Ilik suyagining pastki uchiga qaysi suyaklar birikadi?Barmoq.
Ilik suyagi qanday funksiyalarni bajaradi?Tanasini yerdan ko’tarib turish va qo’nganda tanaga beradigan zarbani kamaytirish.
Qushlarning eng yirik muskuli qaysi?1 juft katta ko’krak muskullar.
Massasi boshqa barcha muskullarning massasiga teng keladigan muskul?Ko’krak muskul.
Ko’krak muskullari qaysi suyaklar bilan birikkan?Bir uchi yelka suyagi, 2-uchi toj suyagi.
Qaysi muskullar qisqarganda qanotlar tushadi?Ko’krak muskullari.
Qaysi muskullar qisqarganda qanotlar ko’tariladi?O’mrov muskullari.
Oyoq bo’g’imlari orqali … o’tadi?Paylar.
Qushlar nima sababdan daraxt shoxida bemalol o’tira oladi va uxlashi ham mumkin?Barmoqlaridagi paylarning shoxlarni mahkam siqishi natijasida paylar tortiladi.
Qushlarning ovqat hazm qilish sistemasini ayting?Og’iz bo’shlig’i,jig’ildon,qizilo’ngach,oshqozon,ichak,kloaka.
Qushlar oziqni qaysi organi bilan cho’qiydi?Tumshug’i bilan.
Qushlarning oshqozoni necha bo’limga bo’linadi?2 ga.
Oshqozonning 1-bo’limida oziqlar qanday o’zgarishlarga uchraydi?Oziq oshqozon shirasi ta’sirida yumshaydi.
Oshqozonning 2-bo’limida oziq qanday o’zgarishlarga uchraydi?Bu bo’lim muskulli bo’lib, oziqlar maydalanadi.
Qushlar yutgan toshlar nima vazifani bajaradi?Oziqni maydalash.
Qushlar hayotining ko’p qismini nimaga sarflaydi?Oziq topish.
Kloakaga qaysi organlar yo’li ochilgan?Jinsiy organlar va siydik yo’li.
Qushlar qaysi organlari orqali nafas oladi?O’pka.
Qushlarda o’pkadan tashqari yana qaysi organlar nafas oilishda ishtirok etadi?Havo pufagida.
Pufak qayerda joylashgan?Ichki organlar orasida.
Qushlarni qachon havo pufagi nafas olishda ishtirok etadi?Uchganda.
Qushlar uchganda necha marta gaz almashinuv jarayoni sodir bo’ladi va u qanday bo’ladi?2 marta: havo o’pkaga kirganda va pufagdan chiqayotganda o’pka orqali havo aylanishi tufayli.
Kaptar tinch turganda 1 minutda necha marta nafas oladi?26 marta.
Uchgandachi?400 marta.
Havo pufagiga kirgan havo yana qanday funksiya bajaradi?Tanani sovutish.
Qushlarning yuragi necha kamerali va necha qon aylanish doirasidan iborat?4 kamerali, 2 ta qon aylanish doirasidan.
Kaptarning yuragi tinch turganda necha marta uradi va uchgandachi?165 marta va 550 marta.
Qushlarda tana harorati necha gradus?42 – 44,5 C.
Qushlarning ko’zlari odam ko’zidan necha barobar o’tkir ko’radi?100 marta.
Qushlar ayrim ranglarni qanday ajratadi?Yaxshi ajratadi.
Qushlar yaxshi eshitadi, lekin qaysi sezgi organi kuchsiz rivojlangan?Hid bilish.
Qushlarda xilma-xil hatti-harakatlar bosh miyaning qaysi qismi bilan bog’liq?Bosh miyaning oldingi yarimsharlari kuchli rivojlanganligi bilan.
Qushlar nima yordamida xilma-xil murakkab harakatlarni amalga oshiradi?Miyachasi.
Qushlarda nimalar tug’ma instinkt hisoblanadi?Urchish,uya qurish,tuxum bosish va bola ochish.
Qushlarning hayotida qanday shartli reflekslar hosil bo’ladi?O’z egasini tanish,ining ovoziga e’tibor berish va havoda chamalab yo’l toppish.
Qushlar sayrash bilan birga yana qanday holatlarni bildiruvchi o’zaro munosabatda bo’ladi?Notinchlik,qo’rqinch,chaqiriq kabi holatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |