Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Arteriya. Qon aylanish sistemasining qaysi qismida bosim va qon oqish tezligi past bo’ladi?Quyuq qismida


Download 297.44 Kb.
bet123/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Qon oqish tezligi qaysi qon tomirlarda yuqori bo’ladi?Arteriya.

Qon aylanish sistemasining qaysi qismida bosim va qon oqish tezligi past bo’ladi?Quyuq qismida.

Qon oqish tezligi aortada, arteriyada,arteriolada,venada,kapillarlarda nechaga teng?Aortada-40sm/sek, arteriyada- 40 – 10 sm/sek, arteriolada – 10 – 0,1 sm/sek, venalarda - 0,3 – 0,5 sm/sek, kapillarda – 0,1 sm/sek.

Tinch holatda katta odam tanasi bo’ylab qon 1 marta aylanib chiqishi uchun qancha vaqt ketadi?25 – 30 sek.

Qachon qon aylanib chiqishiga sarflanadigan vaqt qisqaradi?Jismoniy mehnat va sport bilan shug’ullanganda.

Puls nima?Qon tomiri devorining ritmik ravishda to’lqinlanib turishi.

Tomir urishi nima?Puls.

Arteriya qon tomiri devorining to’lqinlanishi nima deb ataladi?Arterial puls.

Vena pulsi qanday hosil bo’ladi?Vena qon tomiri devorining to’lqinlanishidan.

Arterial puls qanday hosil bo’ladi?Yurakning chap qorinchasi qisqarganda, qonning aortaga va undan arteriya tomirlariga yuqori bosim ostida chiqarilish natijasida ular devorining tebranishidan.

Puls qayerlarda sanaladi?Bilakning pastki qismidagi arteriya tomirida va tananing boshqa sohalarida.

Qon bosimi qanday yuzaga keladi?Qonning tomirlar devoriga ko’rsatgan bosim kuchidan.

Qon bosimining qanday xillari bor?Arterial va vena bosimi.

Yurak qon tomir sistemasi ish faoliyatini qaysi qon bosimini o’lchash yo’li bilan aniqlanadi?Arterial bosim.

Maksimal arterial bosim qanday hosil bo’ladi?Yurakning chap qorinchasi qisqarganida.

Maksimal arterial bosim yana qanday ataladi?Sistolik bosim.

Yurakning chap qorinchasi kengayganda qanday bosim yuzaga keladi?Minimal(diastolik) bosim.

Qon bosimi qaysi asbob yordamida va qayerda o’lchanadi?Sfignomonometr yoki tonometr asbobida,yelka arteriyasida.

Arterial qon bosimining ortishi va pasayishi nima deyiladi?Ortishi - gipertoniya, pasayishi – gipotaniya.

Gipertoniya qachon kelib chiqadi? Maksimal bosim 125-130 mm,minimal bosim 85mm dan oshganda.

Gipotoniya qachon kelib chiqadi? Maksimal bosim 110 mm dan , minimal bosim 70mm dan pasayganda.

Yurak va qon tomirlar faoliyati qanday yo`l b-n boshqariladi? Nerv-gumoral yo`l b-n.

Yurak va qon tomirlar ishi qanday yo`l b-n boshqariladi? Simpatik va parasimpatik ( adashgan) nervlar orqali.

Simpatik nerv qanday tasir ko`rsatadi? Yurak faoliyatini kuchaytiradi.

Parasimpatik nerv yurakka qanday tasir ko`rsatadi? Qisqarishini sekinlashtiradi.

Yurak ishini muozanatlab turuvchi nervlar qaysilar? Simpatik va parasimpatik.

Yurak ishini tezlashtiradigan va arterial bosimni oshiradigan buyrak usti bezi garmoni qaysi? Adrenalin.

Gipofizning orqa bo`lagidan ishlab chiqariladigan vasopressin garmoni qon timirkarga qanday tasir ko`rsatadi? Qon tomirni toraytirib bosimni oshiradi.

Atmosfera bosimi ortganda qaysi kasalliklar b-n og`rigan odamlarda bosh og`rig`i, bog`imda, yurakda og`riq seziladi? Gipertoniya, revmatizm, yurak kasalliklari.

Atmosfera bosimi ortishi qon bosimi ko`tarilgan keksa odamlarga qanday tasir ko`rsatadi? Miyaning mayda qon tomirlari yorilishi tufayli miyaga qon quyiladi.

Tog` kasalligi qanday kelib chiqadi? Balantlikka ko`tarilganda, havo bosimi pasayishi tufayli gavdaning ichki bo`shliqlaridagi gazlar kengayishidan.

Issiq qon tomirlaga qanday tasir ko`rsatadi? Qon tomirlar kengayadi, organizmdan tashqi muhitga ter b-n bug`lanish orqali issiqlik ajralishi ko`payadi.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling