Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Sirka kislotasi va boshqa zararli moddalar hosil bo`ladi


Download 297.44 Kb.
bet132/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Jigarda spirtning parchalanishidan nima hosil bo`ladi? Sirka kislotasi va boshqa zararli moddalar hosil bo`ladi.

Bunday kasallikka chalingan odamda qanday o`zgarishlar kuzatiladi?Odamning o`ng qovug`asi(jigar joylashgan joyda) vaqti-vaqti bilan og`riq seziladi,yog`li taomlar iste`mol qilganda,tez yugurganda,chopganda og`riq zo`rayadi,ko`ngli ayniydi,ba`zan qusadi.

Jigar serrozi kasalligi qachon yuzaga keladi?Surunkali gepatit kasallikka uchragan odam spirtli ichimlik ichishda davom etsa jigar hujayralarining ma`lum qismi zahar ta`sirida yemiriladi va ularning o`rniga biriktiruvchi to`qima hosil bo`lishi natijasida jigar serrozi kasalligi kelib chiqadi.

Jigar serrozi bilan og`rigan odamlarda qanday salbiy holatlar kuzatiladi?Jigaening hajmi kattalashadi,uning ish faoliyati mutlaqo buzuladi,o`ng qovurg`a ostida qattiqlashgan va kattalashgan jigar osilib turadi va og`riydi,bemorning umumiy ahvoli og`irlashdi,ish qobilyati pasayadi.

Chekish oqibatida organizmning qaysi muhim a’zolari zaharlanadi?Miya,yurak,jigar.

Nosning zararli tomonlarini ayting?Nosning erigan qismi og`iz bo`shlig`idan so`lak bilan yutib yuboriladi va me`da-ichakka tusib uni zaharlaydi.

Nos nimadan tayyorlanadi?Tamakining eng kuchli(zaharli)turlaridan.

Tamakidan tashqari nosga yana qanday moddalar qo`shladi?Ohak,kul, kabi zaharli moddalar.

Nos chekuvchilarda qaysi kasalliklar ko`p uchraydi?Og`z bo`shligi,qizilongach va me`da raki.

Tamaki tarkibida qanchagacha zaharli moddalar bo`ladi?3 mingdan ortiq.

Moddalar almashinuvi deb nimaga aytiladi? Odam tashqi muhitdan ovqat va suv qabul qilishi,organizmda uning o`zgarishi,hazm qilinishi,hosil bo`lgan qoldiq moddalarning tashqariga chiqarilishi.

Ovqat tarkibidagi organik moddalarning kimyoviy,mexanik,termik o`zgarishi natijasida potensial energiya qanday energiyaga aylanadi?Issiqlik, mexanik,va elektr energiyasiga.

Ovqat mahsulotlarining parchlalishi hisobiga hosil bo`lgan energiya organizmning qanday faoliyatlariga sarflanadi?Hosil bo`lgan energiya hisobiga to`qima va organlar ish bajaradi,hujayralar ko`payadi,hujayraning eskirgan qismlari yangilanadi,yosh organizm o`sadi,rivojlanadi,tana harorati doimiyligi saqlanadi.

Assimilatsiya va dissimilatsa jarayonlarining yig`indisi? Moddalar almashinuvi jarayoni.

Assimilatsiya nima? Odam organizmida tashqi muhitdan qabul qilingan moddalarning hujayralari tomonidan o`zlashtirilishi,ya`ni oddiyroq moddalardan murakkabroq kimyoviy moddalarhosil bo`lish jarayoni.

Assimulo” so`zi qanday ma`noni bildiradi?”O`xshataman”.



Assimilatsiya jarayoni natijasida oganizmda qanday o`zgarishlar sodir bo`ladi?Hujayralar ko`payadi,ayniqsa yosh organizmning o`sish va rivojlanishini ta`minlaydi.

Dissimilatsiya nima? Hujayralar tuzilmasi,jumladan oqsil birikmasi tarkibiga kiradigan moddalarning parchalanish,yemirilish jarayoni.

Dissimulo”so’zi qanday manoni bildiradi?”O’xshatmayman.



Murakkab molekulyar organic birikma?Oqsillar.

Oqsillar qanday funksiyalarni bajaradi?Plastik funksiya-oqsillar odam organizmning barcha hujayralari tarkibiga kiradi. Energetik funksiya-kislorod ishtirokida oksidlanib energiya hosil bo`ladi.

1g oqsil parchlanganda qancha kkal energiya hosil bo`ladi?4,1kkal.

Oqsillar nimalardan tuzilgan?Aminokislotalardan.

Aminokislotalar tarkibiga ko`ra oqsillar qanday turlarga ajratiladi?Sifatli va sifatsiz oqsillar.

Qaysi oqsillar hayvon va parranda mahsulotlarida bo`ladi?Sifatli.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling