Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Suvda hamda quruqlikda yashovchilardan


Download 297.44 Kb.
bet88/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Sudralib yuruvchilar qaysi hayvonlardan kelib chiqqan?Suvda hamda quruqlikda yashovchilardan.

Amerika qit’asida tarqalgan timsoh?Alligator timsohi.

Gaviallalar qayerda uchraydi?Hindistonda.

Eng yirik timsoh qaysi va uning uzunligi?Nil timsohi, 7 – 10 m.

Qaysi timsohlarning uzunligi 6,5 m ni tashkil qiladi?Alligator va Gavialla.

Bundan necha yil oldin yer yuzida iqlimning qanday o’zgarishi tufayli suvda yashovchilar quruq iqlimga moslashib borgan?300 mln yil oldin iqlimning quruqlashishi tufayli.

Bundan 300 mln yil oldin iqlimning quruqlashishi tufayli suvda yashovchilarda qanday o’zgarishlar sodir bo’lgan?Quruq iqlimga moslashib borgan,terisi qalinlashgan,o’pkasi kengayib terisi nafas olishda ishtirok etmaydigan bo’lib qolgan,tuxumlarning po’sti qalinlashib quruqlikka tuxum qo’ya boshlagan.

Suvda hamda quruqlikda yashovchilardan qaysi hayvonlar kelib chiqqan va ularda qaysilar kelib chiqqan?Dumli va dumsizlar.

Sudralib yuruvchilar sinfining qancha turi bor?6000 ga yaqin.

Sudralib yuruvchilar qanday turkumlarga ajratiladi?Tangachalilar,toshbaqalar,timsohlar.

Sudralib yuruvchilarning 2-nomi?Reptiliyalar.

Sudralib yuruvchilar faqat qasyi organi orqali nafas oladi?O’pkasi bilan.

Nil timsohi qayerlarda uchraydi?Afrikada.

Qushlarga ta’rif bering?Havo muhitiga moslashgan issiqqonli hayvonlar.

Qushlar suyaklarining yengil bo’lishiga sabab?Naysimon suyaklarining bo’shlig’i havo bilan to’lgan.

Qushlarning yuragi necha kamerali?4 kamerali.

Kaptarning gavda bo’limlarini sanang?Bosh,bo’yin,tana,oyoqlar.

Kaptarning uncha katta bo’lmagan dumaloq boshi tanasiga qanday birikkan?Uzun va juda harakatchan bo’yni orqali.

Qushlarning oldingi oyoqlari nimaga aylangan?Qanotga aylangan.

Qushlar uchayotganida yoyilgan qanotlar qanday vazifani bajaradi?Ko’tarilish.

Qushlar oyoqlarining pastki qismi nimadan iborat?Iligdan.

Qushlarning barmoqlari nimalar bilan qoplangan?Muguz tangachali dag’al teri bilan.

Kaptar faqat … tayanib yuradi?Oyog’iga.

Qushlar terisi nima bilan qoplangan?Patlar.

Patlar tuzilishiga ko’ra nimalarga bo’linadi?Kontur patlar va parlarga bo’linadi.

Qushlarda qoqish vazifasini nima bajaradi?Qanotlari.

Qushlarning tanasini boshqarish organi?Dum.

Qushning pati nimalardan iborat?Ingichka va qattiq o’zakdan hamda uning 2 tomonida joylashgan keng va yumshoq yelpig’ichdan iborat.

Qushning pat yelpig’ichi nimadan chiqadi?Patning o’zagidan.

Qushlarning terisiga ta’rif bering?Terisi yupqa va quruq bo’lib, patlar bilan qoplangan.

Qushlarning teri bezlari qanday?Rivojlanmagan.

Pat o’zagidan chiqadigan 1-tartib o’siqchalar o’zaro … joylashgan?Parallel.

Ingichkaroq 2-tartib o’siqchalar qayerda joylashgan?Har bir o’siqchaning 2 yonida yanada ingichkaroq bo’lib.

Bir-birining ustiga tushib turadigan yondosh o’siqchalar nimalar yordamida qo’shilib ketgan?Juda mayda ilgakchalar yordamida.

Qushlar uchganida qanot va dum qismi qanday vazifani bajaradi?Ko’tarilish.

Qushlarning momiq patlari qayerda joylashgan?Qoplag’ich patlari ostida.

Pat bilan parni farqi nimada?Patlar yelpig’ich yumshoq va g’ovak bo’ladi,2-tartib o’siqchalar bo’lmaydi.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling