Og`iz bo`shlig`ida qaysi bezlar kanalchalari joylashgan? So`lak bezlari (jag`osti, quloqoldi)
Sut tishlar soni nechta bo`ladi? 20 ta.
Tanglay qanday qismlarga bo`linadi? Yumshoq tanglay va qattiq tanglay.
Doimiy tishlar soni nechta bo`ladi? 32 ta.
Sut tishlari qachon chiqadi? Bolaning olti oyligidan ikki yoshigacha.
Doimiy tishlar qanday tishlardan iborat bo’ladi?Yuqori va pastki jag’da 16 tadan bo’lib, o’ng va chap tomonda 8 tadan bo’ladi, shulardan 2 tasi kesuvchi(kurak), 1 tasi qoziq, 2 tasi kichik oziq, 3 tasi katta oziq tishlar.
Doimiy tishlarning nechtasi 12 – 14 yoshgacha chiqadi? 28 tasi.
18 yoshdan keyin qaysi tishlar chiqadi?Katta oziq tishlar(aql tishlar).
Tish qanday qismlardan iborat?Tish toji(koronka), bo’yni va ildizi.
Katta oziq tishning tuzilishini ayting?Emal qavati,dentin qavati,sement qavati,qon tomirlari,nerv tolalari.
Zararlangan tish o’z vaqtida davolanmasa, mikroblar qonga o’tib, qaysi organlarni zararlaydi?Yurak,buyrak,jigar,miya.
Tish emal qavatining zararlanishi qanday kasallik hisoblanadi?Kariyes.
Qanday tish kasalliklari bor?Kariyes,pulpit,nekroz kasalligi.
Til qanday vazifani bajaradi?Ovqatni aralashtirib, tomoq tomonga o’tkazish, ta’mni aniqlash va so’zlarni ravon talaffuz qilish.
Til qanday qismlardan iborat?3 qismdan:uchi, tanasi va ildizi.
Tilning uchi,ildizi va yonida qanday ta’mni sezuvchi retseptorlar bor?Uchida – shirin,ildizida – achchiq,yon tomonida – sho’r va nordon.
Sezuvchi nerv tolalarining uchlari tilning qaysi qismida joylashgan?Tilning ustini qoplagan shilliq qavatda.
Og’iz bo’shlig’iga nechta so’lak bezlari kanalchalari ochiladi va ular qaysilar?6 ta:tilosti,jag’osti,quloqoldi.
So’lak bezlaridan ajralgan suyuqllik qanday vazifani bajaradi?Ovqatni ho’llab, yutilishini qulaylashtiradi.
So’lak tarkibidagi uglevodni parchalovchi ferment qaysi?Ptialin.
Og’iz bo’shlig’iga tushgan mikroblarni eritib yuborish xususiyatiga ega bo’lagn modda qaysi?Lizotsim.
Halqum qanday qavatlardan iborat?Shilliq va muskul.
Halqum uzunligi qancha?15 sm.
Halqum qanday qismlardan iborat?Burun,og’iz va hiqildoq qismlari.
Halqum vazifasi nima?Ovqatni og’iz bo’shlig’idan qizilo’ngachga,havoni burun bo’shlig’idan hiqildoqqa o’tkazish.
Halqumning pastki qismi qaysi organga tutashadi?Qizilo’ngachga.
Qizilo’ngachning uzunligi qancha?23 – 25 sm.
Qizilo’ngach qayerda joylashgan?Ko’krak qafasi to’sh suyagining orqa qismida.
Qizilo’ngachning vazifasi nima?Ovqatni tomoqdan oshqozonga o’tkazish.
Me’da qayerda joylashgan?Qorin bo’shlig’ining yuqori qismida,diafragma ostida.
Me’daning hajmi qancha?2,5 litr.
Me’daning ichki shilliq pardasi ostida qancha mayda bezlar joylashgan?14 mln.
Me’da shilliq qavatidan qanday moddalar ajraladi?Pepsin,lipaza fermentlari va HCl kislota.
Pepsin fermentining faolligini nima oshiradi?HCl kislota.
Oshqozon va ichak shirasini tekshirishda qanday metod qo’llaniladi?Zo’ndlash ya’ni elastik rezina naycha kiritish.
Hazm qilish organlari holatini o’rganishda qanday metoddan foydalaniladi?Rentgenoskopiya.
Rentgenoskopiyada kasalga rentgen nurlari o’tmasligi uchun qanday chora ko’riladi?Nur o’tkazmaydigan moddadan tayyorlangan bo’tqa ichiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |