Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet69/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Kapalaklarning og’iz organi qanday tipda?So’ruvchi.

Kapalak qurti kapalaklardan nimasi bilan farq qiladi?Og’iz organlari qattiq oziqni kemirishga moslashgan bo’lib,ko’krak bo’limida 3 juft haqiqiy oyoqlar,qorin bo’limida 5 juft soxta oyoqlar bo’lishi bilan.

Qorin oyoqlarining haqiqiy oyoqlaridan farqi?Soxta oyoqlari yo’g’on,bo’g’imlarga bo’linganligi va tovon qismida mayda ilmoqchalar bo’lishi

Qurtlar qaysi oyoqlari yordamida harakatlanadi va qaysi oyoqlari yordamida oziqni ushlab turadi?Qorin oyoqlari yordamida va ko’krak oyoqlari yordamida.

Karam kapalagi qaysi o’simliklar bargi bilan oziqlanadi?Karam,sholg’om,turp,achambiti(karamdoshlar).

Karam kapalagining 2-nomi?Oq kapalak.

Oq kapalak deyilishiga sabab?Qanotlarining oq rangda bo’lishi.

Karam kapalagining qaysi belgisi bilan boshqa kapalaklardan farq qiladi?Qanotlarining chetki qismida qora dog’lar borligi bilan.

Karam kapalagi qo’nganda qanotlarini qanday tutadi?Tanasining ustida tik bo’lib taxlanadi.

Karam kapalagining barg orasida sezilmashiga sabab?Qanotlarining ostki tomoni yashil-sarg’ish rangda bo’lgani.

Karam kapalagi tuxumlarini qayerga qo’yadi?O’simlik bargi ostiga.

Tuxumlaridan chiqqan qurtlar dastlab qanday rangda va keyinchalik rivojlanib qanday rangga kiradi?Sariq va ko’k-yashil.

Kapalakning orqa va yon tomonlarida qanday dog’lar bo’ladi?Sariq va qora.

Karam kapalagining qurti qayerda g’umbakka aylanadi?Daraxt yoki devorlarga chiqib.

Gumbakdan chiqqan kapalak qancha vaqtdan so’ng ucha boshlaydi?Bir necha soatdan so’ng.

Kapalaklar turlarini sanang?Poliksina,maxaon,sariq kapalak,do’lana kapalagi,no’xat oq kapalagi,apollon,moviy kapalagi,zorka,podalariy, kulrang satir,katta sadafdor,tovusko’z,qichitqio’t kapalagi,tok arvoh kapalagi.

Qadimgi xalq xo’jaligining tarmoqi qaysi?Tut ipak qurtchilik.

Eng qadimgi xonakilashtirilgan organism?Tut ipak qurti.

Tut ipak qurtining asl vatani?Himolay.

Tut ipak qurti bundan necha ming yil ilgari Xitoyda boqilgan?5000.

Hozirgi kunda qayerlarda boqilmoqda?Yaponiya,Xitoy,Brazilya,O’rta Osiyo,Janubiy-sharqiy Osiyo,Janubiy Yevropa va Kavkazda.

Tut ipak qurtining kapalagini uzunligi qancha va qanday rangda bo’ladi?4-6 sm,oqish.

Kapalak xonaklashtirilgani tufayli qanday qobilyati yo’qolgan?Uchish qobilyati.

Tut ipak qurti erkak kapalagining urg’ochisidan farqi?Nisbatan xipcharoq,mo’ylovlari patsimon va uzun bo’ladi.

Qaysi hasharotlar oziqlanmaydi?Tut ipak qurtining kapalagi.

Qaysi hasharot tuxum qo’ygandan nobud bo’ladi?Tut ipak qurtining kapalagi.

Tut ipak qurtining qaysi organi kuchli rivojlangan?Ipak suyuqligi ajratuvchi so’lak bezlar.

Tut ipak qurtining ipak suyuqligi qayerni to’ldirib turadi?Tana bo’shlig’ini.

Tut ipak qurtining so’laklari havoda qanday o’zgarishga uchraydi?Qotib ipga aylanadi.

Tut ipak qurtining so’lak suyuqligi qotib qancha metr ip gosil qiladi?1000 – 1500

Tut ipak qurti iplaridan nima hosil qiladi?Pilla.

Tut ipak qurti qayerda g’umbakka aylanadi?Pilla ichida.

Nima uchun tut ipak qurti deb aytiladi?Tut bargi bilan oziqlanganligi.

Pillachilik xalq xo’jaligining qanday tarmoqlarni o’z ichiga oladi?Tut ipak qurtini boqish va uni qayta ishlash.

Tut ipak qurti qayerlarda boqiladi?Maxsus pilla xonalarda so’kchaklar ustida boqiladi.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling