Qaysi garmon reabsorbitsiya jarayonini pasaytirib,siydik ajralishini ko’paytiradi?Qalqonsimon bezda sintezlangan tiroksin garmoni.
Parasimpatik nerv tolalari qanday vazifani bajaradi?Buyrak qon tomirlarini kengaytirib,siydik ajralishini ko’paytiradi.
Bosh miyaning pastki sohasida joylashgan gipofiz bezining orqa bo’lagida simtezlangan antidiuretik garmon(ADG) ayirish organlari faoliyatiga qanday tasir ko’rsatadi?Buyrak egri-bugri kanalchalarining devoriga ta’sir ettirib,reabsorbitsiya jarayonini kuchaytiradi va siydik ajralishini kamaytiradi.
Nefronlar necha minut ishlab,necha minut dam oladi?15 minut ishlab,40-45minut dam oladi.
Siydik ayirish organlari kasalliklarini ayting?Nefrit,piyelonefrit.
Nefrit qanday kasallik?Buyraklarning yallig’lanishi.
Buyrakda tosh kasalligi qanday kelib chiqadi?Tuz almashinuvi buzulishi,ovqat tarkibida ko’p tuz iste’mol qilish,kam harakatlanish,ovqatlanish qoidalarining uzluksiz buzulishida oqibatida.
Siydik ayirish organlari yallig’lanish kasalliklarini nimalar keltirib chiqaradi?Shamollash,angina,tish kasalliklarini o’z vaqtida davolamaslik oqibatida.
Teri qanday to’qima tarkibiga kiradi?Epiteliy.
O’rta yoshli odamda terining sathi o’rtacha qancha bo’ladi?1.5-2m2.
Tananing qaysi sohalarida terining qalinligi 4mmgacha bo’ladi?Tananing orqa,son,qo’lning kaft,oyoqning tovon sohalarida.
Qovoq terisining qalinligi?0.4mm.
Teri necha qavatdan ibot va qaysilar?3 qavatdan:epidermis,derma,gipoderma.
Epidermis…?Terining ustki qavati.
Teri osti yog’ qavati?Gipoderma.
Asl teri qavati?Derma.
Epidermis qanday hujayralardan tashkil topgan?Epiteliy to’qimasining ko’p qavatli yassi hujayralaridan.
Epidermisning ustki qavati necha kunda yangilanib turadi?7-11 kunda.
Terining derma qavati qanday hujayralardan tashkil topgan?Biriktiruvchi.
Terining derma qavatida nimalar joylashgan?Juda ko’p mayda qon va limfa tomirlari,nerv tolalarining uchlari,retseptorlar,soch va tuk ildizlari,ter va yog’ bezlari,mayda muskul tolalari.
Gipoderma nimalardan tashkil topgan?Yumshoq biriktiruvchi to’qima va yog’ moddasidan.
Gipoderma qavati tananing qaysi sohalarida uchraydi?Qorin devorida,dumba sohasida,ayollarning ko’krak sohasida qalin,bo’yin,yelka,qo’l-oyoqlar sohasidayupqa bo’ladi.
Teri organizmda qanday funksiyalarni bajaradi?Himoya,sezish,ayirish,nafas olish va chiqarish,tana haroratining doimiyligini ta’minlash.
Terining himoya funksiyasini ayting?Teri odam tanasini tashqi tomondan qoplab turadi va uning ostida joylashgan barcha to’qimalarni tashqi muhitning noqulay(kimyoviy,fizik,mexanik)ta’sirlardan hamda mikroblar kirishidan himoya qiladi.
Terida qanday retseptorlar joylshgan?Terida 4xil ta’sirlarni sezuvchi retseptorlar joylashgan:og’riqni,issiqni,sovuqni sezuvchi hamda taktil retseptorlar.
Teri retseptorlari qanday xususiyatga ega?Tashqi muhitning turli xil ta’sirlariga moslanish.
Bir kecha-kunduzda katta odamda qancha ter ajraladi va uning tarkibini qanday moddalar tashkil etadi?500ml 2g osh tuzi,1g azot qoldig’i.
Qanday holatlarda ter ajralishi kuchayadi?Tashqi muhitning harorati ko’tarilganda,odam tanasining harorati ko’tarilganda,jismoniy mehnat,sport mashqlarini bajarganda,ruhiy(emotsional) ta’sirlar vaqtida.
Ona suti tarkibida qanchagacha oqsil bo’ladi?1.5%
Do'stlaringiz bilan baham: |