Bo’g’im hosil qiluvchi 2 ta suyakdan 1-sining uchi qanday shaklda bo’ladi?Qavariq, silliq,
Oyoqning qaysi qismlari bir-biri bilan bo’g’im hosil qilib birikadi?Son-chanoq,tizza,boldir-tovon,panja suyaklari.
Bo’g’im hosil qiluvchi suyakdan 2-sining uchi uchi qanday shaklda bo’ladi?Botiqroq.
Suyak necha qismdan iborat va qaysilar?4 qismdan; suyak usti pardasi,ustki qattiq plastinkasimon qavat,ichki g’ovak qismi va ilik bo’shlig’i.
Suyakning ustki qavat qanday tuzilgan?Qattiq zich plastinkasimon.
Periost nima?Suyak yuzasini qoplab turuvchi suyak pardasi.
Suyakusti pardasi qanday vazifalarni bajaradi?Suyakni oziq moddalar bilan ta’minlaydi,uning o’sishida, singanida,yorilganida jarohatning bitishiga yordam beradi.
Suyakusti pardasi qaysi to’qimadan iborat?Biriktiruvchi.
Suyakning qaysi qismalari ko’plab ingichka kanalchalar, ularda esa qon tomirlari limfa va nerv tolalari joylashgan bo’ladi?Ichki va ustki qavatida.
Suyaklarning kimyoviy tarkibini qanday moddalar tashkil qiladi?Organik va anorganik moddalar.
Organik moddalar suyakning necha qismini tashkil qiladi?3 dan 1 qismini(1/3).
Anorganik moddalar suyakning necha qismini tashkil etadi? 3 dan 2 qismini(2/3).
Suyakning 60 % ini nima hosil qiladi?Fosfat tuzlari.
CaCO3 tuzi suyakning necha % ini tashkil qiladi?5,9 %.
Yangi tug’ilgan chaqaloqning bo’yi o’rtacha necha sm bo’ladi?50 sm.
Chaqaloqning bosh suyagidagi o’zaro birikmagan yumshoq bo’shliqlar nima deyiladi?Liqildoq.
Chaqaloq 1 yoshgacha har oyda necha sm gacha o’sadi?2 sm.
Qachon bolaning bo’yi 74 – 75 sm ga yetadi?1-yoshning oxirida.
Katta liqildoq qayerda joylashgan?Peshana va tepa suyagi o’rtasida.
Bosh suyagi bolaning qaysi yoshlarida tez o’sadi?3 – 4,6 – 8 , 11 – 15.
Bola bosh suyagining o’sishi va shakllanishi necha yoshgacha davom etadi?20 – 25 yoshgacha.
Bola necha yoshdan boshlab, uning o’sishi har yili 5 – 7 smni tashkil etadi?2 yoshdan.
Bolaning qaysi yoshlarida bo’yiga o’sish tezlashadi?3 yoshgacha,5 – 7,12 – 16 yoshgacha.
O’sish necha yoshgacha davom etadi?20 – 25 yoshgacha.
Odam bo’yining uzunligi qaysi suyaklar o’sishiga bog’liq?Uzun naysimon va umurtqa pog’onasining.
Chaqaloqlarda nechta liqildoq bo’ladi?6 ta.
Kurak , o’mrov, yelka, bilak, tirsak suyaklarining suyakka aylanishi necha yoshgacha davom etadi?20 – 25 yoshgacha.
Raxit kasalligi nimalar oqibatida kelib chiqadi?D vitaminining yetishmasligi yoki quyosh nuridan yetarli foydalanmaslik, organizmda P va Ca tuzlari buzilishi oqibatida.
Suyakning o’sishi tufayli qaysi qismi qattiqlashib, suyakka aylanadi?Ustki qismi.
Suyakning qattiq qismi qanday hosil bo’ladi?Tog’ay qismida mineral tuzlar to’planishidan.
Umurtqa suyaklari necha yoshlar orasida suyakka aylanib bo’ladi?17 – 25 yosh orasida.
Raxit kasalligiga chalingan bolada qanday o’zgarishlar kuzatiladi?Suyagi yumshab, egiluvchan bo’lib qoladi.Ayniqsa oyoqlari umurtqa pog’onasi,ko’krak qafasi,chanoq suyagi egrilanib qad-qomati normal shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Qo’l kaftining suyakka aylanishi necha yoshgacha davom etadi?15 – 16 yoshgacha.
Nima uchun odam bosh skeletining miya qismi yuz qismiga nisbatan yirikroq bo’ladi?Bosh miyasining yuksak darajada rivojlanganligi uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |