Eritrotsitlar tarkibidagi gemoglabin o’t suyuqligi hosil qilishdan tashqari yana qanday jarayonlarda ishtirok etadi?O’pkalardan O2ni o’ziga biriktirib, hujayralarga yetkazadi, ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan CO2 ni yana o’ziga biriktirib o’pkalarga olib boradi.
Kamqonlik(anemiya) kasalligi qanday kelib chiqadi?Eritrositlarning soni va ular tarkibidagi gemoglabin miqdorining kamayishi natijasida.
Anemiya kasalligining oldini olish uchun nimalarga ahamiyat berish kerak?Ovqat tarkibida oqsil , Fe moddalari, vitaminlar yetarli miqdorda bo’lishi, jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shug’ullanish.Nafas oladigan havoning toza bo’lishiga ahamiyat berish kerak.
Eritrotsitlarning 2-nomi?Qizil qon tanachalari.
Leykotsitlar ….qon hujayralari hisoblanadi?Yadroli.
Leykotsitlarning 2-nomi?Oq qon tanachalari.
Leykotsitlar qanday turlarga bo’linadi?Granulotsitlar va aggranulotsitlar.
Yiring bu ….?O’lik leykotsitlar.
Agranulotsitlar qanday qon hujayralari hisoblanadi?Donasiz.
Leykopeniya nima?Leykotsitlar soning kamayishi.
Leykotsitlar qayerlarda hosil bo’ladi?Suyakning komig qismida va taloqda(limfotsitlar).
Leykotsitlar sonining ko’payib ketishi nima deb ataladi?Leykotsitoz.
Leykotsitlar qachon halok bo’ladi?Organizmga kirgan mikroblar va zararlangan hujayralarni yutib.
Granulotsitlarning 2-nomi?Donador.
Leykotsitlarning asosiy vazifasi?Organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilish.
Leykotsitlar organizmga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuborish hodisasi qanday nomlanadi?Fagotsitoz.
Fagotsitoz hodisasini kim aniqlagan?I.I.Mechnikov.
Qachon organizmda leykotsitlar soni ko’payib, 1 mm3 qonda 10 – 20 mingga yetishi mumkin?Odam yuqumli kasallik bilan kasallanganda.
Qon plastinkalari bu?Trombotsitlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |