Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet127/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Qayerlarda atmosfera bosimi yuqori bo’ladi?Suv ostida , chuqur g’orlarda.

Atmosfera bosimi yuqori bo’lgan joylardagi odamlarda qanday o’zgarishlar kuzatiladi?Odam qoni tarkibida, to’qima va hujayra suyuqliklarida erigan gazlarning miqdori ko’payadi, ayniqsa N2 gazi erigan holda miyaning qon tomirlarida to’planadi.

Agar odam yuqori atmosfera bosimi sharoitidan juda tezlik bilan normal bosimli sharoitga o’tsa, qanday belgilar va qanday kasallik yuzaga keladi? Erigan N2 gazi mayda pufakchalarga aylanib qon tomirlarga tiqilib qoladi va Kesson kasalligi yuzaga keladi.

Kesson kasalligiga chalingan odamda qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi?Bosh aylanadi,ko’ngli aynib quasdi, hamma bo’g’imlarida va belida og’riq paydo bo’ladi, ba’zan hushini yo’qotishi mumkin.

Kesson kasalligiga uchragan odamga qanday qilib 1-yordam ko’rsatish va uning oldini olish mumkin?Bunday hollarda yordam k’rsatish uchun bemorni yana suv ostiga yoki yuqori bosimli boshqa joyaga(maxsus kameraga) o’tkazish kerak.

Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanayotgan odam o’pkalarning minutlik ventilyatsiyasi qanchaga yetishi mumkin?100 litr.

Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanayotgan odamning 1 minutda nafas olish soni necha martaga yetadi?40 – 60 martaga.

Qanday hollarda organizmning O2 ga bo’lgan ehtiyoji kamayadi?Odamning tinch holatda kam, uxlagan vaqtda undan ham kam bo’ladi.

Qanday hollarda organizmning O2 ga bo’lgan ehtiyoji ortadi?Jismoniy mashq bajarganda,tinch holatdagiga nisbatan 5 – 10 marta ortadi.

Nafas harakatlarini boshqaruvchi muskullar faoliyati qaysi yo’llar bilan boshqariladi?Nerv – gumoral yo’l bilan.

Nafas olishning nerv sistemasi orqali boshqarilishi qanday boradi?Uzunchoq miyadagi nafas olish markazidan har 4 – 5 sekundda ritmik ravishda nerv impulslari orqa miyaning bo’yin va ko’krak qismida joylashgan diafragma va qovurg’alararo muskullar harakatini boshqaruvchi nerv markazlariga ta’sir ettirib, ularni qo’zg’atadi.Bu qo’zg’alish nerv tolalari orqali diafragma va qovurg’alararo muskullarni harakatlantiradi, natijada nafas olish va chiqarish jarayoni avtomatik ravishda boshqariladi.

Nafas olishni boshqaruvchi oliy nerv markazi qayerda joylashgan?Bosh miya yarimsharlarining po’stlog’ida.

Nafas olishning oliy nerv markazi odamning qanday holatlarini muvozanatlashtirib turadi?So’zlaganda,kuylaganda,jismoniy mashq bajarganda, yurganda,nafas olish tezligini, uning yuzaki yoki chuqur bo’lishini.

Qonda CO2 miqdori ko’paysa, …?Uzunchoq miyadagi nafas markazini qo’zg’atadi va nafas olish tezlashadi.

Agar o’quvchilar deraza va eshiklari yopilgan sinfda uzoq vaqt o’tirsa, qanday noxush belgilar kuzatiladi?Sinf havosi tarkibida CO2 miqdori ko’payadi, bunday havoda nafas olish natijasida ular qonida gaz miqdori ortib ketadi va o’quvchilarda bosh aylanishi, uyqu bosish,esnash,umumiy xavfsizlik va nafas qisish kabi noxush belgilar kuzatiladi.

Qachon nafas olish tezlashadi va sekinlashadi?Odam jismoniy mashq bajargan vaqtda uning qonida CO2 miqdori ko’payadi va u nafas markazlarini qo’zg’atib nafas olishni tezlashtiradi, qonda CO2 miqdori kamayib, normaga kelishi bilan nafas olishi sekinlashadi.

Nafas olish qanday qilib gumoral yo’l bilan boshqariladi ?Qon tarkibidagi CO2 miqdorining ko’payishi yoki kamayishi gumoral yo’l bilan nafas markaziga ta’sir etib, nafas olishning boshqarilishida ishtirok etadi.

Qanday vaqtlarda bemorga suniy nafas beriladi? Suvga cho`kkanda, shikastlanganda va boshqa og`ir kasalliklarda miyadagi nafas ishi buzilib nafas to`xtab qolganda.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling