Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet131/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Me’daosti bezining qalinligi va bo’yining uzunligi qancha?3 – 4 sm,17 sm.

Me’daosti bezi qanday qismlardan iborat?Bosh, tana va dum.

Me’daosti bezi funksiyasiga ko’ra qanday bez?Aralash bez.

Me’daosti bezining qaysi qismida insulin gormoni ishlab chiqariladi?Langergans orolchalarida.

Insulin gormoni qanday vazifani bajaradi?Bevosita qonga quyulib organizmda glukozani glikogenga aylantiradi.

Me’daosti bezining shirasi tarkibida qanday fermentlar bo’ladi?Tripsin,lipaza,amilaza.

Me’daosti bezi shirasidagi fermentlar qanday vazifani bajaradi?Tripsin – oqsilni, lipaza – yog’ni, amilaza – uglevodni parchalaydi.

Ovqat-hazm qilish organlari ishi qanday yo’llar bilan boshqariladi? Nerv va gumoral yo’li bilan.

Ovqat hazm qilishning nerv markazi qayerda joylashgan?Uzunchoq miyada va oraliq miyaning ko’rish do’mbog’i ostida(gipotalamusda).

Ovqat hazm qilishning nerv markazidan organlarini boshqaruvchi qaysi nervlar chiqadi?Simpatik va parasimpatik.

Ovqat hazm qilishning gumoral yo’l bilan boshqarilishida qaysi bez gormonlari ishtirok etadi?Gipofiz bezi gormoni va qalqonsimon bezning tiroksin gormoni.

Ovqat hazm qilishning susaytiruvchi va kuchaytiruvchi gormonlar qaysilar?Gipofiz bezi gormoni kuchaytiradi, tiroksin gormoni susaytiradi.

Ovqat hazm qilish qanday reflekslar orqali boshqariladi?Shartli reflekslar.

Tashqi muhitning issiq harorati ovqat hazm qilish organlari faoliyatiga qanday ta`sir ko`rsatadi?So`lak bezlari, me’daosti bezining meda-ichak silliq pardasi ostida joylashgan mayda bezlar,me’daosti bezinimg ish faoliyati buziladi,bu bezlardan so`lak va shira ajralishi kamayadi,jigarda o`t suyuqligi ishlab chiqarish kamayadi,me`da-ichaklarning perestalnik va mayatniksimon harakati susayadi.

Me’dada aralash ovqatlar necha soatda hazm bo’ladi?O’rtacha 4 soatda.

Ovqat hazm qilish organlarining kasalliklarini oldini olish uchun nimalarga ahamiyat berish kerak?Tozalikka va ovqatlanish qoidalariga rioya qilish zarur.

Ovqat tartibining buzilishi tez-tez takrorlanib tursa, me’dada qanday kasalliklar yuzaga kelishi mumkin?Surunkali gastrit va yara kasalliklari.

Me’da ichak kasalliklari necha turga bo’linadi va qaysilar?2 turga:me’da ichakning yallig’lanish kasalliklari, me’da ichakning yuqumli kasalliklari.

Me’da shilliq pardasining yallig’lanish kasalligi nima deyiladi?Gastrit.

Enterit qanday kasallik?Ingichka ichak shilliq pardasining yallig’lanish kasalligi.

Yo’g’on ichak shilliq pardasining yallig’lanishi nima deb ataladi?Kolit.

Me’da -ichakning yuqumli kasalliklariga qaysilar kiradi?Salmonelloz,botulizm,ichburug’(dizenteriya),qorin tifi,vabo(xolera).

Salmonelloz kasalligi qanday kelib chiqadi?Eskirib qolgan ovqatlarni iste`mol qilish oqibatida.

Salmonelloz kasalligiga chalingan odamda qanday o`zgarishlar kuzatiladi?zaharlangan taomni iste`mol qilgan odamning bir necha soatdan keyin ko`ngli ayniydi,qusadi,qorinning yuqori qismida og`riq paydo bo`ladi.

Ichburug` kasalligi qanday yuzaga keladi?Bir necha xil mikroblar qo`zg`atadi.

Ichburug` kasalligi qaysi yo`llar orqali yuqadi?Mikroblar yuvilmagan idish-tovoq, meva va sabzavotlar,zararlangan taomlar yuqadi,mikroblar tarqalishida ayniqsa qora(uy)pashshasi katta ahamiyatga ega.

Yuqumli sariq kasalligining ikkinchi nomi?Virusli gepatit.

Virusli gepatitning A turi qanqay yuqadi?Zararlangan taomlar,idish-tovoq,qaynatilmagan ariq,hovuz,quduq suvi orqali yuqadi.

Virisli gepatitning B va C turlari qanday yo`llar orqali yuqadi?Sterillanmagan shptris va ignalar orqali hamda bu kasallikning yengil turi bilan xastalangan odamdan olingan qon vaqon zardobini davolash maqsadida boshqa odamlarga yuborish orqali yuqadi.

Spirtli ichimliklar ichish ovqat hazm qilish organlariga qanday ta`sir ko`rsatadi? Me`daning ichki shilliq pardasini yallig`lantirib,surunkali gastrit va me’daning yara kasalliklarini yuzaga keltiradi.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling