Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet29/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Ko’saklari mayda,tolasi mallarang,qisqa va dag’al vatani Afrika,O’rta Osiyoda 1925-yilgacha ekilgan bu qaysi o’simlik?Javdari g’o’za.

Qaysi o’simlik O’zbekiston dehqonchiligida asosiy o’rinni egallab kelmoqda?Oddiy g’o’za(meksika)

Gulxayridoshlarga kiruvchi o’simliklar nimasi bilan boshqa o’simliklardan ajralib turadi?Ostki gulkosachabarglarining borligi,changchilarining qo’shilib o’sganligi bilan.

Seleksioner olimlarimiz tomonidan g’o’zaning qanday navlari yetishtirilgan?Serhosil,tezpishar,tolasi uzun va pishiq,qurg’oqchilikka,tuzga hamda kasallikka chidamli.

Gullari yirik, gultojbarglari sap- sariq limon rangida,tubida qizil dog’i bor,ko’saklari yirik,3-4 chanoqli,yaxshi ochiladigan osimlik?Barbadoss(Misr) g’o’zasi.

Qaysi o’simlikning vatani Markaziy Amerika bolib,1925-yildan beri O’zbekiston dehqonchiligida asosiy o’rinni egallab kelmoqda?Meksika(Oddiy) g’o’za.

Ingichka tolali g’o’za navlari va Misr g’o’zasi qaysi turga ta’luqli?Misr g’o’zasi.

O’zbekistonda bo’ritaroq turkumiga oid nechta tur o’sadi?Kanopdan tashqari 5ta tur.

Misr g’o’zasining vatani qaer?Janubiy Amerika.

Tugmachagul turkumiga oid nechta tur O’zbekistonda o’sadi?6ta.

Gulxayridoshlarning qancha turkum va qancha turi bor?70 turkum 900 tur.

O’zbekistonda-chi?7 turkum 27 tur.

Gulxayridoshlar mevasining turi qanday?Ko’sak meva.

Gulxayridoshlar oilasining gul formulasi?GK(3)+(5)Gt5 Gh(∞) U(∞)

Qaysi o’simlikning boshi olovda oyog’i suvda bo’ladi?Yantoq.

Guli to’q-sariq,dukkagi cho’ziq, gullari changlanib va urug’lanib bo’lgach,gulli novdalari qayrilib,tuproq ichiga kiradi va meva hosil qiladi.Bu xususiyatlar qaysi o’simlik uchun xos?Yeryong’oq.

Tuxumak o’simligining 2-nomi?Yapon saforasi.

Burchoqdoshlarga kiruvchi madaniy o’simliklar?Mosh,no’xat,loviya,soya,yasmiq,yeryong’oq.

Burchoqdoshlarga kiruvchi yovvoyi o’simliklar?Isirg’ao’t,shirinmiya,oqquray,qashqarbeda,afsonak,astragal,burchoq,beda,sebarga,tangao’t,oksitrops,yantoq,quyonsuyak.Manzarali daraxt sifatida ekiladigan burchoqdoshlar?Tuxumak,tikan daraxt,oq akatsiya.Gul formulasi orqali nimani aniqlash mumkun?Qaysi oilaga kirishini.

Tangao’tning nechta turi O’zbekiston qizil kitobiga kiritilgan?8ta.

Yantoq qanday maqsadlarda foydalaniladi?Yem-xashak va shakar olishda.

Astragalning nechta turi qizil kitobga kiritilgan?37 turi.

Oksitrops nechta turi qizil kitobga kiritilgan?13 turi.

Qaysi o’simlikning gullari mayda 2-3,5sm keladigan boshcha shaklidagi to’pgulda joylashgan?Sebarga.

Burchoqdoshlarning guliga ta’rif bering?Qiyshiq,simmetriyali,2jinsli.

Burchoqdoshlarning guli qanday to’pgulda joylashgan?Kallakcha,shingil.

Burchoqdoshlarning bargiga ta’rif bering?Murakkab,oddiy,yon bargchali,poyada ketma-ket joylashgan.

Burchoqdoshlarning ildiziga ta’rif bering?O’q ildiz,ildizida tugunak bakteriyalar yashaydi.

Burchoqdoshlarning poyasiga ta’rif bering?Tik o’suvchi,ilashuvchi,o’raluvchi,yotib o’suvchi.

Qaysi o’simlikning dukkagi bir urug’li,tuxumsimon,uzunligi 1,5-2mm bo’ladi?Sebarga.

Burchoqdoshlarning mevasi qanday meva turiga kiradi?Dukkak meva.

Barglari uzun bandli uch yaproqchali bo’yi 25-50sm keladigan ko’p yillik o’t bu-?O’tloq sebargasi.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling