Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Download 297.44 Kb.
bet70/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Tut ipak qurtining qurtlik davri necha kun?20 – 24 kun.

Tut ipak qurti necha marta tullaydi va necha yoshga kiradi?4 marta tullab, 5-yoshga kiradi.

Beshinchi yoshida qurtning uzunligi qancha bo’ladi?8 – 9 sm

Tullayotgan qurtda qanday jarayonlar kuztilmaydi?Oziqlanish va harakat.

Oziqlanish va harakatdan to’xtash davri nima deb ataladi?Uyqu davri.

Tut ipak qurti qayerga chiqib, pilla o’rab g’umbakka aylanadi?Qurigan shoxlar ustiga.

Fabrikalarda pilla ichidagi g’umbak qanday o’ldiriladi?Issiq suv yoki bug’ ta’sirida.

1 kg pilladan qancha gramm yengil va pishiq tabiiy ipak olinadi?90 gr.

O’zbekiston Respublikasi ipakchilik inistituti olimlari tomonidan qanday ishlar olib borilgan?Ipak qurtining oq pilla beradigan sermaxsul zotlari tut daraxtlarining mo’l va to’yimli barg beradigan navlari.

Pardaqanotlilarga qaysi hasharotlar kiradi?Asalari,sariq ari, qovog’ari, yaydoqchalar, chumoli.

Asalarilar oilasi qancha va qanday arilardan tashkil topgan?10 000-50 000 ba’zan 100 000gacha ishchi arilar,1 ta ona ari, bir necha yuzlab erkak arilar.

Asalarilar nimadan yasalgan uyalarda boqiladi?Yog’ochdan yasalgan maxsus qutilarda.

Asalarilar qutilar ichida qanday uyalar hosil qiladi?Mumdan 6 qirrali katakchalar.

Ona ari va erkak arilarning ishchi arilardan farqi?Yirik bo’ladi.

Erkak arining urg’ochi va ishchi arilardan farqli tomonlari?Mo’ylovlari va ko’zlari yaxshi rivojlangan,nashtari bo’lmaydi.

Ishchi arilar qanday arilar hisoblanadi?Voyaga yetmagan urg’ochi arilar.

Ishchi arilarning ko’z tuzilishini ayting?Boshining 2 yonida 2 ta murakkab ko’zlar, ular orasida 3 ta oddiy ko’zchalar.

Ishchi arilarning boshidagi 1 juft mo’ylovlari qanday vazifani bajaradi?Hid bilish.

Arilar gullarning qanday belgilarini yaxshi farqlay oladi?Gul hidini va rangini.

Arilarning ko’zlari qanday ranglarni va qanday nurlarni yaxshi farqlay oladi?Sariq va ko’k ranglarni hamda ultrabinafsha nurlarni.

Arilar qanday ranglarni ajrata olmaydi?Qizil rangni.

ishchi arilar yuqori jag’lari yordamida qanday jarayonlarni amalga oshiradi?Mumdan kataklar yasaydi,changdondan chang oladi.

Ari naysimon xartumi nimalar o’zgarishidan hosil bo’ladi?Pastki lab va jag’lar.

Arilarning og’iz organlari qanday tipda?Kemiruvchi va so’ruvchi.

Ishchi arilar gul changini nimalar yordamida yig’ib oladi?Orqa oyoqlaridagi maxsus savatchalar va tukchalar.

Ari chaqqanda arida qanday jarayonlar kuzatiladi?Nashtari terida uzilib qolib, mayib bo’lib nobud bo’ladi.

Erkak va ona arining qaysi organi rivojlanmagan?Og’iz organi, shuning uchun mustaqil oziqlanaolmaydi.

Ishchi arilar qanday ishlarni bajaradi?Uyni tozalash,qo’riqlash,ona va erkak arilarni va qurtlarni oziqlantirish,gul changi va nektar yig’ish kabi ishlarni bajaradi.

Arilarda asal qanday hosil bo’ladi?Yig’ilgan nektar jig’ildondagi so’lak bilan aralashib,katakchalarda.

Arilar qurtlarni nima bilan boqadi?Gul changi va asal.

Yangi asalarilar oilasi qaysi oyda va qanday yo’l bilan hosil bo’ladi?May-iyun oylarida,g’ujlanish(ko’chib chiqish).

Ona ari qanday tuxumlar qo’yadi?Urug’langan va biroz urug’lanmagan.

Urug’langan va urug’lanmagan tuxumlardan qanday arilra rivojlanadi?Urug’langan – urg’ochi,urug’lanmagan – erkak.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling