Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet134/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Vitamin tushunchasini kim birinchi fanga kiritgan?1912-yilda K.Funk.

Odam organizmida qancha vitamin turlari bor?40 dan ortiq.

Odam organizmida biror vitamin butunlay yo’qolsa qanday ataladi?Avitaminoz

Gipovitaminoz nima?Odam organizmida vitamin miqdorining kamayishi.

Organizmda vitamin miqdorining ko’payib ketishi nima deb ataladi?Gipervitaminoz.

Vitaminlar qanday guruhlarga ajratiladi?Yog’da va suvda eriydigan.

Yog’da eriydigan vitaminlar? A,D,E,K

Suvda eriydigan vitaminlar? B1,B2, B6,­B­12,B15,PP ,C.

A vitamin hayvon va odam organizmida qanday ahamiyatga ega?O’sish va rivojlanishda,hujayralarning bo’linib ko’payishida,epiteliy to’qimasining (terining ustki qavati,nafas yo’llari,ovqat hazm qilish organlarining ichki shilliq qavati) funksional holatini normal saqlashda ,ko’z o’tkirligining yaxshi bo’lishida ahamiyatga ega.

Organizmda qaysi vitamin yetishmasa, teri quruqlashib yoriladi,nafas yo’llari va oshqozon –ichak ichki shilliq qavatining yallig’lanishi yuzaga ke

ladi,ko’rish o’tkirligi pasayadi, bolalar va o’smirlar organizmining o’sishi va rivojlanishi susayadi? A vitamin.

Shabko’rlik kasalligining yuzaga kelishiga qaysi vitamin yetishmasligi sabab bo’ladi?A vitamin.

A vitamin qaysi mahsulotlar tarkibida ko’p bo’ladi?Baliq yog’i , sariyog’da , tuxum sarig’ida, jigarda, sabzi, qizil qalampir , o’rik tarkibida.

B1 vitaminining 2-nomi? Tiamin.

Riboflavin qaysi vitamin nomi?B2 vitaminining.

B1 vitamini (tiamin) odam organizmida qanday vazifani bajaradi? MNS da qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari normal o’tishida, odamning aqjiy ish faoliyati yaxshi bo’lishida muhim rol o’ynaydi.

B1 vitamini ovqat tarkibida miqdori yetarli bo’lmasa, qanday kasallik yuzaga keladi?Gipovitaminoz B1

Gipovitaminoz B1 kasalligiga chalingan odamda qanday belgilar yuzaga keladi?Oyoq-qo’l muskullari uyushib og’riydi, holsizlik, tez charchash,odam aqliy faoliyatining pasayishi, ya’ni o’zlashtirish, esda saqlash, e’tiborni muhim masalaga jalb etish kabi qobiliyatlar pasayadi,arzimagan narsaga jahli chiqadigan bo’lib qoladi.

Avitaminoz B1 qanday kasallik?B1 vitaminining uzoq muddat davomida yetishmasligi .

Avitaminoz B­1 yana qanday ataladi va uning belgilari?Beri – beri: nerv tolalari falajlanadi, terida sezuvchanlik oldiniga kuchayadi so’ng yo’qoladi, qo’l – oyoq muskullari harakati kuchsizlanadi, odam oyog’ini yaxshi ko’tara olmaydi, qadami kalta-kalta, oyog’iga kishan solingan odamga o’xshaydi.

Tiamin vitamini qaysi maxsulotlar tarkibida ko’p bo’ladi?Guruch po’stlog’ida,bug’do,non,loviya,no’xat,tuxum sarig’i,yong’oq,mol jigari.

C vitaminining 2-nomi?Askorbin kislota.

Askorbin kislotaning yetishmasligi tufayli qanday kasallik kelib chiqadi?Singa.

C vitamini odam organizmida qanday muhim ro’l o’ynaydi?Moddalar almashinuvida,ayniqsa oqsillar va uglevodlar almashinuvida.

Qaysi kasallik yuzaga kelganda odamda umumiy holsizlik, tez charchash,milklarning shishib bo’shashib qolishi, tishlarning qimirlab tushib ketishi, uni tish cho’tkasi bilan tozalaganda milk qonashi kuzatiladi?Singa.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling