Nima uchun itlar issiq havoda og’zini ochib, tez-tez nafas oladi?Tanasida ter bezlari bo’lmagani uchun.
Sutemizuvchilarning barmoqlari uchida nimalar bo’ladi?Muguz tirnoqlari yoki tirnoqlari.
Hayvonlarning boshidagi shoxlari nimadan iborat?Muguzdan.
Sutemizuvchilar skelseti nimalardan iborat?Bosh,umurtqa pog’onasi,ko’krak qafasi,oldingi va orqa oyoqlar hamda ular kamarlari skeletidan
Sutemizuvchilarning bosh miyasi ancha kuchli rivojlanganligi tufayli qaysi qismi boshqa hayvonlarga nisbatan yirikroq bo’aldi?Miya qutisi.
Sutemizuvchilarning umurtqa pog’onasi qanday bo’limlarga ajratilgan?Bo’yin,ko’krak,bel,dumg’aza va dum.
Sutemizuvchilarning bo’yni nechta umurtqadan iborat?7 ta.
Sutemizuvchilarning ko’krak umurtqalari nechta umurtqalardan iborat?12 -15 tagacha.
Sutemizuvchilarning ko’krak qafasini qaysi suyaklarning qo’shilishidan hosil bo’lgan?Ko’krak umurtqalari,qovurg’alar va to’sh suyagi birgalikda.
Sutemizuvchilarning va itlarning beli nechta umurtqadan iborat?2 – 9 tagacha, 6 ta.
Sutemizuvchilarning dumg’aza bo’limida nechta umurtqa bor va ular qaysi suyak bilan qo’shilib ketgan?3 -4 ta va chanoq suyak bilan.
Sutemizuvchilar dum umurtqalarining soni qanchagacha bo’ladi va ular nimaga bog’liq?3 tadan bir nechta o’ntagacha,dumning uzunligiga.
Sutemizuvchilarning oldingi oyoq kamar skeleti nimalardan iborat?2 ta kurak, unga qo’shilib o’sgan ko’krak tirgak va 2 ta o’mrov suyagidan.
Itlarda qaysi suyagi rivojlanmagan?O’mrov.
Sutemizuvchilarning orqa oyoq kamari nimadan iborat?3 ta chanoq suyagidan.
Itning jag’larining oldingi qismida…kurak tishlar joylashgan?Ponasimon.
It jag’ilarining orqarog’ida konussimon qanday tishlar joylashgan?Qoziq tishlar.
Itlarning yassi oziq tishlari qayerda joylashgan?Og’iz bo’shlig’ining ikki yon tomonida.
Itlarning qaysi tishlari kuchli rivojlangan?Yirtqich tishlari.
It tishlarining har xil tuzilishi nimaga bog’liq?Ularning vazifasiga.
Itning tishlari qayerda joylashgan?Jag’larining chuqurchasida.
Sutemizuvchilarning qaysi muskullari kuchli rivojlangan?Orqa muskullari,qo’l va oyoq hamda qo’l va oyoq kamarining muskullari, itning pastki jag’ini harakatga keltiruvchi muskullar.
Itlarning hazm qilish organlarini ketma-ketlikda sanang?Og’iz bo’shlig’i,halqum,qizilo’ngach,oshqozon,ingichka,yo’g’on,to’g’ri ichak va anal teshigi.
Itlar qaysi organlari yordamida oziq tamini aniqlaydi?Tili yordamida.
Itlarning og’iz bo’shlig’ida joylashgan so’lak bezlaridan ajralib chiqadigan so’lak qanday vazifani bajaradi?Oziqni ho’llaydi.
Itlar qaysi organi yordamida oziqni so’lak bilan aralashtiradi?Tili.
Itlarning ozig’i qaysi organida qisman hazm bo’ladi?Oshqozonida.
Itlarning ozig’i qayerda hazm bo’ladi?Ichagida.
Itlarda oziqning hazm bo’lmagan qismi nimalar orqali tashqariga chiqib ketadi?Ingichka,yo’gon,tog’ri va anal teshigi.
Itlarning nafas olish sistemasini ketma-ketlikda sanang?Burun bo’shlig’i,hiqildoq,kekirdak,bronxlar va o’pka.
Itlarning ko’krak qafasini va qorin bo’shlig’ini nima ajratib turadi?Diafragma parda.
Itlar nafas olganda …?Qovurg’alar ko’tarilib, diafragma qorin bo’shlig’iga suriladi,ko’krak qafasining hajmi oshadi,atmosfera bosimi ta’sirida havo o’pkaga otilib kiradi.
Itlar nafas chiqarganda qanday o’zgarishlar kuzatiladi?Qovurg’alar pasayib, diafragma gumbaz shaklida ko’krak boshlig’iga ko’tarilishi tufayli ko’krak qafasi torayadi va havo o’pkadan chiqib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |