Yurak qorinchasidan chiqib, tananing hamma qismlariga qon olib boruvchi tomir?Arteriya.
Arteriya qanday qavatlardan tashkil topgan?1)Ustki-qalin va elastik biriktiruvchi to’qima,2)o’rta-qalin,silliq muskul va elastik tolalar. 3)Ichki-yupqa bir qator hujayralar.
Kapillarlar qanday hosil bo’ladi?Arteriyalar organ va to’qimalarda yanada ingichkalashishidan.
Kapillar devori qanday tuzilgan?1 qavat hujayralardan iborat.
Barcha to’qimalar orqali o’tadigan qon tomiri qaysi?Kapillar.
Kapillarning kattaligi qancha?Odam sochiga nisbatan 50 marta ingichka.
Yurak bo’lmalariga keladigan qon tomiri?Vena.
Venalar devori qanday tuzilgan?Arteriyalarga o’xshash 3 qavatdan iborat, lekin yupqa.
Qon tomirlarning qaysida klapanlar bor?Venalarda.
Yirik venalarda joylashgan klapanlar qanday vazifani bajaradi?Qonning faqat yurak tomoniga oqishiga imkon beradi.
Nechta qon aylanish doirasi bor va qanday?2 ta,katta va kichik,
Qon aylanish doiralari qayerda boshlanadi va qayerda tugaydi?Yurakda boshlanadi va yurakda tugaydi.
Katta qon aylanish doirasini boshlanish va tugash joylarini ayting?Yurakning chap qorinchasidan aorta qon tomir orqali boshlanib, yirik o’rta va mayda arteriya qon tomirlari orqali tananing barcha to’qima va organlarini arteriya qoni bilan ta’minlab, vena qoniga aylanadi va yuqori hamda pastki kovak venalar orqali o’ng bo’lmachaga quyiladi.
Yurakning o’ng qorinchasidan chiquvchi o’pka arteriyalaridan boshlanib, o’ng va chap o’pkaga boruvchi va u yerdan venoz qonni arterial qonga aylantirib, 4 ta o’pka venalari orqali yurakning chap bo’lmasiga quyiladigan qon aylanish doirasi qaysi?Kichik qon aylanish doirasi.
Limfa tomirlari orqali qanday suyuqlik oqadi?Limfa suyuqligi.
Limfa sistemasi nimalardan iborat?Limfa kapillarlari, mayda, o’rtacha,yirik limfa tomirlari va limfa tugunlari.
Limfa aylanishning qon aylanishidan farqi nimada?Limfa tomirlari organ va to’qimalarga kelmaydi, balki ulardan boshlanadi.
Odam tanasida qancha limfa tuguni bor?460 taga yaqin.
Limfa tugunlari qayerlarda joylashgan?Tirsak bo’g’imi atrofida, qo’ltiqda,son-qovuq sohasida,bo’yinning old qismida.
Tanadagi barcha limfa tomirlarida hammasi bo’lib qancha limfa suyuqligi bor?1 – 2 litr.
Limfa suyuqligi limfa tomiridan qayerga quyiladi?O’mrovosti venasiga.
1 kecha – kunduzda qancha limfa suyuqligi vena qon tomiriga quyiladi?1200 – 1500 ml.
Limfa qayerdan hosil bo’ladi?To’qimalardagi suyuqlikdan.
Taloq qayerda joylashgan?Qorin bo’shlig’i chap tomonining yuqori qismida, ya’ni chap qovurg’alar ostida.
Taloqning og’irligi qancha?140 – 200 gr.
Taloqda leykotsitlarning qanday turi hosil bo’ladi?Limfotsitlar.
Taloqda hosil bo’lgan limfotsit qayerga chiqariladi?Limfa tomiriga.
Limfotsit qanday vazifani bajaradi?Immunitet xususiyatini ta’minlaydi.
Nima uchun taloq qon deposi deb ataladi?Taloqda qonning ortiqcha qismi zahira holda to’planadi.
Taloqning qanday vazifalari bor?Immunitet;qon deposi;yashash muddatini o’tagan eritrotsitlar va leykotsitlarni parchalanish joyi.
Qachon taloqda limfotrsitlarni hosil bo’lishi ko’payadi?Jismoniy mehnat va sport bilan shug’ullanganda.
Qonning tomirlar bo’ylab harakatlanishi qaysi qonunga muvofiq boradi?Gemodinamika.
Qon aylanish sistemasining qaysi qismida bosim baland bo’ladi?Yrakka yaqin qismida.
Do'stlaringiz bilan baham: |