OITSga qarshi kun?1 – dekabr.
Odam organizmida qonning to’xtovsiz harakatlanishini nimalar ta’minlaydi?Yurak va tomirlar.
Yurakning og’irligi erkak va ayollarda necha gramgacha bo’ladi?Erkaklarda 220 – 300 gr, ayollarda 18 – 220 gr.
Yurak qayerda joylashgan?Ko’krak qafasida to’sh suyagining orqasida, ikkala o’pkaning o’rtasida joylashgan bo’lib, ko’proq qismi chap tomonda turadi.
Yurak devori qanday qavatlardan iborat?Ichki – endokard,o’rta – miokard,tashqi – perikard.
Perikard qanday qismlardan tashkil topgan?Ichki yurak muskuliga yopishib turadigan-epikard qavati;tashqi parda.
Yurakning qisqarish va kengayish harakatlarining qulay bo’lishiga sabab nima?Perikardning ikkita qavat o’rtasidagi bo’shliqdagi suyuqlik.
Yurak qanday kameralardan tashkil topgan?O’ng va chap bo’lmacha, o’ng va chap qorincha.
Nima uchun chap qorincha devori qalin bo’ladi?Chap qorincha aorta qon tomiriga yuqori bosim bilan qon haydab, katta qon aylanish doirasini qon bilan ta’minlaydi.
Ikki tavaqali klapan qayerda joylashgan?Chap bo’lmacha bilan chap qorincha o’rtasida.
O’ng bo’lmacha bilan o’ng qorincha o’rtasida qanday klapan bor?3 tavaqali.
Yarimoysimon klapanlar qayerda joylashgan?Chap qorincha bilan aorta qon tomir o’rtasida, o’ng qorincha bilan o’pka arteriyasi o’rtasida.
Nima sababdan qon faqat bir tomonga, ya’ni bo’lmachalardan qorinchalarga, ulardan esa aorta va o’pka arteriyasi tomon harakatlanadi?Yurak klapanlari hisobiga.
Yurak orqali 1 minutda qancha qon o’tadi?5 litr.
Yurak qaysi arteriya orqali oziqlanadi?2 ta tojsimon arteriya.
Yurakning asosiy ishi nimadan iborat?Nasos singari vena qon tomiridagi qonni so’rib, arteriya qon tomiriga o’tkazish.
Yurakning qisqarishi nima deb ataladi?Sistola.
Yurakning bo’shashi nima deyiladi?Diastola.
Yurakning bir ish sikli deb nimaga aytiladi?Bo’lmacha va qorinchalarning 1 marta qisqarib – bo’shashishi.
Yurakning 1 minutdagi ish sikli nechaga teng?70 – 72 marta.
Yurakning har bir qisqarib-kengayishidan nechta puls hosil bo’ladi?1 ta.
Yurakning bir ish sikliga qancha vaqt sarflanadi?0,8 sek.
Yurak qorinchalari har bir qisqarganda qancha qonni aortaga chiqaradi?65 – 70 ml.
Yurakning sistolik hajmi nima?Qorinchaning har bir qisqarganda aortaga chiqaradigan qon hajmi.
Yurakning minutlik hajmi deb nimaga aytiladi?1 minutdagi yurak qorinchasidan chiqarilgan qon hajmi.
Minutlik hajm nechaga teng?4,9 litr.
Yurak avtomatsiyasi nima?Yurak tanadan va nerv sistemasidan ajratilganiga qarmay o’z – o’zidan ishlash xususiyati.
Yurak avtomatsiyasini nimalar ta’minlaydi?Yurak muskullari orasida joylashgan maxsus nerv-muskul tuzilmalari(tugunlari).
Nerv – muskul tuzilmalari qayerlarda joylashgan?O’ng bo’lmachaning kovak vena quyiladigan joyda(Keys-Flyak nerv tugunchasi), o’ng bo’lmacha va o’ng qorincha o’rtasida(Ashoff – Tovar nerv tuguni).
Qorinchalar avtomatsiyasi nimaning hisobiga boradi?Ashoff-Tovar nerv tugunidagi qo’zg’alishning Giss nerv tolasi va Purkine tolachalari orqali qorinchlarga tarqalishi hisobiga.
Yurak biotoklari qayerda hosil bo’ladi?Yurak muskullarida.
Yurak biotoki qaysi asbob yordamida yozib olinadi?Elektrokardiograf.
Elektrokardiogramma nima?Tasmaga yozib olingan biotok.
Do'stlaringiz bilan baham: |