Momaqaldirmoq, qo'ytikan Bo'yi 1m ga yetadigan o'simliklar?Kanakunjut,makkajo'xori,kanop


Tumshug’i bilan yerni kavlab, uya yasaydi


Download 297.44 Kb.
bet94/158
Sana05.01.2022
Hajmi297.44 Kb.
#234289
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   158
Bog'liq
Otabek Ergashev(Biologiya fanidan umumiy savol-javob kitobi)

Erkak tuyaqushi qanday vazifani bajaradi?Tumshug’i bilan yerni kavlab, uya yasaydi.

Urg’ochisi nechta tuxum qo’yadi?4 – 9 ta.

Tuxumlarining vazni … ga yetadi?1,5 kg.

Qaysi qushlarning urg’ochisi kunduzi, erkagi kechasi tuxumlarni bosib yotadi?Tuyaqushlar.

Tuyaqushlarning urg’ochisining erkagidan farqi?Urg’ochisi qo’ng’ir – kulrang tusda,erkagi patlari qora bo’lib, dumi va qanotlarining uchida oq patlari bor.

Afrika tuyaqushi qayerda uchraydi?Afrikada.

Janubiy Amerikada uchraydigan tuyaqush?Nandu.

Avstraliyada uchraydigan tuyaqush?Emu.

Tuyaqushlar nima uchun maxsus fermalarda ko’paytiriladi?Go’shti va tuxumi uchun.

Suv qushlari hayotining ko’p qismini qayerlarda o’tkazadi?Suvda suzib,

Suv havza qushlarining panjasi qanday tuzilgan?Barmoqlari orasiga parda tortilgan.

Suv havza qushlarining oyoqlari qayerda joylashgan?Tanasidan biroz orqaroqda joylashgan.

Suv havza qushlarining boshqa qushlardan farqi?Ularda dumg’aza bezlari bo’ladi.

Suv havza qushlarining tanasiga nima uchun suv o’tmaydi?Chunki ular dumg’aza bezlarini tumshug’i yordamida tanasiga surtib turadi.

Qushlarning patlari nima uchun qayishqoq va egiluvchan bo’ladi?Patlariga yog’ surtib turadi.

Suv qushlari quruqlikda qanday harakatlanadi?Sekin va besunaqay harakatlanadi.

G’ozsimonlar turkumiga qaysi qushlar kiradi?O’rdaklar,g’ozlar va oqqushlar.

G’ozsimonlarning tumshug’i nimalar bilan qoplangan?Har xil shakldagi muguz plastinkalar bilan.

O’rdaklar qanday oziqlanadi?Suv tubidagi balchiqni tumshug’idagi muguz plastinkalar orqali sizdirib o’tkazib, undan mayda jonivorlar va o’simliklarni ajratib olib.

O’rta Osiyo suv havzalarida qaysi qushlar uchraydi?Yovvoyi o’rdak,churrak,suqsun,

Yovvoyi o’rdakning erkagining urg’ochisidan farqi?Erkagining boshi to’q yashil, bo’yni oq; urg’ochisining tumshug’i qizg’ish dumi oqish bo’ladi.

Ular kuzda qayerlarga uchib o’ta boshlaydi?Qishlov joylarga.

O’rdaklar qayerlarda qishlaydi?Osiyoning janubi,Shimoliy Afrikada,Markaziy Amerika shuningdek o’lkamiz janubidagi suvhavzalarida qishlaydi.

O’rdaklar erta bahorda qayerlarga uya quradi?Daryolar bo’yidagi qamishzorlar va qalin o’tlar orasiga.

Qaysi o’rdaksimonlar ovlanadi?Churrak,yovvoyi o’rdak,suqsun.

Xonaki o’rdaklarning nasl boshisi?Yovvoyi o’rdak.

G’ozlar nimalar bilan oziqlanadi?O’simliklar bilan.

O’rdak bilan g’ozning farqi?G’ozlar yirikroq bo’ladi.

G’ozlarda o’tkir muguz plastinkalar qayerlarida bo’ladi?Baquvvat tumshug’ining chetida.

O’zbekistonda uchraydigan xonaki g’ozning ajdodi qaysi?Ko’k g’oz.

Ko’k g’oz qayerlarda uchraydi?Amudaryo etaklarida va Zarafshon daryosining quyi qismlarida.

Ko’k g’oz qayerlarda qishlaydi?Yevropa,Shimoliy Afrika,Janubiy-Sharqiy Osiyo va O’rta Osiyo suv havzalarida.

G’ozlar nima maqsadda ovlanadi?Go’shti uchun.

Pingvinlarning qanoti tuzilishi qanday?Kalta va ingichka bo’lib, eshkakka aylangan.

Pingvinlarning oyoqlari qayerda joylashgan?Tanasining orqa tomonida,

Pingvinlar qancha tezlikda sho’ng’iy oladi?30 km.

Pingvinlar qayerda tarqalgan?Antraktidada,Tinch okeanning ayrim orollari,Avstraliya,Janubiy Amerika va Afrika sohillarida.


Download 297.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling